Toshkent metrosi 2030-yilgacha 103 kilometrga yetkaziladi — yana 29 ta bekat ochiladi

© Sputnik / Baxrom XatamovNazemnaya liniya metro Tashkenta
Nazemnaya liniya metro Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2026
Obuna bo‘lish
Kunlik yo‘lovchilar oqimini 1,8 million nafarga oshirish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Toshkent metropolitenida 2030-yilgacha yana 29 ta yangi bekat qurish va tarmoqni 32 kilometrga kengaytirish rejalashtirilgan. Bu haqda "Toshkent metropoliteni" AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Yuldash Yusupov matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2030-yilga borib metro bekatlari soni 79 taga, yo‘nalishlarning umumiy uzunligi 103 kilometrga yetkaziladi. Kunlik yo‘lovchilar oqimi 1,8 million nafarga oshirilishi, poyezdlar harakati intervali esa 2–3 daqiqagacha qisqartirilishi belgilangan.
Yusupov so‘nggi yillarda metropoliten tarmog‘i sezilarli darajada kengayganini ta’kidladi.
Deyarli 40-yil davomida 29 ta bekat va 38 kilometrlik yo‘nalishlardan iborat bo‘lgan metro tarmog‘iga so‘nggi yetti yilda 21 ta bekat va 33 kilometr yangi yo‘l qo‘shildi. Natijada hozirda 50 ta bekat faoliyat yuritmoqda, tarmoqning umumiy uzunligi 71 kilometrga yetgan.
Yo‘lovchilar soni to‘rt baravar oshdi
Metropoliten ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda metro kuniga o‘rtacha 280–300 ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2026-yilda bu ko‘rsatkich 1,2 million nafardan oshgan.
Yo‘lovchilar sonining ortishi munosabati bilan poyezdlar parki ham kengaytirilmoqda. Xususan, 2027-yilda yana 14 ta besh vagonli zamonaviy poyezd tarkibini xarid qilish rejalashtirilgan.
© SputnikPress-konferensiya AO "Tashkentskiy metropoliten"
Press-konferensiya AO Tashkentskiy metropoliten - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2026
Press-konferensiya AO "Tashkentskiy metropoliten"
Ayni paytda poyezdlar harakati intervali ham qisqartirilgan:
Chilonzor yo‘nalishida — 5 daqiqadan 1,5–2 daqiqagacha;
O‘zbekiston yo‘nalishida — 6 daqiqadan 3 daqiqagacha;
Yunusobod yo‘nalishida — 11 daqiqadan 4 daqiqagacha;
Yer usti halqa yo‘lida — 12 daqiqadan 8 daqiqagacha.
Shuningdek, bekatlarning o‘tkazuvchanlik imkoniyatlarini oshirish ishlari davom etmoqda. Masalan, "Chinor" bekatida turniketlar soni 6 tadan 13 taga yetkazilib, kunlik xizmat ko‘rsatish quvvati 15–20 ming nafardan 35–40 ming nafargacha oshirildi. Bekatda to‘rtta yuqori sig‘imli lift ham o‘rnatildi.

Metropolitenda raqamli xizmatlar ham kengaytirilmoqda. Bekatlarda Wi-Fi, tunnellarda mobil aloqa imkoniyatlari yaxshilanmoqda. Yo‘l haqini bank kartalari, mobil ilovalar, ATTO, "Face Pay" va "Palm Pay" orqali to‘lash mumkin.

2030 yilgacha belgilangan maqsadlarga erishish uchun metro infratuzilmasini kengaytirish, yangi poyezdlar xarid qilish va xususiy investitsiyalarni jalb etish ishlari davom ettiriladi.
Rinok Abu-Saxiy v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2026
“Mingo‘rik” — Abu Saxiy metro yo‘nalishi loyihasi qachon tayyor bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0