https://oz.sputniknews.uz/20261108/eaeu-mahsulot-china-marketpleys-61841740.html
YeOII mahsulotlari Xitoy marketpleyslariga chiqariladi — yangi kelishuv
YeOII mahsulotlari Xitoy marketpleyslariga chiqariladi — yangi kelishuv
Sputnik O‘zbekiston
YeOII va Xitoy 2028-yilgacha savdo hamkorligi yo‘l xaritasini yangiladi. Xitoy marketpleyslarida YeOII oziq-ovqat mahsulotlarini sotish bo‘yicha pilot loyiha kelishildi. Cavdo 7 oyda qariyb 20 foizga, qishloq xo‘jaligi eksporti 40 foizga o‘sdi
2026-11-08T18:27+0500
2026-11-08T18:27+0500
2026-11-08T18:27+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
yeik
hamkorlik
savdo
elektron savdo
eksport
import
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/08/61841572_0:135:1448:950_1920x0_80_0_0_292d17a714087019b34e02d2c75127cb.png
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Xitoy oziq-ovqat mahsulotlarini Xitoyning elektron savdo platformalariga chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirishga kelishib oldi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Savdo siyosati departamenti direktori o‘rinbosari Kanat Oljabayev ma’lum qildi.Uning ta’kidlashicha, Xitoy YeOIIning asosiy tashqi savdo hamkori bo‘lib qolmoqda. 2025-yilda uning ulushi Ittifoq tashqi tovar ayirboshlashining 36,2 foizini tashkil etgan. 2026-yilning yanvar–iyul oylarida o‘zaro savdo 19,7 foizga o‘sdi.29 oktabr kuni Xitoyning Sindao shahrida o‘tkazilgan qo‘shma komissiyaning oltinchi yig‘ilishida tomonlar 2028-yilgacha mo‘ljallangan hamkorlik bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni yangiladi.Hujjat quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 40 foizga oshdiOljabayevning aytishicha, 2026-yilning dastlabki yetti oyida YeOIIdan Xitoyga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 40 foizga ko‘paygan.Eksport qilinayotgan mahsulotlar orasida soya, o‘simlik moylari, baliq, no‘xat va go‘sht mahsulotlari bor."Ishlab chiqaruvchilarimizning oziq-ovqat mahsulotlarini Xitoy elektron savdo platformalariga chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirishga kelishib oldik", — dedi u.Temir yo‘l tashuvlarini raqamlashtirishTomonlar transport aloqalarini rivojlantirish va bojxona tartiblarini soddalashtirish masalalarini ham muhokama qildi.Jumladan, ko‘mir, o‘g‘itlar va xalq iste’moli tovarlari qog‘ozsiz hujjatlar bilan tashilmoqda.Oljabayevning ta’kidlashicha, bu choralar eksportchilarning Xitoy bozoriga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260825/euea-bojxona-malumotlar-almashinuv-59961592.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/08/61841572_0:0:1448:1086_1920x0_80_0_0_682bbe0d7740d4c59d4135d6827e2317.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii, yeik, hamkorlik, savdo, elektron savdo, eksport, import
yeoii, yeik, hamkorlik, savdo, elektron savdo, eksport, import
YeOII mahsulotlari Xitoy marketpleyslariga chiqariladi — yangi kelishuv
YeOII va Xitoy savdo hamkorligi bo‘yicha yo‘l xaritasini yangiladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 40 foizga oshdi.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Xitoy oziq-ovqat mahsulotlarini Xitoyning elektron savdo platformalariga chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirishga kelishib oldi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Savdo siyosati departamenti direktori o‘rinbosari Kanat Oljabayev
ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Xitoy YeOIIning asosiy tashqi savdo hamkori bo‘lib qolmoqda. 2025-yilda uning ulushi Ittifoq tashqi tovar ayirboshlashining 36,2 foizini tashkil etgan. 2026-yilning yanvar–iyul oylarida o‘zaro savdo 19,7 foizga o‘sdi.
Shuningdek, oktabr oyida YeOII va Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim kuchga kirganiga yetti yil to‘ldi. Shu davrda tovar ayirboshlash hajmi ikki baravardan ziyod oshgan.
29 oktabr kuni Xitoyning Sindao shahrida o‘tkazilgan qo‘shma komissiyaning oltinchi yig‘ilishida tomonlar 2028-yilgacha mo‘ljallangan hamkorlik bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni yangiladi.
Hujjat quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
texnik jihatdan tartibga solish;
sanitariya-fitosanitariya talablari va veterinariya nazorati;
elektron savdo va marketpleyslarga chiqish;
transport, bojxona tartibga solish va yuk tashishni raqamlashtirish.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 40 foizga oshdi
Oljabayevning aytishicha, 2026-yilning dastlabki yetti oyida YeOIIdan Xitoyga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 40 foizga ko‘paygan.
Eksport qilinayotgan mahsulotlar orasida soya, o‘simlik moylari, baliq, no‘xat va go‘sht mahsulotlari bor.
"Ishlab chiqaruvchilarimizning oziq-ovqat mahsulotlarini Xitoy elektron savdo platformalariga chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirishga kelishib oldik", — dedi u.
Temir yo‘l tashuvlarini raqamlashtirish
Tomonlar transport aloqalarini rivojlantirish va bojxona tartiblarini soddalashtirish masalalarini ham muhokama qildi.
Temir yo‘l tashuvlarini raqamlashtirish bo‘yicha pilot loyiha doirasida Rossiya va Xitoy o‘rtasida elektron yukxatlar asosida dastlabki tashuvlar boshlangan.
Jumladan, ko‘mir, o‘g‘itlar va xalq iste’moli tovarlari qog‘ozsiz hujjatlar bilan tashilmoqda.
Oljabayevning ta’kidlashicha, bu choralar eksportchilarning Xitoy bozoriga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.