Qonunchilik palatasi Toshkentda ShHT xavfsizlik markazini tashkil etishni ma’qulladi

© Sputnik / Bolat ShayxinovFlag Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva i flagi stran-uchastnis ShOS. Arxivnoe foto
Flag Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva i flagi stran-uchastnis ShOS. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2026
Obuna bo‘lish
Deputatlar Toshkentda ShHTning universal xavfsizlik markazini tashkil etishga oid bitimni ratifikatsiya qilish loyihasini ma’qulladi.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Qonunchilik palatasi Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlarning xavfsizligiga tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha universal markaz to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihasini uchinchi o‘qishda qabul qildi. Bu haqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, hujjat terrorizm, ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik va axborot xavfsizligi bilan bog‘liq tahdidlar kuchayib borayotgani sharoitida davlatlararo hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
2025 yil 1-sentabrda Tanszinda imzolangan bitimga muvofiq, Toshkentda ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi negizida Universal xavfsizlik markazi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Uning tarkibiga Axborot xavfsizligi markazi hamda Bishkekda joylashgan Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish markazi kiradi.
Yangi tuzilma a’zo davlatlarning vakolatli organlari o‘rtasida axborot almashish, tahdidlarni birgalikda tahlil qilish, qo‘shma tadbirlar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, mutaxassislar malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi.
Bitimda markazning huquqiy maqomi, boshqaruvi va moliyalashtirish tartibi ham belgilangan.
Flagi ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2026
Toshkentdagi ShHT xavfsizlik markazi nizomi loyihasi tayyorlandi
Yangiliklar lentasi
0