TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Pokiston erkin savdo to‘g‘risida bitim tuzish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi kengashida (EIK) bu masala ham muhokama qilindi.Yig‘ilish ishtirokchilari YeOII va Pokiston o‘rtasida erkin savdo bitimini tuzishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi tadqiqot natijalarini ma’qulladi.Kelishuvlar YeOII mamlakatlari tovarlarining Pokiston bozoriga kirish shart-sharoitlarini yaxshilashi kutilmoqda. Gap qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, metallurgiya, ko‘mir, sellyuloza-qog‘oz va kimyo sanoati tovarlari haqida bormoqda. O‘z navbatida, Pokiston Ittifoq mamlakatlariga meva-sabzavotlar, oziq-ovqat mahsulotlari va ayrim sanoat tovarlarini yetkazib berishni kengaytirishi mumkin bo‘ladi.
YeIK kengashi bunday kelishuvning maqsadga muvofiqligini o‘rganish natijalarini ma’qulladi.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Pokiston erkin savdo to‘g‘risida bitim tuzish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi kengashida (EIK) bu masala ham muhokama qilindi.
Yig‘ilish ishtirokchilari YeOII va Pokiston o‘rtasida erkin savdo bitimini tuzishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi tadqiqot natijalarini ma’qulladi.
Kelishuvlar YeOII mamlakatlari tovarlarining Pokiston bozoriga kirish shart-sharoitlarini yaxshilashi kutilmoqda. Gap qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, metallurgiya, ko‘mir, sellyuloza-qog‘oz va kimyo sanoati tovarlari haqida bormoqda.
O‘z navbatida, Pokiston Ittifoq mamlakatlariga meva-sabzavotlar, oziq-ovqat mahsulotlari va ayrim sanoat tovarlarini yetkazib berishni kengaytirishi mumkin bo‘ladi.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.