Prezident Olimpiadasi: mukofotlar 2,5 karra oshadi, g‘oliblarga yangi imtiyozlar

Shavkat Mirziyoyev na seremonii otkritiya Prezidentskoy olimpiadi
Shavkat Mirziyoyev na seremonii otkritiya Prezidentskoy olimpiadi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2026
Obuna bo‘lish
Prezident Olimpiadasi g‘oliblari 2027-yildan 25 mln so‘mgacha mukofot oladi. Rekordchi bitiruvchilar oliygohga imtihonsiz kiradi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. O‘zbekistonda 2027-yildan Prezident Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlarining pul mukofotlari 2,5 baravar oshiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev musobaqaning ochilish marosimida ma’lum qildi.
Yangi tartibga ko‘ra, ishtirokchilar quyidagi miqdorda mukofotlanadi:
birinchi o‘rin — 25 million so‘m;
ikkinchi o‘rin — 12 million so‘m;
uchinchi o‘rin — 6 million so‘m.
Shuningdek, olimpiadada g‘olib bo‘lib, O‘zbekiston rekordini yangilagan maktab bitiruvchilari oliygohlarning sport yo‘nalishlariga imtihonsiz, davlat granti asosida qabul qilinadi.
G‘oliblarga bir yillik stipendiya berish ham yo‘lga qo‘yiladi. Har yili ularning 50 nafari xorijdagi xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga yuboriladi.
Prezident Olimpiadasi qamrovi ham kengaytiriladi. Musobaqa dasturidagi sport turlari 35 taga yetkazilib, unda 14–17 yoshli o‘quvchilar qatnashadi.
O‘z yo‘nalishida eng yaxshi natija ko‘rsatgan sport maktabi zarur jihozlar bilan ta’minlanadi. Poytaxtdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyi esa Olimpiya shaharchasiga ko‘chiriladi.
Ikkinchi Prezident Olimpiadasi boshlandi
Prezident Mirziyoyev musobaqaning ochilish marosimida ishtirok etib, yosh sportchilar va murabbiylarni tabrikladi.
Bu yilgi bellashuvlarda mamlakatning turli hududlaridan kelgan 3,5 mingdan ziyod yosh 26 ta olimpiya va paralimpiya sport turi bo‘yicha kuch sinashadi. Ularga 1,5 ming nafar murabbiy hamrohlik qilmoqda.
Prezident so‘nggi o‘n yilda o‘zbekistonlik sportchilar yirik xalqaro musobaqalarda 5 ming 518 ta, jumladan, 1 ming 675 ta oltin medal olganini qayd etdi.
Mirziyoyev, shuningdek, Samarqanddagi Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston termasining ikkinchi bor g‘olib bo‘lgani, Aichi–Nagoyadagi Osiyo o‘yinlarida 70 ta medal bilan beshinchi va Paraosiyo o‘yinlarida 145 ta medal bilan uchinchi o‘rinni egallaganini eslatdi.
O‘zbekiston rahari yosh sportchilarga murojaat qilib, g‘alabaga erishishda kuchli iroda va intizom muhimligini ta’kidladi.
"O‘zingga ishon! O‘z ustingda ishla! O‘z yurtingga munosib bo‘l!" — dedi prezident.
Marosim yakunida Mirziyoyev 2026-yilgi Prezident Olimpiadasini ochiq deb e’lon qildi.
Mirziyoyev pozdravil pobediteley i prizerov Paraaziatskix igr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2026
145 medal va uchinchi o‘rin: Mirziyoyev Paraosiyo o‘yinlari g‘olib va sovrindorlarini tabrikladi
Yangiliklar lentasi
0