https://oz.sputniknews.uz/20260825/uzbekistan-ekologiya-loyihalar-mablag-59953217.html
O‘zbekiston ekologik loyihalarga xalqaro jamg‘armalar mablag‘ini jalb qilmoqchi
O‘zbekiston ekologik loyihalarga xalqaro jamg‘armalar mablag‘ini jalb qilmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Tashabbuslar orasida 5 mln dollarlik spirulina laboratoriyasi, yerlarni tiklash standarti va xalqaro jamg‘armalarga taklif etiladigan loyihalar portfelini yaratish bor.
2026-08-25T11:47+0500
2026-08-25T11:47+0500
2026-08-25T12:07+0500
ekologiya
o‘zbekiston
iqlim o‘zgarishi
ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/19/59952627_169:425:2399:1679_1920x0_80_0_0_2de6133906616bb8d67f93285772c1e5.jpg
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasi Tomonlar konferensiyasi doirasida yerlarni tiklash, 5 million dollarlik spirulina laboratoriyasi va ekologik loyihalar markazini tashkil etish tashabbuslari taqdim etildi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.Takliflar orasida Green University negizida Markaziy Osiyo bio-tuzli qishloq xo‘jaligi va iqlim barqarorligi markazini ochish rejasi ham bor. U dala loyihalari, laboratoriya tadqiqotlari, kadrlar tayyorlash va texnologiyalarni amaliyotga joriy etishni birlashtirishi kutilmoqda.Uning tarkibida qiymati 5 mln dollar bo‘lgan spirulina laboratoriyasini ochish taklif qilindi. Unda mikroalgalar, suv resurslari va sho‘rlanish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilishi, talabalar, olimlar va fermerlar o‘qitilishi rejalashtirilgan. Hozircha ushbu mablag‘ ajratilgani yoki investor aniqlangani aytilmagan.Yana bir tashabbus — “Qurg‘oqchil yerlar” loyiha laboratoriyasini tashkil etish. U yerlarni tiklash bo‘yicha g‘oyalarni texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar, budjet, ekologik kafolatlar va samaradorlik ko‘rsatkichlariga ega tayyor investitsiya loyihalariga aylantiradi.Shuningdek, yerlarni tiklash sifatining mintaqaviy standarti va natijalarni baholash tizimini ishlab chiqish taklif etildi. Dastlab uni 5–10 ta loyihada sinovdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.Tayyorlangan loyihalar Global ekologik jamg‘arma, Yashil iqlim jamg‘armasi, xalqaro moliya institutlari, ikki tomonlama hamkorlar va xususiy investorlarga taqdim etilishi mumkin.Qoraqalpog‘istondagi avvalgi dastur 2023-yilda Abu-Dabi Taraqqiyot jamg‘armasi ajratgan 5,1 mln dollar hisobidan boshlangan. 2025–2026 yillarda u barcha 15 tuman va 4144 nafar fermerni qamrab olgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260820/uzbekistan-un-konferentsiya-takliflar-59829567.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/19/59952627_393:397:2128:1698_1920x0_80_0_0_7b12aa173cbe5c1c1244aa3cf18f9236.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ekologiya , o‘zbekiston, iqlim o‘zgarishi, ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, jamiyat
ekologiya , o‘zbekiston, iqlim o‘zgarishi, ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, jamiyat
O‘zbekiston ekologik loyihalarga xalqaro jamg‘armalar mablag‘ini jalb qilmoqchi
11:47 25.08.2026 (yangilandi: 12:07 25.08.2026) O‘zbekiston UNCCD COP17da yerlarni tiklash, spirulina laboratoriyasi va ekologik loyihalar markazi bo‘yicha tashabbuslarni taqdim etdi.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasi Tomonlar konferensiyasi doirasida yerlarni tiklash, 5 million dollarlik spirulina laboratoriyasi va ekologik loyihalar markazini tashkil etish tashabbuslari taqdim etildi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi matbuot xizmati
xabar berdi.
Takliflar orasida Green University negizida Markaziy Osiyo bio-tuzli qishloq xo‘jaligi va iqlim barqarorligi markazini ochish rejasi ham bor. U dala loyihalari, laboratoriya tadqiqotlari, kadrlar tayyorlash va texnologiyalarni amaliyotga joriy etishni birlashtirishi kutilmoqda.
Uning tarkibida qiymati 5 mln dollar bo‘lgan spirulina laboratoriyasini ochish taklif qilindi. Unda mikroalgalar, suv resurslari va sho‘rlanish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilishi, talabalar, olimlar va fermerlar o‘qitilishi rejalashtirilgan. Hozircha ushbu mablag‘ ajratilgani yoki investor aniqlangani aytilmagan.
Yana bir tashabbus — “Qurg‘oqchil yerlar” loyiha laboratoriyasini tashkil etish. U yerlarni tiklash bo‘yicha g‘oyalarni texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar, budjet, ekologik kafolatlar va samaradorlik ko‘rsatkichlariga ega tayyor investitsiya loyihalariga aylantiradi.
Shuningdek, yerlarni tiklash sifatining mintaqaviy standarti va natijalarni baholash tizimini ishlab chiqish taklif etildi. Dastlab uni 5–10 ta loyihada sinovdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Tayyorlangan loyihalar Global ekologik jamg‘arma, Yashil iqlim jamg‘armasi, xalqaro moliya institutlari, ikki tomonlama hamkorlar va xususiy investorlarga taqdim etilishi mumkin.
Qoraqalpog‘istondagi avvalgi dastur 2023-yilda Abu-Dabi Taraqqiyot jamg‘armasi ajratgan 5,1 mln dollar hisobidan boshlangan. 2025–2026 yillarda u barcha 15 tuman va 4144 nafar fermerni qamrab olgan.