https://oz.sputniknews.uz/20261111/ehtiyojmand-oilalar-kompensatsiya-61933261.html
Ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘m yordam, ko‘mir va gaz kompensatsiyasi — tartib tushuntirildi
Ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘m yordam, ko‘mir va gaz kompensatsiyasi — tartib tushuntirildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ehtiyojmand oilalar ko‘mir uchun yiliga 600 ming, suyultirilgan gaz uchun oyiga 60 ming so‘mgacha kompensatsiya oladi. Ijtimoiy himoya agentligi to‘lovlarni kimlar olishi va qanday ariza berishni tushuntirdi.
2026-11-11T16:04+0500
2026-11-11T16:04+0500
2026-11-11T16:32+0500
jamiyat
gaz
ko‘mir mahsuloti
yaidxp
ijtimoiy himoya milliy agentligi
elektr energiyasi
o‘zbekiston
yordam
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/07/60272952_0:169:1445:982_1920x0_80_0_0_7a40f0e6d9d2fd2a5f23b5af944bc360.png
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. O‘zbekistonda 2026–2027 yilgi isitish mavsumida 1 milliondan ortiq ehtiyojmand oilaga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam berish rejalashtirilgan. Bu haqda Ijtimoiy himoya agentligi Ijtimoiy to‘lovlar boshqarmasi bosh mutaxassisi Jasur Murodov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Hozirgacha 900 mingga yaqin oila va fuqaro yordam oluvchilar ro‘yxatiga kiritilgan. To‘lovlar 30-noyabrgacha ijtimoiy yoki bank kartalariga o‘tkaziladi.Ko‘mir uchun kompensatsiyaBuning uchun mycoal.uz orqali ko‘mir xarid qilib, yashash joyidagi ijtimoiy xodim, "Inson" markazi, Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz orqali ariza berish mumkin.Ma’lum qilinishicha, xozirgacha ko‘mir uchun kompensatsiya olish bo‘yicha 50 mingdan ortiq ariza kelib tushgan. Shundan 7 mingtasi qanoatlantirilgan, 43 mingtasi rad etilgan.Rad etishga oilalarning Ijtimoiy reyestrda mavjud emasligi va jon boshiga o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlarining ikki baravaridan yuqori ekani sabab bo‘lgan.Suyultirilgan gaz uchun kompensatsiya15 noyabrdan suyultirilgan gazning bir kilogrammi 5 ming so‘m bo‘ladi. Ehtiyojmand oilalarga xarid qilingan har kilogramm uchun 3 ming so‘mdan, oyiga ko‘pi bilan 20 kilogramm uchun 60 ming so‘m kompensatsiya to‘lanadi.Murodovning ta’kidlashicha, oila belgilangan mezonlarga mos kelsa va gaz xaridi tasdiqlansa, har oy qayta ariza berish talab etilmaydi.Elektr energiyasi bo‘yicha yengillikTabiiy gaz bilan ta’minlanmagan yoki gaz yetkazib berish qiyin bo‘lgan hududlarda isitish mavsumi uchun elektr energiyasi iste’molining oylik bazaviy meyori 200 dan 350 kVt·soatga oshirildi.Yordam kimlarga beriladi?Kompensatsiyalar Ijtimoiy reyestrdagi hamda belgilangan mezonlarga mos boshqa ehtiyojmand oilalarga beriladi. Bunda oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromad minimal iste’mol xarajatlarining ikki baravaridan oshmasligi kerak.
https://oz.sputniknews.uz/20261030/ehtiyojmand-oilalar-moddiy-yordam-61613768.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/07/60272952_0:3:1445:1087_1920x0_80_0_0_034457be11345fd0b2fc43c6932148e5.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, gaz, ko‘mir mahsuloti, yaidxp, ijtimoiy himoya milliy agentligi, elektr energiyasi, o‘zbekiston, yordam
jamiyat, gaz, ko‘mir mahsuloti, yaidxp, ijtimoiy himoya milliy agentligi, elektr energiyasi, o‘zbekiston, yordam
Ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘m yordam, ko‘mir va gaz kompensatsiyasi — tartib tushuntirildi
16:04 11.11.2026 (yangilandi: 16:32 11.11.2026) O‘zbekistonda ehtiyojmand oilalarga qish mavsumi uchun 1 mln so‘mdan bir martalik yordam ajratiladi. Ko‘mir va suyultirilgan gaz xarajatlarining bir qismi ham qoplanadi.
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. O‘zbekistonda 2026–2027 yilgi isitish mavsumida 1 milliondan ortiq ehtiyojmand oilaga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam berish rejalashtirilgan. Bu haqda Ijtimoiy himoya agentligi Ijtimoiy to‘lovlar boshqarmasi bosh mutaxassisi Jasur Murodov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Hozirgacha 900 mingga yaqin oila va fuqaro yordam oluvchilar ro‘yxatiga kiritilgan. To‘lovlar 30-noyabrgacha ijtimoiy yoki bank kartalariga o‘tkaziladi.
Ko‘mir uchun kompensatsiya
Tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan yoki gaz yetkazib berish qiyin bo‘lgan hududlarda yashovchi ehtiyojmand oilalarga ko‘mirning har tonnasi uchun 300 ming so‘mdan, yiliga ko‘pi bilan 600 ming so‘m kompensatsiya beriladi.
Buning uchun
mycoal.uz orqali ko‘mir xarid qilib, yashash joyidagi ijtimoiy xodim, "Inson" markazi, Davlat xizmatlari markazi yoki
my.gov.uz orqali ariza berish mumkin.
Ma’lum qilinishicha, xozirgacha ko‘mir uchun kompensatsiya olish bo‘yicha 50 mingdan ortiq ariza kelib tushgan. Shundan 7 mingtasi qanoatlantirilgan, 43 mingtasi rad etilgan.
Rad etishga oilalarning Ijtimoiy reyestrda mavjud emasligi va jon boshiga o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlarining ikki baravaridan yuqori ekani sabab bo‘lgan.
Suyultirilgan gaz uchun kompensatsiya
15 noyabrdan suyultirilgan gazning bir kilogrammi 5 ming so‘m bo‘ladi. Ehtiyojmand oilalarga xarid qilingan har kilogramm uchun 3 ming so‘mdan, oyiga ko‘pi bilan 20 kilogramm uchun 60 ming so‘m kompensatsiya to‘lanadi.
Masalan, 20 kilogramm gaz 100 ming so‘mga tushadi. Shundan 60 ming so‘mi qoplangach, oilaning xarajati 40 ming so‘mni tashkil etadi.
Murodovning ta’kidlashicha, oila belgilangan mezonlarga mos kelsa va gaz xaridi tasdiqlansa, har oy qayta ariza berish talab etilmaydi.
Elektr energiyasi bo‘yicha yengillik
Tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan yoki gaz yetkazib berish qiyin bo‘lgan hududlarda isitish mavsumi uchun elektr energiyasi iste’molining oylik bazaviy meyori 200 dan 350 kVt·soatga oshirildi.
Yordam kimlarga beriladi?
Kompensatsiyalar Ijtimoiy reyestrdagi hamda belgilangan mezonlarga mos boshqa ehtiyojmand oilalarga beriladi. Bunda oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromad minimal iste’mol xarajatlarining ikki baravaridan oshmasligi kerak.