https://oz.sputniknews.uz/20261108/samarkand-marathon-61837192.html
10 mingdan ortiq qatnashchi va 15 ming dollardan mukofot — Samarkand Marathon yakunlandi
10 mingdan ortiq qatnashchi va 15 ming dollardan mukofot — Samarkand Marathon yakunlandi
Sputnik O‘zbekiston
Samarkand Marathon yakunlandi. Keniya va Efiopiya vakillari asosiy marafon g‘oliblari bo‘ldi, o‘zbekistonlik Andrey Petrov ikkinchi o‘rinni egalladi. G‘oliblarga 15 ming dollardan, boshqa masofalar sovrindorlariga pul mukofotlari berildi
2026-11-08T15:18+0500
2026-11-08T15:18+0500
2026-11-08T15:18+0500
sport
marafon
samarqand
jamiyat
g‘alaba
yengil atletika
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/08/61836983_0:241:2560:1681_1920x0_80_0_0_ab4cd2cc4376bb0714a1f5d891f499ad.jpg
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Samarqandda 63 davlatdan 10 mingdan ortiq atlet ishtirok etgan Samarkand Marathon 2026 xalqaro yugurish musobaqasi yakunlandi. Asosiy marafonda erkaklar va ayollar o‘rtasida birinchi o‘rinni egallagan sportchilar 15 ming AQSh dollaridan mukofot oldi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi xabar berdi.Registon maydonidan start olgan 42,2 kilometrlik asosiy marafonda keniyalik Leonard Barsoton 2 soat 15 daqiqa 44 soniya natija bilan erkaklar o‘rtasida g‘olib bo‘ldi.Ayollar o‘rtasida Efiopiya vakili Obse Abdeta 2 soat 39 daqiqa 25 soniya natija bilan birinchi bo‘ldi. Keniyalik Dayzi Rutto undan atigi uch soniya, Gledis Chemutay esa besh soniya keyin marraga yetib keldi.G‘oliblarga qancha mukofot berildi?42,2 kilometrlik asosiy marafonda erkaklar va ayollar alohida taqdirlandi:Ushbu masofada birinchi o‘rin uchun 16 million, ikkinchi o‘ringa 13 million va uchinchi o‘ringa 11 million so‘mlik mukofotlar belgilangan.10 kilometrlik yugurishda namanganlik Jobir Qahhorov va navoiylik Sadafbonu Nusratullayeva g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.Bu masofada birinchi uchlik uchun mos ravishda 7 million, 6 million va 5 million so‘m mukofot berildi.Mo Fara Samarqand marafonidaMusobaqaning faxriy mehmoni sifatida to‘rt karra Olimpiya va olti karra jahon chempioni, britaniyalik mashhur yengil atletikachi Mo Fara ishtirok etdi. U asosiy marafonga start berdi va g‘oliblarni taqdirlash marosimida qatnashdi.Marafonni tashkil etishda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Turizm qo‘mitasi hamda Samarqand viloyati hokimligi hamkorlik qildi.Marafon xalqaro maqomga ega bo‘ldiSamarkand Marathon 2026 Butunjahon yengil atletika assotsiatsiyasining World Athletics Elite Label maqomiga ega bo‘ldi. Bu musobaqaning xalqaro sport taqvimidagi nufuzini oshiradi va yuqori darajadagi professional yuguruvchilarni jalb qilish imkoniyatini kengaytiradi.Ikki kunlik musobaqa dasturiga 42,2, 21,1, 10, 5 va 2 kilometrlik yugurishlar, bolalar bahslari, inklyuziv yugurish va skandinavcha yurish ham kiritildi.Marafon xayriya maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, undan tushgan mablag‘larni O‘zbekiston hududlarida bolalar sport maydonchalarini barpo etishga yo‘naltirish rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260906/tashkent-yarim-marafon-60242072.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/08/61836983_0:0:2276:1707_1920x0_80_0_0_6f945e1a92445b51b2ca65b68aa0f50b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, marafon, samarqand, jamiyat, g‘alaba, yengil atletika
sport, marafon, samarqand, jamiyat, g‘alaba, yengil atletika
10 mingdan ortiq qatnashchi va 15 ming dollardan mukofot — Samarkand Marathon yakunlandi
Samarqand marafonida 63 davlatdan 10 mingdan ortiq atlet qatnashdi. Asosiy masofa g‘oliblari 15 ming dollardan mukofot oldi.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Samarqandda 63 davlatdan 10 mingdan ortiq atlet ishtirok etgan Samarkand Marathon 2026 xalqaro yugurish musobaqasi yakunlandi. Asosiy marafonda erkaklar va ayollar o‘rtasida birinchi o‘rinni egallagan sportchilar 15 ming AQSh dollaridan mukofot oldi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi
xabar berdi.
Registon maydonidan start olgan 42,2 kilometrlik asosiy marafonda keniyalik Leonard Barsoton 2 soat 15 daqiqa 44 soniya natija bilan erkaklar o‘rtasida g‘olib bo‘ldi.
Ikkinchi o‘rinni o‘zbekistonlik Andrey Petrov (2:16:02), uchinchi o‘rinni esa Efiopiya vakili Mamo Mengistu (2:16:13) egalladi.
Ayollar o‘rtasida Efiopiya vakili Obse Abdeta 2 soat 39 daqiqa 25 soniya natija bilan birinchi bo‘ldi. Keniyalik Dayzi Rutto undan atigi uch soniya, Gledis Chemutay esa besh soniya keyin marraga yetib keldi.
G‘oliblarga qancha mukofot berildi?
42,2 kilometrlik asosiy marafonda erkaklar va ayollar alohida taqdirlandi:
1-o‘rin — 15 ming AQSh dollari;
2-o‘rin — 7,5 ming dollar;
21,1 kilometrlik yarim marafonda erkaklar o‘rtasida toshkentlik Hasan Mirsoatov, ayollar o‘rtasida esa samarqandlik Marjona Ahmadaliyeva g‘olib bo‘ldi.
Ushbu masofada birinchi o‘rin uchun 16 million, ikkinchi o‘ringa 13 million va uchinchi o‘ringa 11 million so‘mlik mukofotlar belgilangan.
10 kilometrlik yugurishda namanganlik Jobir Qahhorov va navoiylik Sadafbonu Nusratullayeva g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Bu masofada birinchi uchlik uchun mos ravishda 7 million, 6 million va 5 million so‘m mukofot berildi.
Mo Fara Samarqand marafonida
Musobaqaning faxriy mehmoni sifatida to‘rt karra Olimpiya va olti karra jahon chempioni, britaniyalik mashhur yengil atletikachi Mo Fara ishtirok etdi. U asosiy marafonga start berdi va g‘oliblarni taqdirlash marosimida qatnashdi.
Marafonni tashkil etishda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Turizm qo‘mitasi hamda Samarqand viloyati hokimligi hamkorlik qildi.
Marafon xalqaro maqomga ega bo‘ldi
Samarkand Marathon 2026 Butunjahon yengil atletika assotsiatsiyasining World Athletics Elite Label maqomiga ega bo‘ldi. Bu musobaqaning xalqaro sport taqvimidagi nufuzini oshiradi va yuqori darajadagi professional yuguruvchilarni jalb qilish imkoniyatini kengaytiradi.
2019 yilda ilk bor o‘tkazilgan Samarqand yarim marafonida 25 davlatdan 1100 nafar ishtirokchi qatnashgan. Bu yil esa 63 davlatdan 10 mingdan ortiq atlet ro‘yxatdan o‘tgan.
Ikki kunlik musobaqa dasturiga 42,2, 21,1, 10, 5 va 2 kilometrlik yugurishlar, bolalar bahslari, inklyuziv yugurish va skandinavcha yurish ham kiritildi.
Marafon xayriya maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, undan tushgan mablag‘larni O‘zbekiston hududlarida bolalar sport maydonchalarini barpo etishga yo‘naltirish rejalashtirilgan.