Prezident Olimpiadasi: Toshkent va Xorazm g‘olib — kuchli uchlikda yana kimlar bor?

© Press-slujba NOKPrezidentskaya Olimpiada 2026: pobediteli i rezultati
Prezidentskaya Olimpiada 2026: pobediteli i rezultati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2026
Obuna bo‘lish
Prezident Olimpiadasida Toshkent shahri olimpiya, Xorazm paralimpiya yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi. Bellashuvlarda rekordlar yangilandi.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Toshkentda 12 kun davom etgan Prezident Olimpiadasi yakunlandi. Unda barcha hududlardan 3 657 nafar yosh sportchi 26 ta sport turida bellashdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, olimpiya yo‘nalishida Toshkent shahri g‘olib bo‘ldi. Samarqand viloyati ikkinchi, Xorazm viloyati uchinchi o‘rinni egalladi.
Paralimpiya yo‘nalishida esa Xorazm viloyati birinchi, Navoiy ikkinchi, Andijon uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
© Press-slujba NOKPrezidentskaya Olimpiada 2026: pobediteli i rezultati
Prezidentskaya Olimpiada 2026: pobediteli i rezultati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2026
Prezidentskaya Olimpiada 2026: pobediteli i rezultati
Ayrim sport turlari bo‘yicha ham yetakchi hududlar aniqlandi:
Og‘ir atletika — Qashqadaryo viloyati;
Boks — Jizzax viloyati;
3x3 basketbol — Farg‘ona viloyati;
Taekvondo WT — Buxoro viloyati.
Sport maktablari eng ko‘p medal jamg‘argan hudud sifatida Andijon viloyati e’tirof etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev musobaqa g‘oliblari va ishtirokchilarini tabriklab, erishilgan natijalar va rekordlarni alohida ta’kidladi.
Xususan, Toshkent viloyati vakili Mushtariy O‘rolova og‘ir atletikada 245 kilogramm natija bilan jahon rekordini o‘rnatdi. Yana olti nafar og‘ir atletikachi O‘zbekiston rekordlarini yangiladi.
Qashqadaryolik Kumush Ko‘chkinova dzudo va kurashda ikkita oltin medal oldi. Toshkentlik Aisha Yenina badiiy gimnastikada uchta oltin, bitta kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Parasuzishda andijonlik Hikmatulla Haydaraliyev va qoraqalpog‘istonlik Shahnoza Yerejepbayeva to‘rttadan oltin medal sohibi bo‘ldi.
Sirdaryolik Durdona Jumanqulova yengil atletikaning uch kurash bahslarida 2014 ochko to‘plab, 14 yoshli sportchilar orasida eng yuqori natijani qayd etdi.
Prezidentning ta’kidlashicha, ushbu musobaqalarda mag‘lublar bo‘lmadi, chunki har bir ishtirokchi o‘zi uchun zarur bilim va tajriba orttirdi.
Shavkat Mirziyoyev na seremonii otkritiya Prezidentskoy olimpiadi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2026
Prezident Olimpiadasi: mukofotlar 2,5 karra oshadi, g‘oliblarga yangi imtiyozlar
Yangiliklar lentasi
0