Titov Rossiya–O‘zbekiston mediaforumida yangi qo‘shma loyihalar haqida gapirdi

© SputnikNachalnik upravleniya prezidenta RF po strategicheskomu partnerstvu i sotrudnichestvu Vadim Titov
Nachalnik upravleniya prezidenta RF po strategicheskomu partnerstvu i sotrudnichestvu Vadim Titov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2026
Obuna bo‘lish
Vadim Titov Rossiya–O‘zbekiston mediaforumi yangi qo‘shma loyihalarga turtki berishini va ikki mamlakat hamkorligini kengaytirishini ta’kidladi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Toshkentda o‘tayotgan III Rossiya–O‘zbekiston mediaforumi ikki mamlakat jurnalistlari o‘rtasida tajriba almashish, zamonaviy media sohasidagi muammolarni muhokama qilish va yangi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish uchun muhim maydon bo‘ladi.
Bu haqda Rossiya prezidentining strategik sheriklik va hamkorlik bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Vadim Titov forum ochilishida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Titovning ta’kidlashicha, Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ikki mamlakat munosabatlari yuqori darajaga ko‘tarildi. So‘nggi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash 13 mlrd dollarga yetdi. Elektron savdo aylanmasi 1 mlrd dollardan oshdi.
Shuningdek, u quyidagi natijalarni qayd etdi:
O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan rossiyalik sayyohlar soni 1 millionga yaqinlashdi;
O‘zbekistonda Rossiya oliy ta’lim muassasalarining 15 ta filiali faoliyat yuritmoqda;
Rossiyada o‘n minglab o‘zbekistonlik yoshlar tahsil olmoqda;
Jizzax viloyatida Rossiya texnologiyalari asosida AES qurilishi loyihasi amalga oshirilmoqda.
Titov iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan birga, ikki mamlakat xalqlarini bog‘lab turgan tarixiy va insoniy aloqalarning ahamiyatini ham ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston millionlab insonlarga boshpana va g‘amxo‘rlik ko‘rsatganini unutmaydilar.
Mediaforum doirasida Rossiya va O‘zbekiston jurnalistlari o‘zaro tajriba almashishi, zamonaviy axborot makonining imkoniyatlari va muammolarini muhokama qilishi, yangi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilashi kutilmoqda.
Titov forum natijasida ikki mamlakatning umumiy tarixi, buguni va kelajagiga bag‘ishlangan yangi materiallar hamda qo‘shma media loyihalar paydo bo‘lishiga ishonch bildirdi.
Shuningdek, u 2027-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yana bir qo‘shma loyihaga to‘xtalib, "Rossiya" milliy markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi hamkorligida Rossiyada O‘zbekiston kunlari, O‘zbekistonda esa Rossiya kunlari o‘tkazilishini aytib o‘tdi.
Turisti v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.01.2026
Rossiyadan O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni qariyib bir millionga yetdi
Yangiliklar lentasi
0