https://oz.sputniknews.uz/20261007/kreml-ozbekiston-kontsert-61003146.html
Madaniyat birlashtiradi: Kremlda “Yangi O‘zbekiston shu’lasi” konserti bo‘lib o‘tdi
Madaniyat birlashtiradi: Kremlda “Yangi O‘zbekiston shu’lasi” konserti bo‘lib o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
Moskvadagi Davlat Kreml saroyida “Yangi O‘zbekiston shu’lasi” deb nomlangan konsert katta muvaffaqiyat bilan bo‘lib o‘tdi. Bu konsert respublika mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib Rossiyada o‘tkazilayotgan O‘zbekiston madaniyati kunlarining markaziy voqeasiga aylandi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri. Tadbirda Rossiya madaniyat vaziri Olga Lyubimova, O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda diplomatlar va san’at arboblari ishtirok etdi.
2026-10-07T11:20+0500
2026-10-07T11:20+0500
2026-10-07T12:21+0500
video
madaniyat
o‘zbekiston
rossiya
konsert
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/07/61016578_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_b2a667e8fd892437952ccea606d187f3.jpg
TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Moskvadagi Davlat Kreml saroyida “Yangi O‘zbekiston shu’lasi” deb nomlangan konsert katta muvaffaqiyat bilan bo‘lib o‘tdi. Bu konsert respublika mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib Rossiyada o‘tkazilayotgan O‘zbekiston madaniyati kunlarining markaziy voqeasiga aylandi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.Tadbirda Rossiya madaniyat vaziri Olga Lyubimova, O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda diplomatlar va san’at arboblari ishtirok etdi.Lyubimova Rossiyada O‘zbekiston madaniyati kunlarini o‘tkazish ezgu an’anaga aylanganini ta’kidladi.Nazarbekovning so‘zlariga ko‘ra, bunday tadbirlar hech qachon rus qo‘shiqlarisiz o‘tmaydi. Madaniyatlarning bir-biriga ta’siri bor.Darhaqiqat, dasturda O‘zbekiston musiqa merosi, milliy an’anaviy san’at hamda jahon va Rossiya musiqa madaniyati namunalari uyg‘unlashdi.Musiqiy jo‘rlikni O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri ta’minladi. Xoreografik chiqishlarni esa Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli taqdim etdi.Konsert O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.Konsertning yorqin lavhalarini Sputnik videosida tomosha qiling.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/07/61016578_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_11937e3521c364f1cda99ac7a7341ec3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, madaniyat, o‘zbekiston, rossiya, konsert, video
video, madaniyat, o‘zbekiston, rossiya, konsert, video
Madaniyat birlashtiradi: Kremlda “Yangi O‘zbekiston shu’lasi” konserti bo‘lib o‘tdi
11:20 07.10.2026 (yangilandi: 12:21 07.10.2026) Eksklyuziv
Konsertda o‘zbek musiqa merosi, milliy xoreografiya hamda Rossiya va jahon klassika durdonalari mujassamlashdi.
TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Moskvadagi Davlat Kreml saroyida “Yangi O‘zbekiston shu’lasi” deb nomlangan konsert katta muvaffaqiyat bilan bo‘lib o‘tdi. Bu konsert respublika mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib Rossiyada o‘tkazilayotgan O‘zbekiston madaniyati kunlarining markaziy voqeasiga aylandi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Tadbirda Rossiya madaniyat vaziri Olga Lyubimova, O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda diplomatlar va san’at arboblari ishtirok etdi.
Lyubimova Rossiyada O‘zbekiston madaniyati kunlarini o‘tkazish ezgu an’anaga aylanganini ta’kidladi.
“Biz o‘zbekistonlik hamkasblarimiz va do‘stlarimizni mamnuniyat bilan kutib olamiz. O‘zbekiston madaniyati kunlari esa, aslida, ajoyib va azaliy bir an’anadir. E’tiborlisi, ushbu tadbirlar mamlakatimizning bosh sahnasida bo‘lib o‘tmoqda va besh ming kishilik zal har yili deyarli to‘la bo‘ladi, unga turli yoshdagi hamda avlodga mansub juda ko‘p odamlar tashrif buyuradi. Bu biz uchun ham nihoyatda qadrli, chunki bu bizning ham an’anamizdir”, — dedi u konsert oldidan.
Nazarbekovning so‘zlariga ko‘ra, bunday tadbirlar hech qachon rus qo‘shiqlarisiz o‘tmaydi. Madaniyatlarning bir-biriga ta’siri bor.
“Shuning uchun ham biz bir-birimizni yaxshi tushunamiz”, — dedi O‘zbekiston madaniyat vaziri.
Darhaqiqat, dasturda O‘zbekiston musiqa merosi, milliy an’anaviy san’at hamda jahon va Rossiya musiqa madaniyati namunalari uyg‘unlashdi.
Musiqiy jo‘rlikni O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri ta’minladi. Xoreografik chiqishlarni esa Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli taqdim etdi.
Konsert O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Konsertning yorqin lavhalarini
Sputnik videosida tomosha qiling.