https://oz.sputniknews.uz/20261107/hisobvaraq-faktura-61813039.html
O‘zbekistonda hisobvaraq-faktura reyestrlarini chop etish talabi bekor qilindi
O‘zbekistonda hisobvaraq-faktura reyestrlarini chop etish talabi bekor qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lashning soddalashtirilgan tartibi uchun yangi hisobot shakllari ham tasdiqlandi. 07.11.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-11-07T13:07+0500
2026-11-07T13:07+0500
2026-11-07T13:07+0500
jamiyat
o‘zbekiston
soliq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1b/36342137_0:0:3068:1726_1920x0_80_0_0_66069452a49ac18651350447dff30a48.jpg
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. O‘zbekistonda soliq davri yakunlari bo‘yicha hisobvaraq-fakturalar reyestrlarini chop etish, sahifalarini raqamlash, tikish va mavjud bo‘lganda muhr bilan tasdiqlash talabi bekor qilindi.Soliq hisobotlari shakllariga kiritilgan o‘zgartishlarni Adliya vazirligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.Avval soliq to‘lovchilar hisobot davridan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay reyestrlarni chop etishi, sahifalarini raqamlashi, tikishi va mavjud bo‘lganda muhr bilan tasdiqlashi shart edi. Endilikda ushbu talab bekor qilindi.Shuningdek, elektron shaklda yuritiladigan reyestrlarning qo‘shimcha varaqlarini chop etish va ularni tegishli soliq davri hujjatlariga ilova qilish ham talab etilmaydi.Bundan tashqari, qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lashning soddalashtirilgan tartibi uchun yangi hisobot shakllari tasdiqlandi.Ushbu shakllar asosiy faoliyat turlari umumiy ovqatlanish, savdo yoki xizmatlar ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan tadbirkorlar uchun realizatsiyadan olingan barcha aylanmalarga nisbatan 6 foizlik QQS stavkasini va foyda solig‘ining nol stavkasini qo‘llash imkoniyatini nazarda tutadi.O‘zgartishlar yuridik shaxslarning yer solig‘i bo‘yicha hisobot shakliga ham kiritildi.Tegishli shaklga "Soliq solinadigan baza" va "Samarasiz foydalanilayotgan yer uchastkalari" bo‘limlari qo‘shildi.
https://oz.sputniknews.uz/20261014/ozbekiston-soliq-imtiyozlar-61187615.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1b/36342137_349:0:2730:1786_1920x0_80_0_0_182fffae91c2387c568d4189a312bf94.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, soliq
jamiyat, o‘zbekiston, soliq
O‘zbekistonda hisobvaraq-faktura reyestrlarini chop etish talabi bekor qilindi
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lashning soddalashtirilgan tartibi uchun yangi hisobot shakllari ham tasdiqlandi.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. O‘zbekistonda soliq davri yakunlari bo‘yicha hisobvaraq-fakturalar reyestrlarini chop etish, sahifalarini raqamlash, tikish va mavjud bo‘lganda muhr bilan tasdiqlash talabi bekor qilindi.Soliq hisobotlari shakllariga kiritilgan o‘zgartishlarni Adliya vazirligi davlat ro‘yxatidan
o‘tkazdi. Avval soliq to‘lovchilar hisobot davridan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay reyestrlarni chop etishi, sahifalarini raqamlashi, tikishi va mavjud bo‘lganda muhr bilan tasdiqlashi shart edi. Endilikda ushbu talab bekor qilindi.
Shuningdek, elektron shaklda yuritiladigan reyestrlarning qo‘shimcha varaqlarini chop etish va ularni tegishli soliq davri hujjatlariga ilova qilish ham talab etilmaydi.
Bundan tashqari, qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lashning soddalashtirilgan tartibi uchun yangi hisobot shakllari tasdiqlandi.
Ushbu shakllar asosiy faoliyat turlari umumiy ovqatlanish, savdo yoki xizmatlar ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan tadbirkorlar uchun realizatsiyadan olingan barcha aylanmalarga nisbatan 6 foizlik QQS stavkasini va foyda solig‘ining nol stavkasini qo‘llash imkoniyatini nazarda tutadi.
O‘zgartishlar yuridik shaxslarning yer solig‘i bo‘yicha hisobot shakliga ham kiritildi.
Tegishli shaklga "Soliq solinadigan baza" va "Samarasiz foydalanilayotgan yer uchastkalari" bo‘limlari qo‘shildi.