Rossiya TRX "yolg‘iz terrorchilar" tahdidi ortib borayotganidan ogohlantirdi

© Sputnik / Stanislav Krasilnikov / Mediabankka o‘tishShtab-kvartira Slujbi vneshney razvedki Rossii v Moskve. Arxivnoe foto
Shtab-kvartira Slujbi vneshney razvedki Rossii v Moskve. Arxivnoe foto
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2026
Obuna bo‘lish
Bu maxsus xizmatlar tomonidan nostandart javob usullarini talab etadi.
TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Yakka tarzda harakat qiluvchi terrorchilar fenomeni tobora ommaviy va xavfli tus oladi, bu esa maxsus xizmatlar tomonidan javob qaytarishning nostandart usullarini talab qiladi. Bu haqda Rossiya Tashqi razvedka xizmati (TRX) direktori o‘rinbosari Mixail Maksimovich Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan “Xavfsizlik masalalari bo‘yicha ShHT plyus” birinchi ekspertlar muloqotida ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
"Raqamli transformatsiya davri terrorizmning yangi shakllarini, masalan, muayan mafkura yoki din bilan emas, balki nigilizm va vayronkorlikka intilish bilan harakatlanadigan yolg‘iz terrorchilar fenomenini keltirib chiqarmoqda. TRX ma’lumotlariga ko‘ra, bu hodisa tobora ommaviy va xavfli tus oladi va, shubhasiz, maxsus xizmatlardan nostandart usullar bilan javob qaytarishni talab qiladi”, - dedi u.
5−6 noyabr kunlari Samarqandda "Xavfsizlik masalalari bo‘yicha ShHT plyus muloqoti"ning birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. U "Raqamli transformatsiya davrida xavfsizlik" mavzusiga bag‘ishlangan.
Uchrashuvda 24 ta davlatdan 33 ta delegatsiya, jumladan, maxsus xizmatlar rahbarlari, 5 ta xalqaro tashkilot vakillari, ekspertlar va kuzatuvchilar ishtirok etmoqda.
Bunday muloqot o‘tkazish tashabbusini O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024-yilda ilgari surgan edi. Birinchi uchrashuvni Samarqandda tashkil qilish qarori 2025-yilda Tanszinda bo‘lib o‘tgan ShHT davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida ma’qullangan.
Baxodir Kurbanov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2026
Raqamli terrorizmga qarshi kurashish: O‘zbekiston xalqaro platforma yaratishni taklif qildi
Yangiliklar lentasi
0