https://oz.sputniknews.uz/20261108/karakalpakstan-rivojlantirish-qaror-61832787.html
Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish bo‘yicha yangi prezident qarori qabul qilindi
Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish bo‘yicha yangi prezident qarori qabul qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi. Unda 7–14 foizli kreditlar, ayrim shifokorlarga 200 foiz ustama, IT sohasida 600 mln dollarlik maqsad va infratuzilma uchun mablag‘lar belgilangan.
2026-11-08T12:35+0500
2026-11-08T12:35+0500
2026-11-08T12:35+0500
qoraqalpog‘iston
imtiyoz
kredit
yangi qonun
iqtisod
orol dengizi
o‘rmon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/0f/59040398_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_96f8eaca2d662e1ea380b219bcca5ee9.jpg
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini oshirish, tibbiyot, IT va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha yangi choralar belgilandi. Bu O‘zbekiston prezidentining 5-noyabrda qabul qilingan qarorida nazarda tutilgan.Qaror 7-noyabrdan kuchga kirdi. Unda quyidagi asosiy yo‘nalishlar belgilangan.Imtiyozli kreditlar2026 yil 15-noyabrdan oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar yillik 12 foiz stavkada ajratiladi. 2027-yildan ushbu yo‘nalishga yo‘naltiriladigan kredit resurslari ikki baravar oshiriladi.Yangi nodavlat bog‘chalar tashkil etadigan tadbirkorlar esa 15-yil muddatga, besh yillik imtiyozli davr bilan 7 foizli kredit olishlari mumkin.Shuningdek, 2027–2030 yillarda sanoat va xizmat ko‘rsatish loyihalarini moliyalashtirishga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 100 mln dollar ekvivalentida mablag‘lar jalb qilinadi. Ular hisobidan tadbirkorlarga ikki yillik imtiyozli davr bilan yetti yilgacha 14 foizli kreditlar beriladi.Shifokorlarga 200 foiz ustama2027 yil 1-yanvardan Mo‘ynoq tumaniga borib ishlovchi shifokorlar uchun amal qilayotgan 200 foizlik oylik ustama Taxtako‘pir, Shumanay va Bo‘zatov tumanlariga ham tatbiq etiladi.Ustama shifokorlarning lavozim maoshiga nisbatan hisoblanadi.IT va yangi ish o‘rinlariNukus shahri, Qo‘ng‘irot, Qorao‘zak va Taxiatosh tumanlarida 2030-yilga qadar bulutli texnologiyalar va sun’iy intellekt xizmatlari eksporti hamda investitsiyalari hajmini 600 mln dollarga yetkazish dasturi ishlab chiqiladi.Ushbu loyihalar doirasida investorlarni 1 GVt quvvatli barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash nazarda tutilgan.Olis hududlardagi yoshlarni IT sohasiga jalb qilish va 1,5 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratish uchun xorijdagi kamida 10 nafar malakali vatandoshni Qoraqalpog‘istonga jalb qilish ko‘zda tutilgan.Nukus shahrida 20 qavatli zamonaviy biznes markazi ham quriladi.Maktablar, shifoxonalar va suv ta’minoti2026–2027 yillarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun 160 mlrd so‘m bosqichma-bosqich ajratiladi.Mablag‘lar hisobidan:2027 yilda qishloq xo‘jaligi infratuzilmasiga ham mablag‘lar yo‘naltiriladi. Kanallarni betonlash, uchta suv inshooti va 22 ta artezian qudug‘ini qurish uchun 135 mlrd so‘m, Bo‘zatov tumanida 7,5 ming gektar yerni o‘zlashtirish uchun 100 milliard so‘m ajratiladi.Orolbo‘yida o‘rmonlashtirish va turizm2027 yil 1-apreldan Orol hududining 50 ming gektarida bosqichma-bosqich o‘rmonlashtirish loyihasi boshlanadi.Sudochye ko‘llar tizimi hududida esa qushlarni kuzatish turizmi rivojlantiriladi. Buning uchun maxsus yo‘nalishlar va turistik infratuzilma tashkil etiladi.Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda turizm infratuzilmasini rivojlantirish va hududni targ‘ib qilish uchun alohida direksiya tuziladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260519/qoraqalpogiston-xorazma-chek-avtomobil-yutish-57696409.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/0f/59040398_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_ea0f1c5fd5531756a3b0705fb09155a7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qoraqalpog‘iston, imtiyoz, kredit, yangi qonun, iqtisod, orol dengizi, o‘rmon
qoraqalpog‘iston, imtiyoz, kredit, yangi qonun, iqtisod, orol dengizi, o‘rmon
Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish bo‘yicha yangi prezident qarori qabul qilindi
Yangi qaror bilan Qoraqalpog‘istonda kreditlar, shifokorlarga ustamalar, IT loyihalari va infratuzilma dasturlari belgilandi.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini oshirish, tibbiyot, IT va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha yangi choralar belgilandi. Bu O‘zbekiston prezidentining 5-noyabrda qabul qilingan qarorida
nazarda tutilgan.
Qaror 7-noyabrdan kuchga kirdi. Unda quyidagi asosiy yo‘nalishlar belgilangan.
2026 yil 15-noyabrdan oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar yillik 12 foiz stavkada ajratiladi. 2027-yildan ushbu yo‘nalishga yo‘naltiriladigan kredit resurslari ikki baravar oshiriladi.
Yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan loyihalar uchun tadbirkorlarga besh yil muddatga, yillik 12 foiz stavkada 1 mlrd so‘mgacha kredit beriladi.
Yangi nodavlat bog‘chalar tashkil etadigan tadbirkorlar esa 15-yil muddatga, besh yillik imtiyozli davr bilan 7 foizli kredit olishlari mumkin.
Shuningdek, 2027–2030 yillarda sanoat va xizmat ko‘rsatish loyihalarini moliyalashtirishga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 100 mln dollar ekvivalentida mablag‘lar jalb qilinadi. Ular hisobidan tadbirkorlarga ikki yillik imtiyozli davr bilan yetti yilgacha 14 foizli kreditlar beriladi.
Shifokorlarga 200 foiz ustama
2027 yil 1-yanvardan Mo‘ynoq tumaniga borib ishlovchi shifokorlar uchun amal qilayotgan 200 foizlik oylik ustama Taxtako‘pir, Shumanay va Bo‘zatov tumanlariga ham tatbiq etiladi.
Ustama shifokorlarning lavozim maoshiga nisbatan hisoblanadi.
IT va yangi ish o‘rinlari
Nukus shahri, Qo‘ng‘irot, Qorao‘zak va Taxiatosh tumanlarida 2030-yilga qadar bulutli texnologiyalar va sun’iy intellekt xizmatlari eksporti hamda investitsiyalari hajmini 600 mln dollarga yetkazish dasturi ishlab chiqiladi.
Ushbu loyihalar doirasida investorlarni 1 GVt quvvatli barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, 20 ming nafar yoshni IT va logistika sohalarida o‘qitish, yangi biznes va startaplarni tashkil etish rejalashtirilgan.
Olis hududlardagi yoshlarni IT sohasiga jalb qilish va 1,5 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratish uchun xorijdagi kamida 10 nafar malakali vatandoshni Qoraqalpog‘istonga jalb qilish ko‘zda tutilgan.
Nukus shahrida 20 qavatli zamonaviy biznes markazi ham quriladi.
Maktablar, shifoxonalar va suv ta’minoti
2026–2027 yillarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun 160 mlrd so‘m bosqichma-bosqich ajratiladi.
17 ta maktab va maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’mirlanadi;
tibbiyot muassasalarida 30 ta lift va 20 ta sanitariya-gigiyena infratuzilmasi obyekti yaxshilanadi, zarur tibbiy uskunalar xarid qilinadi;
Amudaryo va Xo‘jayli tumanlaridagi sanoat zonalari va xizmat ko‘rsatish obyektlari infratuzilmasi rivojlantiriladi;
Ellikqal’a tumanidagi "Bo‘ston" suv taqsimlash inshooti rekonstruksiya qilinadi.
2027 yilda qishloq xo‘jaligi infratuzilmasiga ham mablag‘lar yo‘naltiriladi. Kanallarni betonlash, uchta suv inshooti va 22 ta artezian qudug‘ini qurish uchun 135 mlrd so‘m, Bo‘zatov tumanida 7,5 ming gektar yerni o‘zlashtirish uchun 100 milliard so‘m ajratiladi.
Orolbo‘yida o‘rmonlashtirish va turizm
2027 yil 1-apreldan Orol hududining 50 ming gektarida bosqichma-bosqich o‘rmonlashtirish loyihasi boshlanadi.
2030 yil yakuniga qadar 100 ming gektar yaylovda cho‘l sharoitiga mos o‘simliklar urug‘larini dronlar yordamida ekish rejalashtirilgan.
Sudochye ko‘llar tizimi hududida esa qushlarni kuzatish turizmi rivojlantiriladi. Buning uchun maxsus yo‘nalishlar va turistik infratuzilma tashkil etiladi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda turizm infratuzilmasini rivojlantirish va hududni targ‘ib qilish uchun alohida direksiya tuziladi.