https://oz.sputniknews.uz/20260906/tashkent-yarim-marafon-60242072.html
Toshkent xalqaro yarim marafonida qariyb 24,5 ming kishi ishtirok etdi
Toshkent xalqaro yarim marafonida qariyb 24,5 ming kishi ishtirok etdi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent xalqaro yarim marafoni doirasida beshta start tashkil etildi. Ularda qariyb 24,5 ming kishi qatnashmoqda. 50 mamlakatdan 2 mingdan ziyod xorijlik kelgan, maxsus startlarda qariyb 600 kishi ishtirok etmoqda.
2026-09-06T11:20+0500
2026-09-06T11:20+0500
2026-09-06T12:02+0500
sport
ommaviy tadbir
marafon
toshkent
jamiyat
ayollar
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/06/60241724_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_f59adb319a49c622219b6238c81ec7a1.jpg
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Toshkent xalqaro yarim marafoni doirasida beshta start tashkil etildi. Ularda qariyb 24,5 ming kishi ishtirok etdi. Bu haqda sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Musobaqa yakunlangach, yarim marafon munosabati bilan vaqtincha cheklov kiritilgan barcha ko‘chalarda avtotransport harakati to‘liq tiklandi.Qatnashchilarning qariyb 53 foizini ayollar tashkil etadi.Inklyuziv sport yo‘nalishida tashkil etilgan maxsus startlarda qariyb 600 kishi ishtirok etdi.Musobaqada natijalarni aniq qayd etish uchun TimingSense elektron xronometraj tizimi qo‘llanilmoqda. Ishtirokchilarning masofani bosib o‘tishini onlayn kuzatish esa ProRun Live orqali amalga oshirildi.Yarim marafonning ijtimoiy tarmoqlardagi auditoriyasi 13 milliondan oshgan. Tadbir doirasida 70 dan ziyod videomaterial va 3 mingdan ortiq nashr tayyorlangan, 50 dan ziyod bloger va inflyuenser jalb qilingan.Marafon oldidan ikki kun davom etgan EXPO ko‘rgazma va ro‘yxatdan o‘tish maydonida 15 dan ortiq kompaniya ishtirok etdi.
https://oz.sputniknews.uz/20251109/samarkand-marafon-otkazilish-53341296.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/06/60241724_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_d6b2dc9f829949491e9d35464dbd3234.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, ommaviy tadbir, marafon, toshkent, jamiyat, ayollar, o‘zbekiston
sport, ommaviy tadbir, marafon, toshkent, jamiyat, ayollar, o‘zbekiston
Toshkent xalqaro yarim marafonida qariyb 24,5 ming kishi ishtirok etdi
11:20 06.09.2026 (yangilandi: 12:02 06.09.2026) Toshkentda o‘tayotgan xalqaro yarim marafon doirasida beshta start tashkil etildi. Ularda qariyb 24,5 ming kishi ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Toshkent xalqaro yarim marafoni doirasida beshta start tashkil etildi. Ularda qariyb 24,5 ming kishi ishtirok etdi. Bu haqda sport vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Musobaqa yakunlangach, yarim marafon munosabati bilan vaqtincha cheklov kiritilgan barcha ko‘chalarda avtotransport harakati to‘liq tiklandi.
Qatnashchilarning qariyb 53 foizini ayollar tashkil etadi.
Musobaqada 50 mamlakatdan 2 mingdan ziyod xorijlik ishtirokchi qatnashdi. Ular orasida diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlarning 20 dan ortiq vakili bor. Shuningdek, 3,5 mingdan ziyod korporativ ro‘yxatdan o‘tish qayd etilgan.
Inklyuziv sport yo‘nalishida tashkil etilgan maxsus startlarda qariyb 600 kishi ishtirok etdi.
Musobaqada natijalarni aniq qayd etish uchun TimingSense elektron xronometraj tizimi qo‘llanilmoqda. Ishtirokchilarning masofani bosib o‘tishini onlayn kuzatish esa ProRun Live orqali amalga oshirildi.
Yarim marafonning ijtimoiy tarmoqlardagi auditoriyasi 13 milliondan oshgan. Tadbir doirasida 70 dan ziyod videomaterial va 3 mingdan ortiq nashr tayyorlangan, 50 dan ziyod bloger va inflyuenser jalb qilingan.
Marafon oldidan ikki kun davom etgan EXPO ko‘rgazma va ro‘yxatdan o‘tish maydonida 15 dan ortiq kompaniya ishtirok etdi.