https://oz.sputniknews.uz/20261106/toshkent-metrosi-61790460.html
Muhtasham bekatlar va noyob yechimlar: Toshkent metrosi qanday qurilgan edi?
Muhtasham bekatlar va noyob yechimlar: Toshkent metrosi qanday qurilgan edi?
Sputnik O‘zbekiston
1977 yil 6-noyabr kuni esa birinchi bo‘lib 9 ta stansiyadan iborat Chilonzor yo‘nalishi ochildi. Toshkent metropoliteni sobiq Ittifoqda yettinchi, dunyoda esa 37-metropoliten bo‘ldi.
2026-11-06T14:20+0500
2026-11-06T14:20+0500
2026-11-06T14:20+0500
video
toshkent
metro
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/06/61789760_48:0:1852:1015_1920x0_80_0_0_36e2dbb6e80d28d22d8badf7af74c372.jpg
1963 yillar. Toshkent. Shahar ko‘chalari bo‘ylab tramvay, avtobus va trolleybuslar harakatlanar, aholi coni esa milliondan oshib borardi. Tirbandlik muammosiga yechim topish ustuvor vazifa bo‘lib qolgandi. Shunday sharoitda sobiq hukumat Toshkentda Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lgan metropoliten qurish ishlarini boshlashga ruxsat berdi.Bugun kuniga millionlab yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatayotgan, o‘zining muhtasham bekatlari va noyob yechimlari bilan ajralib turadigan ushbu metropoliten qanday qurildi? Uni qurishda qanday murakkab va noyob yechimlardan foydalanildi? Bu haqda Sputnik muxbiriga metropoliten qurilishlarida qatnashgan va qariyb 40-yildan ziyod unda faoliyat yuritgan muhandis Bahrom Solihov so‘zlab berdi.Metro qurilishiga asos 1963-yilda, Toshkent xalqi bir milliondan oshganidan keyin boshlangan. Ittifoqda qaysi shahar aholisi bir milliondan oshsa, o‘sha yerda metropolitenni qurilishga ruxsat berilgan.1971 yil 16-noyabrda Ministrlar Soveti Toshkent shahrida metro qurilishiga ruxsat bergan."Metroning birinchi qurilish ishlari "Sobir Rahimov" bekatidan to "Oktabr inqilobi" bekatigacha bo‘lgan. "Sobir Rahimov" bekati keyinchalik "Olmazor" deb nomlandi. "Oktabr inqilobi" bekati "Amir Temur" bekati bo‘ldi”, - deydi muhandis.Toshkentda metropoliten qurilishi oson kechmadi, ko‘plab muammolar yuzaga keldi. Chunki Toshkentning yuqori seysmik faolligi, cho‘kuvchan tuproqlari va issiq iqlimi qurilish ishlarida katta to‘siqlar keltirib chiqarar edi.Metro qurilishida suv ostidan yo‘llar o‘tkazilib, murakkab muhandislik ishlari amalga oshirilgan.Metro qurilishiga 1750 ta har xil jihoz, ehtiyot qismlar va metro qurish uchun zarur bo‘lgan narsalar Ittifoqning 250 ta zavod va fabrikasidan keltirilgan.Belarus, Kiyev, Leningrad, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Sibirdan ham marmar va granit plitalar olib kelingan. Ular tayyor holda yetkazib berilgan.Bu qurilish to‘qqiz balli zilzilaga mo‘ljallan. Tonnellar temir-beton, cho‘yan va monolit qoplamalardan qurilgan. Bekatlar esa ustunli va gumbazli konstruksiyalar asosida barpo etilgan.“Amir Temur xiyoboni"dan "Buyuk ipak yo‘li"gacha 1980-yilda uchta stansiya ochilgan. 1984-yilda O‘zbekiston yo‘nalishi ochilgan — "Navoiy" bekatidan "Toshkent" bekatigacha. 1987-yilda Toshkent — Chkalov yo‘nalishi ochilgan. 1989-yilda "Toshkent", "Navoiy" va "Chorsu" bekatlari oralig‘i qurilgan. 1991-yilda "Chorsu"dan "Beruniy" bekatigacha qurilgan."Sobir Rahimov" bekati "Olmazor" qilindi. U yerda urush monumentlari ko‘rsatilgan edi. "Xalqlar do‘stligi" bekatida ham shunday bezaklar bor edi. U yerda 15 ta respublika gerbi o‘rnatilgan edi.Metropolitenning ishga tushirilishi aholi uchun haqiqiy bayram bo‘ldi. U shahar aholisiga sezilarli darajada qulaylik yaratdi. Metropoliten dastlab kuniga 450 minggacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Ishga qabul qilingan metropoliten xodimlari esa Moskvaga o‘qishga yuborildi.“Ular Moskva, Kiyev va Xarkovda borib o‘qib kelishgan. Mashinistlar, mashinist yordamchilari, bekat navbatchilari, eskalator xodimlari. 17 ta soha bo‘yicha. 1980-yillardan boshlab to 1987-yilgacha tonnel ustalari, katta ustalar va yordamchi ustalar ham o‘sha yerda o‘qib, malaka oshirib kelishgan. Keyin u yerda o‘rgangan bilimlarini bu yerda qo‘llashgan”, - deydi Solihov.Batafsil - Sputnik videosida.
https://oz.sputniknews.uz/20261103/tashkent-metro-61703481.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/06/61789760_273:0:1626:1015_1920x0_80_0_0_ab987df025023bf164540a812f89a6ad.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, toshkent, metro
Muhtasham bekatlar va noyob yechimlar: Toshkent metrosi qanday qurilgan edi?
Eksklyuziv
1977 yil 6-noyabr kuni esa birinchi bo‘lib 9 ta stansiyadan iborat Chilonzor yo‘nalishi ochilgan.
1963 yillar. Toshkent. Shahar ko‘chalari bo‘ylab tramvay, avtobus va trolleybuslar harakatlanar, aholi coni esa milliondan oshib borardi. Tirbandlik muammosiga yechim topish ustuvor vazifa bo‘lib qolgandi. Shunday sharoitda sobiq hukumat Toshkentda Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lgan metropoliten qurish ishlarini boshlashga ruxsat berdi.
Bugun kuniga millionlab yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatayotgan, o‘zining muhtasham bekatlari va noyob yechimlari bilan ajralib turadigan ushbu metropoliten qanday qurildi? Uni qurishda qanday murakkab va noyob yechimlardan foydalanildi? Bu haqda Sputnik muxbiriga metropoliten qurilishlarida qatnashgan va qariyb 40-yildan ziyod unda faoliyat yuritgan muhandis Bahrom Solihov so‘zlab berdi.
Metro qurilishiga asos 1963-yilda, Toshkent xalqi bir milliondan oshganidan keyin boshlangan. Ittifoqda qaysi shahar aholisi bir milliondan oshsa, o‘sha yerda metropolitenni qurilishga ruxsat berilgan.
"1967 yilda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasining 495-sonli qarori asosida Toshkentda metroni loyihalash va qurish bo‘yicha Sharof Rashidovning qarorlari chiqqan. 1968-yilda Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi metro qurilishi uchun yer ajratgan. Shu davrda metro qurilishining kechikib ketishiga 1966-yilda Toshkent shahrida yuz bergan kuchli zilzila sabab bo‘lgan. Toshkent shahrini qayta qurish, yangi binolar, shifoxonalar, bog‘chalar va maktablar barpo etish ishlari sabab metro qurilishi ortga surilib ketgan", - deya eslaydi Solihov.
1971 yil 16-noyabrda Ministrlar Soveti Toshkent shahrida metro qurilishiga ruxsat bergan.
"Metroning birinchi qurilish ishlari "Sobir Rahimov" bekatidan to "Oktabr inqilobi" bekatigacha bo‘lgan. "Sobir Rahimov" bekati keyinchalik "Olmazor" deb nomlandi. "Oktabr inqilobi" bekati "Amir Temur" bekati bo‘ldi”, - deydi muhandis.
Toshkentda metropoliten qurilishi oson kechmadi, ko‘plab muammolar yuzaga keldi. Chunki Toshkentning yuqori seysmik faolligi, cho‘kuvchan tuproqlari va issiq iqlimi qurilish ishlarida katta to‘siqlar keltirib chiqarar edi.
Metro qurilishida suv ostidan yo‘llar o‘tkazilib, murakkab muhandislik ishlari amalga oshirilgan.
1977 yil 6-noyabr kuni esa birinchi bo‘lib 9 ta bekatdan iborat Chilonzor yo‘nalishi ochildi. Toshkent metropoliteni sobiq ittifoqda yettinchi, dunyoda esa 37-metropoliten bo‘ldi.
Metro qurilishiga 1750 ta har xil jihoz, ehtiyot qismlar va metro qurish uchun zarur bo‘lgan narsalar Ittifoqning 250 ta zavod va fabrikasidan keltirilgan.
Belarus, Kiyev, Leningrad, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Sibirdan ham marmar va granit plitalar olib kelingan. Ular tayyor holda yetkazib berilgan.
Bu qurilish to‘qqiz balli zilzilaga mo‘ljallan. Tonnellar temir-beton, cho‘yan va monolit qoplamalardan qurilgan. Bekatlar esa ustunli va gumbazli konstruksiyalar asosida barpo etilgan.
“Amir Temur xiyoboni"dan "Buyuk ipak yo‘li"gacha 1980-yilda uchta stansiya ochilgan. 1984-yilda O‘zbekiston yo‘nalishi ochilgan — "Navoiy" bekatidan "Toshkent" bekatigacha. 1987-yilda Toshkent — Chkalov yo‘nalishi ochilgan. 1989-yilda "Toshkent", "Navoiy" va "Chorsu" bekatlari oralig‘i qurilgan. 1991-yilda "Chorsu"dan "Beruniy" bekatigacha qurilgan.
"Sobir Rahimov" bekati "Olmazor" qilindi. U yerda urush monumentlari ko‘rsatilgan edi. "Xalqlar do‘stligi" bekatida ham shunday bezaklar bor edi. U yerda 15 ta respublika gerbi o‘rnatilgan edi.
“Toshkent” bekati ham Toshkentni ko‘rsatib turibdi. “O‘zbekiston” bekatida esa paxta obrazi ko‘rsatilgan. Arxitekturasi har xil. Boshqa metropolitenlarga qaraganda bizniki ancha chiroyli. Hozirgi “Milliy bog‘” bekati avval “Komsomol” edi, keyin “Yoshlik” bo‘ldi, keyin yana “Milliy” bo‘ldi.. U yerda devorga o‘rnatilgan komsomollarning harakati tasvirlagan monumentlar bor edi. “Mustaqillik maydoni” bekati avval “Lenin maydoni” bekati edi. Metroning kirish qismi yuqorisidagi pannoda Lenin tasviri bor edi”, - deya xotirlaydi u.
Metropolitenning ishga tushirilishi aholi uchun haqiqiy bayram bo‘ldi. U shahar aholisiga sezilarli darajada qulaylik yaratdi. Metropoliten dastlab kuniga 450 minggacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Ishga qabul qilingan metropoliten xodimlari esa Moskvaga o‘qishga yuborildi.
“Ular Moskva, Kiyev va Xarkovda borib o‘qib kelishgan. Mashinistlar, mashinist yordamchilari, bekat navbatchilari, eskalator xodimlari. 17 ta soha bo‘yicha. 1980-yillardan boshlab to 1987-yilgacha tonnel ustalari, katta ustalar va yordamchi ustalar ham o‘sha yerda o‘qib, malaka oshirib kelishgan. Keyin u yerda o‘rgangan bilimlarini bu yerda qo‘llashgan”, - deydi Solihov.
Batafsil -
Sputnik videosida.