https://oz.sputniknews.uz/20261030/ehtiyojmand-oilalar-moddiy-yordam-61613768.html
Isitish mavsumida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan beriladi
Isitish mavsumida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan beriladi
Sputnik O‘zbekiston
Farmonga ko‘ra, 2026/2027 yilgi isitish mavsumida 2026-yil noyabr oyida quyidagilarga 1 mln so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi: Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga; “mahalla yettiligi” xulosasi asosida reyestrga kiritilmagan, biroq ijtimoiy-iqtisodiy holati bo‘yicha Reyestrga kiritish mezonlariga mos keladigan oilalarga, jumladan: oiladagi jon boshiga daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 2 baravaridan oshmaydigan oilalarga.
2026-10-30T10:42+0500
2026-10-30T10:42+0500
2026-10-30T10:42+0500
jamiyat
o‘zbekiston
bir martalik yordam puli
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/1a/57872315_0:161:3070:1888_1920x0_80_0_0_ae36bf02e2f58e537a570d078540b00f.jpg
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. O‘zbekistonda isitish mavsumida ayim ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan moddiy yordam beriladi. Bu prezidentning “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor tamoyillariga o‘tish jarayonida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilgan.Farmonga ko‘ra, 2026/2027 yilgi isitish mavsumida 2026-yil noyabr oyida quyidagilarga 1 mln so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi:
https://oz.sputniknews.uz/20261014/isitish-issiq-suv-tariflari-61166667.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/1a/57872315_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_26e4240ca2e8a8f22e03ca28c2dbd7c1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, bir martalik yordam puli
jamiyat, o‘zbekiston, bir martalik yordam puli
Isitish mavsumida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan beriladi
Bir martalik moddiy yordamni berish noyabrda boshlanadi.
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. O‘zbekistonda isitish mavsumida ayim ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan moddiy yordam beriladi. Bu prezidentning “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor tamoyillariga o‘tish jarayonida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida
ko‘zda tutilgan. Farmonga ko‘ra, 2026/2027 yilgi isitish mavsumida 2026-yil noyabr oyida quyidagilarga 1 mln so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi:
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga;
“mahalla yettiligi” xulosasi asosida reyestrga kiritilmagan, biroq ijtimoiy-iqtisodiy holati bo‘yicha Reyestrga kiritish mezonlariga mos keladigan oilalarga, jumladan:
oiladagi jon boshiga daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 2 baravaridan oshmaydigan oilalarga;
markazlashtirilgan isitish tizimiga ulangan ko‘p qavatli uylarda yashovchi oilalarga. Bunda mazkur oilalarning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda minimal iste’mol xarajatlarining 2 baravaridan hamda Toshkent shahrida 3 baravaridan oshmasligi lozim;
barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tuman (shahar) shtablari qaroriga muvofiq har bir oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi yuqorida nazarda tutilgan mezonlardan oshgan ayrim ehtiyojmand oilalarga;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestridagi fuqarolarga, shuningdek, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yashayotgan oilalarga.