https://oz.sputniknews.uz/20261106/terrorizmga-qarshi-kurashish-ozbekiston-61788033.html
Raqamli terrorizmga qarshi kurashish: O‘zbekiston xalqaro platforma yaratishni taklif qildi
Raqamli terrorizmga qarshi kurashish: O‘zbekiston xalqaro platforma yaratishni taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
Platforma yangi tahdidlar haqidagi ma’lumotlar va kiberterrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash tajribasi bilan almashishni ta’minlashi kerak. 06.11.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-11-06T12:55+0500
2026-11-06T12:55+0500
2026-11-06T12:55+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
terrorchilar
ekstremizm
terrorchilik uyushmasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/10/52739745_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_56041bcf4e9f6123d4a4db02e4b01d6d.jpg
TOShKENT, 6 noya – Sputnik. O‘zbekiston raqamli terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro platforma yaratishni taklif qiladi. Bu haqda Davlat xavfsizligi xizmati raisi Bahodir Qurbonov Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan “Xavfsizlik masalalari bo‘yicha ShHT plyus” birinchi ekspertlar muloqotida ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.Qurbonov sun’iy intellekt mavzusiga to‘xtalib, neyron tarmoqlar muvofiqlashtirilgan axborot kampaniyalarini aniqlash va soxta materiallarni aniqlashga yordam berishi mumkinligini ta’kidladi.U ShHT plyusga a’zo mamlakatlarga texnologik hamkorlik bo‘yicha xalqaro platforma yaratishni taklif qildi. U sintetik kontentni aniqlash vositalari, yangi tahdidlar haqidagi ma’lumotlar va kiberterrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash tajribasi bilan almashishni ta’minlashi kerak.Shuningdek, DXX raisi yoshlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarga alohida e’tibor qaratish, shuningdek, voyaga yetmaganlarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini cheklashni taklif qildi.5−6 noyabr kunlari Samarqandda "Xavfsizlik masalalari bo‘yicha ShHT plyus muloqoti"ning birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. U "Raqamli transformatsiya davrida xavfsizlik" mavzusiga bag‘ishlangan.Uchrashuvda 24 ta davlatdan 33 ta delegatsiya, jumladan, maxsus xizmatlar rahbarlari, 5 ta xalqaro tashkilot vakillari, ekspertlar va kuzatuvchilar ishtirok etmoqda.Bunday muloqot o‘tkazish tashabbusini O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024-yilda ilgari surgan edi. Birinchi uchrashuvni Samarqandda tashkil qilish qarori 2025-yilda Tanszinda bo‘lib o‘tgan ShHT davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida ma’qullangan.
https://oz.sputniknews.uz/20261020/tashkent-sco-xavfsizlik-markaz-61344426.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/10/52739745_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_3b7e855f3b6122fffaafe0334e31eb72.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), terrorchilar, ekstremizm, terrorchilik uyushmasi
jamiyat, o‘zbekiston, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), terrorchilar, ekstremizm, terrorchilik uyushmasi
Raqamli terrorizmga qarshi kurashish: O‘zbekiston xalqaro platforma yaratishni taklif qildi
Platforma yangi tahdidlar haqidagi ma’lumotlar va kiberterrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash tajribasi bilan almashishni ta’minlashi kerak.
TOShKENT, 6 noya – Sputnik. O‘zbekiston raqamli terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro platforma yaratishni taklif qiladi. Bu haqda Davlat xavfsizligi xizmati raisi Bahodir Qurbonov Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan “Xavfsizlik masalalari bo‘yicha ShHT plyus” birinchi ekspertlar muloqotida ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Qurbonov sun’iy intellekt mavzusiga to‘xtalib, neyron tarmoqlar muvofiqlashtirilgan axborot kampaniyalarini aniqlash va soxta materiallarni aniqlashga yordam berishi mumkinligini ta’kidladi.
U ShHT plyusga a’zo mamlakatlarga texnologik hamkorlik bo‘yicha xalqaro platforma yaratishni taklif qildi. U sintetik kontentni aniqlash vositalari, yangi tahdidlar haqidagi ma’lumotlar va kiberterrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash tajribasi bilan almashishni ta’minlashi kerak.
Shuningdek, DXX raisi yoshlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarga alohida e’tibor qaratish, shuningdek, voyaga yetmaganlarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini cheklashni taklif qildi.
5−6 noyabr kunlari Samarqandda "Xavfsizlik masalalari bo‘yicha ShHT plyus muloqoti"ning birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. U "Raqamli transformatsiya davrida xavfsizlik" mavzusiga bag‘ishlangan.
Uchrashuvda 24 ta davlatdan 33 ta delegatsiya, jumladan, maxsus xizmatlar rahbarlari, 5 ta xalqaro tashkilot vakillari, ekspertlar va kuzatuvchilar ishtirok etmoqda.
Bunday muloqot o‘tkazish tashabbusini O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024-yilda ilgari surgan edi. Birinchi uchrashuvni Samarqandda tashkil qilish qarori 2025-yilda Tanszinda bo‘lib o‘tgan ShHT davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida ma’qullangan.