YeOII va Xitoy bojxona ma’lumotlari almashinuvini tezlashtirmoqchi
YeOII va Xitoy bojxona ma’lumotlari almashinuvini tezlashtirmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
YeOII va Xitoy bojxona ma’lumotlarini elektron almashishni tezlashtirishga kelishdi. Yagona tranzit tizimi yuklarni bir deklaratsiya va kafolat asosida tashish hamda navigatsiya plombalari bilan kuzatishni nazarda tutadi.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va Xitoy bojxona xizmati tovarlar harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron almashish uchun zarur huquqiy hujjatlarni qisqa muddatda kelishib olish niyatini bildirdi. Bu masala YeIKning bojxona hamkorligi vaziri Sergey Shklyayev va Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi rahbari Sun Meyszun o‘rtasidagi uchrashuvda muhokama qilindi, deb xabar berdi komissiya matbuot xizmati.Tomonlar axborot almashinuvini amalda yo‘lga qo‘yish uchun so‘nggi bir necha yil ichida ilk bor ekspertlarning yuzma-yuz uchrashuvini o‘tkazishga kelishdi.Bunday almashinuv bojxona nazoratini tezlashtirish, tovarlar haqidagi ma’lumotlarni oldindan tekshirish va tashqi savdo statistikasidagi tafovutlarni kamaytirish imkonini berishi kutilmoqda.Shklyayev Xitoy tomoniga YeOII hududida Yagona bojxona tranziti tizimini joriy etish jarayoni haqida ham ma’lumot berdi. YeIK vazirining ta’kidlashicha, tizim YeOIIga kirmaydigan davlatlar uchun ham ochiq. Ma’lumot uchun, YeIK O‘zbekiston bilan ham tovarlar va transport vositalari haqida bojxona ma’lumotlarini almashish bo‘yicha xalqaro shartnoma tayyorlamoqda. Hujjat yuqori darajada tayyor bo‘lib, muzokaralarni 2026-yilning sentabr–oktabr oylarida boshlash rejalashtirilgan.
Yagona tizim yuklarni bir deklaratsiya va kafolat asosida tashish, bojxona nazorati natijalarini o‘zaro tan olish hamda navigatsiya plombalaridan foydalanishni ko‘zda tutadi.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va Xitoy bojxona xizmati tovarlar harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron almashish uchun zarur huquqiy hujjatlarni qisqa muddatda kelishib olish niyatini bildirdi. Bu masala YeIKning bojxona hamkorligi vaziri Sergey Shklyayev va Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi rahbari Sun Meyszun o‘rtasidagi uchrashuvda muhokama qilindi, deb xabar berdi komissiya matbuot xizmati.
Tomonlar axborot almashinuvini amalda yo‘lga qo‘yish uchun so‘nggi bir necha yil ichida ilk bor ekspertlarning yuzma-yuz uchrashuvini o‘tkazishga kelishdi.
Bunday almashinuv bojxona nazoratini tezlashtirish, tovarlar haqidagi ma’lumotlarni oldindan tekshirish va tashqi savdo statistikasidagi tafovutlarni kamaytirish imkonini berishi kutilmoqda.
Shklyayev Xitoy tomoniga YeOII hududida Yagona bojxona tranziti tizimini joriy etish jarayoni haqida ham ma’lumot berdi.
Tizim yagona tranzit deklaratsiyasi va moliyaviy kafolatdan foydalanish, boshqa davlat bojxonasi nazorati natijalarini tan olish hamda yuklarni navigatsiya plombalari orqali kuzatishni nazarda tutadi.
YeIK vazirining ta’kidlashicha, tizim YeOIIga kirmaydigan davlatlar uchun ham ochiq.
Ma’lumot uchun, YeIK O‘zbekiston bilan ham tovarlar va transport vositalari haqida bojxona ma’lumotlarini almashish bo‘yicha xalqaro shartnoma tayyorlamoqda. Hujjat yuqori darajada tayyor bo‘lib, muzokaralarni 2026-yilning sentabr–oktabr oylarida boshlash rejalashtirilgan.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.