Rossiya-O‘zbekiston kinoforumini 2027-yilda o‘tkazish rejalashtirilmoqda

© Sputnik / Mediabankka o‘tishSyemki novogo filma Alekseya Popogrebskogo «Posledniy den”
Syemki novogo filma Alekseya Popogrebskogo «Posledniy den” - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2026
Obuna bo‘lish
Ishtirokchilar kino loyihalarini birgalikda moliyalashtirish imkoniyatlarini muhokama qilishlari mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Rossiya-O‘zbekiston kinoforumini 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Rossiya madaniyat vaziri o‘rinbosari Andrey Malishev Turkmaniston poytaxtida bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari madaniy hamkorlik kengashi yig‘ilishi doirasida ma’lum qildi.
“Vazirimiz Olga Borisovna Lyubimovaning topshirig‘iga ko‘ra, kelasi yili O‘zbekistonda Rossiya-O‘zbekiston kinoforumini o‘tkazishni rejalashtirganmiz”, - dedi Malishev.
Vazir o‘rinbosari tadbir Rossiya kinoijodkorlariga O‘zbekistondagi ehtimoliy suratga olish maydonchalari bilan tanishish, kastinglar o‘tkazish va mahalliy produserlar bilan aloqa o‘rnatish imkonini berishini ta’kidladi.
Shuningdek, ishtirokchilar kino loyihalarini birgalikda moliyalashtirish imkoniyatlarini muhokama qilishlari mumkin.
5 oktabr kuni Lyubimova O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida Rossiya tomoni Rossiya-o‘zbek kinoforumini tashkil etishni taklif qildi.
Rossiyada O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2026
Madaniyat birlashtiradi: Kremlda “Yangi O‘zbekiston shu’lasi” konserti bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar lentasi
0