COP31: O‘zbekiston 103,7 mln yevrolik ekologik dasturni boshladi, yangi tashabbuslar bildirdi

© Komitet po ekologii i izmeneniyu klimataCOP31: dlya Uzbekistana zapushena ekologicheskaya programma na 103,7 mln yevro
COP31: dlya Uzbekistana zapushena ekologicheskaya programma na 103,7 mln yevro - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2026
Obuna bo‘lish
Dastur 342 ming nafar aholining iqlim o‘zgarishiga moslashish imkoniyatlarini yaxshilashi kutilmoqda.
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tayotgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha COP31 konferensiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi bir qator yangi tashabbuslarni ilgari surdi va xalqaro hamkorlar bilan kelishuvlarga erishdi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi xabar berdi.
103,7 mln yevrolik dastur
Konferensiyada O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston ishtirokidagi "Markaziy Osiyoning iqlimga chidamli landshaftlari" mintaqaviy dasturi ishga tushirildi.
Dastur doirasida O‘zbekiston uchun 103,7 mln yevro investitsiya jalb etish ko‘zda tutilgan. Mablag‘lar Andijon, Farg‘ona, Namangan va Surxondaryo viloyatlarining 15 ta tumanidagi loyihalarga yo‘naltiriladi.
Xususan, 18 ming gektar o‘rmon va 123 ming gektar yaylovlarni tiklash, 12 ming fermerga ko‘maklashish rejalashtirilgan. Dastur 342 ming nafar aholining iqlim o‘zgarishiga moslashish imkoniyatlarini yaxshilashi kutilmoqda. Uni amalga oshirish 2027-yilda boshlanishi belgilangan.
Beshta davlat va beshta xalqaro fond
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda iqlim loyihalarini moliyalashtirish uchun "5+5" muloqot maydonini tashkil etishni taklif qildi.
Unda mintaqaning beshta davlati va beshta xalqaro iqlim jamg‘armasi ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Maqsad — suv tanqisligi, cho‘llanish, qurg‘oqchilik va ekologik muammolarga qarshi loyihalarni birgalikda moliyalashtirish.
O‘zbekiston ushbu muloqotning birinchi uchrashuvini 2027-yilda Toshkentda o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.
"Ipak yo‘li" deklaratsiyasi
COP31 doirasida Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlarining iqlim o‘zgarishi tufayli aholi ko‘chishi bilan bog‘liq muammolarni hal etishga qaratilgan "Ipak yo‘li" mintaqaviy deklaratsiyasi imzolangani xabar qilindi.
Hujjat qurg‘oqchilik, suv tanqisligi, cho‘llanish va boshqa ekologik omillar sabab yashash joyini o‘zgartirishga majbur bo‘layotgan aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlikni nazarda tutadi.
Sanoat va aholi salomatligi
O‘zbekiston delegatsiyasi sanoat korxonalarida issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish va kam uglerodli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha yondashuvlarni ham taqdim etdi.
Mamlakat 2035-yilgacha YaIM birligiga to‘g‘ri keladigan issiqxona gazlari chiqindilarini 2010-yilga nisbatan 50 foizga kamaytirishni maqsad qilgan.
Shuningdek, iqlim o‘zgarishining aholi salomatligi, oila daromadlari va migratsiyaga ta’siri muhokama qilindi. Ayniqsa, Qoraqalpog‘iston va Surxondaryo viloyatidagi issiqlik, chang bo‘ronlari va suv tanqisligi bilan bog‘liq xavflarga e’tibor qaratildi.
Turkiya bilan hamkorlik
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Hujjat havo va suv ifloslanishining oldini olish, chiqindilarni boshqarish, cho‘llanishga qarshi kurashish hamda iqlim o‘zgarishiga moslashish sohalarida hamkorlikni nazarda tutadi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Adaptatsiya jamg‘armasi bilan 15,4 mln dollarlik mavjud loyihalar portfelini rivojlantirish, Orolbo‘yida yangi loyihalarni amalga oshirish va Toshkentda jamg‘armaning mintaqaviy muvofiqlashtirish markazini tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Eslatib o‘tamiz, COP31 konferensiyasi 9–20 noyabr kunlari Antaliyada bo‘lib o‘tmoqda. Unda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, ekologik loyihalarni moliyalashtirish va xalqaro hamkorlik masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

KengaytirishYig‘ishtirish
Uzbekistan nameren privlech sredstva mejdunarodnix fondov na ekologicheskie proyekti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2026
O‘zbekiston ekologik loyihalarga xalqaro jamg‘armalar mablag‘ini jalb qilmoqchi
Yangiliklar lentasi
0