Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Yevropa Ittifoqiga intilayotgan Armaniston YeOIIdan chiqmoqchi emas — Pashinyan

© Sputnik / Asatur YesayantsPremyer-ministr Nikol Pashinyan vo vremya press-konferensii (22 maya 2023). Yerevan
Premyer-ministr Nikol Pashinyan vo vremya press-konferensii (22 maya 2023). Yerevan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.11.2026
Obuna bo‘lish
Pashinyan Armaniston YeOIIdan chiqmasligini aytdi. Biroq YeIga a’zolik uchun 2027–2028 yillarda ariza berish rejasi saqlanmoqda.
TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Armaniston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidan (YeOII) chiqishni rejalashtirmayapti, biroq Yevropa Ittifoqiga (YeI) a’zo bo‘lish yo‘lidagi harakatlarini davom ettiradi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan 5-noyabr kuni jurnalistlarga ma’lum qildi.
"Biz YeOIIdan chiqmoqchi emasmiz. Ittifoqdagi hamkorlarimiz bizdan qaysi yo‘lni tanlashimizni so‘rayotganini bilamiz. Biroq hozircha referendum o‘tkazish masalasi kun tartibida yo‘q", — dedi Pashinyan.
Uning ta’kidlashicha, Armaniston YeIga a’zo bo‘lish uchun zarur tartib-taomillardan o‘tishi kerak. Yerevan 2027 yoki 2028-yilda rasmiy ariza topshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
3 noyabr kuni Brusselda "Euronews" sammitida so‘zlagan Pashinyan YeI va YeOIIga bir vaqtning o‘zida a’zo bo‘lish imkonsizligini tan olgan edi.
"Biz kelajakda Armaniston tanlov qilishi kerakligini yaxshi tushunamiz. Fuqarolar YeOIIda qolish yoki YeIga qo‘shilish masalasini o‘zlari hal etishi lozim", — dedi u.
Ayni paytda Armanistonning Yevropa integratsiyasiga intilishi YeOIIdagi hamkorlari bilan kelishmovchiliklarga sabab bo‘lmoqda.
20 oktabr kuni Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston vakillari Armanistonga nisbatan YeOII shartnomasi amal qilishini vaqtincha to‘xtatishning ehtimoliy oqibatlari haqida hisobot tayyorladi.
Hujjatda keltirilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, bunday qaror qabul qilinsa:
Armaniston YaIM 15,6 foizga yoki 4,6 mlrd dollarga qisqarishi;
YeOII davlatlari bilan savdo aylanmasi 55,6 foizga kamayishi;
inflyatsiya bazaviy ko‘rsatkichga nisbatan 14,9 foiz bandiga oshishi;
Rossiyadan yetkazib beriladigan gaz narxi 69 foizga qimmatlashishi mumkin.
Shuningdek, bojxona nazorati va to‘lovlari qayta joriy etilishi, Armaniston fuqarolarining YeOII davlatlarida mehnat qilishiga oid shartlar o‘zgarishi mumkinligi ta’kidlangan.
Biroq Armaniston iqtisodiyot vaziri Gevorg Papoyan mazkur prognozlarga qo‘shilmadi.
5 noyabr kuni mamlakat tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan ham Rossiya bilan munosabatlar yaxshilanishiga va arman mahsulotlariga qo‘yilgan savdo cheklovlari bekor qilinishiga umid bildirdi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin YeIga integratsiyalashuv Armanistonning YeOII bozoridagi imtiyozlarini yo‘qotishi va shakllangan savdo aloqalari uzilishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.
Flagi YeAES - Sputnik O‘zbekiston
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Zasedanie Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta v Minske. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2026
O‘zbekiston va YeOII
Armaniston YeOIIdagi ishtirokini to‘xtatsa, kim qancha yo‘qotadi — to‘rt davlat hisoboti
Yangiliklar lentasi
0