Qoraqalpog‘iston va Xorazmda xarid cheki orqali avtomobil yutish mumkin bo‘ladi

© RIA Novosti Kassoviy chek
Kassoviy chek - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2026
Obuna bo‘lish
Xarid cheklarini “Soliq” ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan har bir shaxs yutuqli o‘yin ishtirokchisiga aylanadi.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida xarid cheklari asosida yutuqli o‘yinlar tashkil etiladi. Bu bo‘yicha tegishli hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan ushbu hududlardagi savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida amalga oshirilgan xaridlar bo‘yicha nazorat-kassa texnikasi orqali berilgan cheklar yutuqli o‘yinlarda ishtirok etadi.
Tasdiqlangan nizomga asosan, xarid cheklarini “Soliq” ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan har bir shaxs yutuqli o‘yin ishtirokchisiga aylanadi. Ilovada ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklarning yutuqli o‘yinga kiritilgani haqida ma’lumot berib boriladi.
Yutuqli o‘yinlar har oyda “Soliq” ilovasidagi “Yutuqli o‘yinlar” platformasi orqali o‘tkaziladi.
G‘oliblar bir oy davomida ishtirokchilar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarid cheklari orasidan inson omilisiz, tasodifiy tanlash asosida aniqlanadi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida har bir yutuqli o‘yin g‘olibiga bosh sovrin sifatida avtomobil taqdim etiladi.
Chek - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2026
Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga 4,3 mlrd so‘m mukofot to‘landi
Yangiliklar lentasi
0