https://oz.sputniknews.uz/20261108/leningrad-uzbekistan-jangchi-yodgorlik-61838017.html
Leningrad viloyatida o‘zbekistonlik jangchilarga bag‘ishlangan yodgorlik ochildi
Leningrad viloyatida o‘zbekistonlik jangchilarga bag‘ishlangan yodgorlik ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning Leningrad viloyatida shahar himoyasida qatnashgan o‘zbekistonlik jangchilarga yodgorlik ochildi. Shu yerlarda jang qilgan Sharof Rashidov ham Leningrad mudofaasi uchun mukofotlangan. Yodgorlikka o‘zbek va rus tillarida yozuvlar bitilgan
2026-11-08T16:13+0500
2026-11-08T16:13+0500
2026-11-08T16:13+0500
sssr
ikkinchi jahon urushi
sharof rashidov
ulug‘ vatan urushi
haykal
leningrad qamali
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/07/61815468_0:65:800:515_1920x0_80_0_0_b49fbcfdfae4bc171cf660e5367cf361.jpg
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Rossiyaning Leningrad viloyatidagi Sinyavino tepaliklarida Leningrad uchun janglarda qatnashgan, O‘zbekistonda tug‘ilgan askarlar xotirasiga yodgorlik stelasi ochildi. Bu haqda Kirovsk munitsipal okrugi ma’muriyati xabar berdi.Marosimda O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi, Leningrad viloyati hokimiyati, o‘zbek diasporasi va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Stelani uning muallifi Rodion Kim va Sankt-Peterburgdagi O‘zbek madaniyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish markazi rahbari Ne’matjon Mamajonov ochdi.Sharof Rashidov ham Leningrad uchun jang qilganLeningrad himoyasida qatnashgan o‘zbekistonliklar orasida keyinchalik O‘zbekiston SSRga uzoq yillar rahbarlik qilgan Sharof Rashidov ham bor edi.Sharof Rashidov janglarda ko‘rsatgan jasorati uchun Qizil Yulduz ordenlari, shuningdek, "Leningrad mudofaasi uchun" medali bilan taqdirlangan.Sinyavino tepaliklari nima uchun muhim?Sankt-Peterburgdan taxminan 55 kilometr uzoqlikda joylashgan Sinyavino tepaliklari 1941–1944 yillarda Leningrad uchun kechgan eng shiddatli janglar maydonlaridan biri bo‘lgan.1943 yil yanvarda sovet qo‘shinlari "Iskra" operatsiyasini o‘tkazib, 18-yanvar kuni Leningrad qamalini yorib o‘tgan.Bedarak ketgan o‘zbekistonliklar xotirasiO‘zbekistonning yangilangan arxiv ma’lumotlariga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi yillarida respublikadan 1 mln 950 mingdan ziyod kishi frontga safarbar etilgan. Ulardan 538 mingdan ortig‘i halok bo‘lgan, 158 mingdan ziyodi bedarak yo‘qolgan.Sinyavino tepaliklarida 1975-yildan buyon Shon-sharaf xiyoboni tashkil etilib, turli hududlardan kelgan Leningrad himoyachilariga yodgorliklar o‘rnatib kelinmoqda.Bu yerda hozir ham qidiruv otradlari faoliyat yuritib, janglarda halok bo‘lgan va dafn etilmay qolgan askarlarning suyak qoldiqlarini topmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20261016/belarusni-ozod-qilish-uchun-halok-bolgan-ozbek-askarlari-xotirasiga-yodgorlik-ornatildi-61239026.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/07/61815468_14:0:786:579_1920x0_80_0_0_0c8892e748bb4fe320259982b17bc987.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sssr, ikkinchi jahon urushi, sharof rashidov, ulug‘ vatan urushi, haykal, leningrad qamali
sssr, ikkinchi jahon urushi, sharof rashidov, ulug‘ vatan urushi, haykal, leningrad qamali
Leningrad viloyatida o‘zbekistonlik jangchilarga bag‘ishlangan yodgorlik ochildi
Leningrad viloyatida o‘zbekistonlik jangchilarga stela ochildi. Sharof Rashidov ham shahar uchun Volxov frontida jang qilgan.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Rossiyaning Leningrad viloyatidagi Sinyavino tepaliklarida Leningrad uchun janglarda qatnashgan, O‘zbekistonda tug‘ilgan askarlar xotirasiga yodgorlik stelasi ochildi. Bu haqda Kirovsk munitsipal okrugi ma’muriyati
xabar berdi.
Marosimda O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi, Leningrad viloyati hokimiyati, o‘zbek diasporasi va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Yodgorlikka o‘zbek va rus tillarida "Leningrad ostonasida qahramonlik ko‘rsatgan o‘zbek xalqining mard o‘g‘lonlari sharafiga" degan yozuv bitilgan.
Stelani uning muallifi Rodion Kim va Sankt-Peterburgdagi O‘zbek madaniyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish markazi rahbari Ne’matjon Mamajonov ochdi.
Sharof Rashidov ham Leningrad uchun jang qilgan
Leningrad himoyasida qatnashgan o‘zbekistonliklar orasida keyinchalik O‘zbekiston SSRga uzoq yillar rahbarlik qilgan Sharof Rashidov ham bor edi.
Sharof Rashidov janglarda ko‘rsatgan jasorati uchun Qizil Yulduz ordenlari, shuningdek, "Leningrad mudofaasi uchun" medali bilan taqdirlangan.
Sinyavino tepaliklari nima uchun muhim?
Sankt-Peterburgdan taxminan 55 kilometr uzoqlikda joylashgan Sinyavino tepaliklari 1941–1944 yillarda Leningrad uchun kechgan eng shiddatli janglar maydonlaridan biri bo‘lgan.
Bu hududni egallagan nemis qo‘shinlari Leningradga olib boruvchi muhim yo‘nalishlarni nazorat qilgan.
1943 yil yanvarda sovet qo‘shinlari "Iskra" operatsiyasini o‘tkazib, 18-yanvar kuni Leningrad qamalini yorib o‘tgan.
Bedarak ketgan o‘zbekistonliklar xotirasi
O‘zbekistonning yangilangan arxiv ma’lumotlariga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi yillarida respublikadan 1 mln 950 mingdan ziyod kishi frontga safarbar etilgan. Ulardan 538 mingdan ortig‘i halok bo‘lgan, 158 mingdan ziyodi bedarak yo‘qolgan.
Sinyavino tepaliklarida 1975-yildan buyon Shon-sharaf xiyoboni tashkil etilib, turli hududlardan kelgan Leningrad himoyachilariga yodgorliklar o‘rnatib kelinmoqda.
Bu yerda hozir ham qidiruv otradlari faoliyat yuritib, janglarda halok bo‘lgan va dafn etilmay qolgan askarlarning suyak qoldiqlarini topmoqda.