Yoshlarni ishga olish foydaliroq: O‘zbekistonda qanday soliq imtiyozlari bor

© Sputnik / Sgenerirovano IIKot-biznesmen uspeshno platit nalogi
Kot-biznesmen uspeshno platit nalogi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda biznes yoshlarni ish bilan ta’minlagani uchun soliq imtiyozlarini olishi mumkin. Ular kimga va qanday olinishini maqolada ko‘rib chiqamiz.
TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Birinchi ishni topish yoki o‘z biznesini boshlash yoshlar uchun nafaqat muvaffaqiyatga erishish, balki moliyaviy imkoniyatlar masalasidir.
O‘zbekistonda yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va bandlikni rag‘batlantirish maqsadida soliq imtiyozlari amal qilmoqda, bu esa biznesga xarajatlarni kamaytirish, talabalar va endi ish boshlayotgan mutaxassislarga esa ishga joylashish imkoniyatini beradi.
Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-oktabr holatiga tadbirkorlik subyektlari orasida 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 21 foizni tashkil etgan. Gap biznes rahbarlari yoki ta’sischilari sifatida ro‘yxatdan o‘tgan 114,5 ming nafar yoshlar haqida bormoqda. Bu haqda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Yoshlarning iqtisodiy faolligi pul nisbatida ham o‘sib bormoqda. 2021-yilda yosh tadbirkorlarning tovar aylanmasi 56 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilda qariyb 242 trln so‘mga yetdi. 2026-yilning sakkiz oyida bu ko‘rsatkich qariyb 218 trln so‘mni tashkil etdi. Joriy yilning to‘qqiz oyida yosh tadbirkorlar tomonidan budjetga 9,6 trln so‘m soliq to‘landi – bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 37 foizga ko‘p.
Biznes uchun qanday soliq imtiyozlari ko‘zda tutilgan?
Asosiy yengilliklardan biri ijtimoiy soliq bilan bog‘liq. Umumiy ovqatlanish, chakana savdo, mehmonxona xizmatlari va kompyuter texnologiyalari sohalarida belgilangan shartlarga rioya qilinganda tegishli ish beruvchilar uchun uning stavkasi standart 12 foizo‘rniga 1 foizni tashkil etadi. Imtiyoz 2028-yil 1-yanvargacha ko‘zda tutilgan. Muhim shart – korxonada 30 yoshdan kichik xodimlar ishlashi kerak, biznes egasining yoshi ahamiyatga ega emas.
Maktab o‘quvchilari, kollej va texnikum o‘quvchilarini kasb-hunar ta’limi yoki amaliyot davrida ishga jalb qilgan tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq stavkalari 1 foiz miqdorida nazarda tutilgan.
Boshqa qo‘llab-quvvatlash choralar ham bor: qo‘mita vakillarining so‘zlariga ko‘ra, o‘quvchi va talabalarning O‘zbekiston Respublikasi professional va oliy ta’lim muassasalari hududida pulli o‘quv kurslari, sport to‘garaklarini tashkil etish va boshqa ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishdan olgan daromadlari soliqqa tortilmaydi.
O‘zini o‘zi band qilgan, jumladan, frilans sohasida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan shartlarga rioya qilgan holda aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz etib belgilangan.
Shu bilan birga, bandlik masalasi saqlanib qolmoqda. Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 285 ming nafar ishsiz yoshlar mavjud. Yoshlar ishlari agentligi va boshqa idoralar bilan hamkorlikda 24 ming kishi ish bilan ta’minlandi. Oktabr-noyabr oylarida hukumat yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni davom ettirishni rejalashtirmoqda.
Biznesmen pokazivayet kliyentu, gde podpisat dokument - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2026
Yoshlarga 100 mln so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi
Yangiliklar lentasi
0