https://oz.sputniknews.uz/20261109/armenia-eaeu-eu-tanlov-61878345.html
Armaniston YeOII va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida tanlov qilishi kerak — Rossiya elchisi
Armaniston YeOII va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida tanlov qilishi kerak — Rossiya elchisi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning Armanistondagi elchisi Sergey Kopirkin Yerevanning Yevropa Ittifoqiga intilishi, YeOIIga a’zolikning iqtisodiy afzalliklari va Moskva bilan munosabatlarda yangi muvozanat zarurligi haqida gapirdi.
2026-11-09T18:03+0500
2026-11-09T18:03+0500
2026-11-09T18:03+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
elchi
intervyu
yevropa ittifoqi
iqtisod
savdo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/09/61877698_0:79:3072:1807_1920x0_80_0_0_3e08af339ef2bf40eb4ebf7212faea72.jpg
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Armaniston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida tanlov qilishi kerak. Bu haqda Rossiyaning Armanistondagi elchisi Sergey Kopirkin Armaniston jamoat radiosiga bergan intervyusida ma’lum qildi.Diplomatning ta’kidlashicha, YeOIIga a’zolik Armanistonga jiddiy iqtisodiy imtiyozlar beradi. Xususan, ittifoq doirasidagi hamkorlik mamlakat tashqi savdosi va yalpi ichki mahsuloti o‘sishiga xizmat qilmoqda.Kopirkin 2025-yilda Armanistonda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish jarayonini boshlash to‘g‘risida qonun qabul qilinganini, shuningdek, mamlakat KXShTdagi ishtirokini muzlatib, tashqi aloqalarini diversifikatsiya qilishga kirishganini eslatdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, bu o‘zgarishlar Rossiya va Armaniston munosabatlarida "yangi muvozanat" topishni, jumladan, savdo-iqtisodiy hamkorlik mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqishni talab etadi.Shu bilan birga, Rossiya atom energetikasi, transport va harbiy-texnik sohalarda Armaniston bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyor.Elchi tashqi siyosiy yo‘nalish va strategik sheriklarni tanlash har bir davlatning suveren huquqi ekanini ta’kidlab, Armaniston Rossiya uchun muhim hamkor bo‘lib qolishini bildirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20261105/armenia-eu-eaeu-61767645.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/09/61877698_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_08ea060f95f2ef59fe2d5739cf6eb66b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii, elchi, intervyu, yevropa ittifoqi, iqtisod, savdo
yeoii, elchi, intervyu, yevropa ittifoqi, iqtisod, savdo
Armaniston YeOII va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida tanlov qilishi kerak — Rossiya elchisi
Rossiya elchisi Sergey Kopirkin YeOIIga a’zolik Armaniston iqtisodiyoti uchun foydali ekanini ta’kidlab, Yerevan tezroq tanlov qilishi kerakligini aytdi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Armaniston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida tanlov qilishi kerak. Bu haqda Rossiyaning Armanistondagi elchisi Sergey Kopirkin Armaniston jamoat radiosiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Diplomatning ta’kidlashicha, YeOIIga a’zolik Armanistonga jiddiy iqtisodiy imtiyozlar beradi. Xususan, ittifoq doirasidagi hamkorlik mamlakat tashqi savdosi va yalpi ichki mahsuloti o‘sishiga xizmat qilmoqda.
"Bizning fikrimizcha, YeOIIga a’zolikni saqlab qolish Armaniston manfaatlariga mos keladi. Biroq tanlov Armaniston va arman xalqiga tegishli. Biz bu tanlov imkon qadar tezroq amalga oshirilishini istaymiz", — dedi elchi.
Kopirkin 2025-yilda Armanistonda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish jarayonini boshlash to‘g‘risida qonun qabul qilinganini, shuningdek, mamlakat KXShTdagi ishtirokini muzlatib, tashqi aloqalarini diversifikatsiya qilishga kirishganini eslatdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu o‘zgarishlar Rossiya va Armaniston munosabatlarida "yangi muvozanat" topishni, jumladan, savdo-iqtisodiy hamkorlik mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqishni talab etadi.
Shu bilan birga, Rossiya atom energetikasi, transport va harbiy-texnik sohalarda Armaniston bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyor.
Elchi tashqi siyosiy yo‘nalish va strategik sheriklarni tanlash har bir davlatning suveren huquqi ekanini ta’kidlab, Armaniston Rossiya uchun muhim hamkor bo‘lib qolishini bildirdi.