https://oz.sputniknews.uz/20260616/ozbekiston-muhim-minerallar-58363827.html
O‘zbekistonda muhim minerallar sohasida 4,2 mlrd dollarlik 120 ta loyiha amalga oshiriladi
O‘zbekistonda muhim minerallar sohasida 4,2 mlrd dollarlik 120 ta loyiha amalga oshiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Chirchiq shahrida “Kelajak metallari” texnoparki va R&D markazining faoliyatini keng yo‘lga qo‘yiladi. 16.06.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-06-16T09:23+0500
2026-06-16T09:23+0500
2026-06-16T09:23+0500
iqtisod
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/10/58363963_0:134:2560:1574_1920x0_80_0_0_554567a8e56989a5acfb33a69a15ef35.jpg
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. 2026−2030 yillarda O‘zbekistonda muhim minerallar sohasida 4,2 mlrd dollarlik 120 ta loyiha amalga oshiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan taqdimot davomida ma’lum qilindi.Taqdimotda sanoat uchun muhim minerallar xomashyo bazasini rivojlantirish salohiyatini to‘liq ishga solish bo‘yicha 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan rejalar ko‘rib chiqildi.Joriy yilning o‘zida 166 million dollarlik 12 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan. Natijada yuqori soflikdagi selen, tellur va reniy kabi 3 turdagi yangi metall, kukun metallurgiyasi asosida avtodetallar singari 21 turdagi import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar hamda sulfat kislotasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, yangi quvvatlar hisobidan yuzlab ish o‘rinlari yaratiladi, budjet tushumlari va eksport imkoniyatlari ortadi.Volfram va molibden bo‘yicha “xomashyo – qayta ishlash – tayyor mahsulot” zanjirini tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi. Bu orqali faqat konsentrat yoki yarim tayyor mahsulot emas, balki yuqori qo‘shilgan qiymatga ega metall kukunlari, qotishmalar, sterjenlar, simlar, sanoat uchun detallar va boshqa tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsad qilingan.U yerda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, yuqori soflikdagi metallar va innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur sharoit yaratiladi.Prezident texnopark va uning rezidentlariga yer uchastkalari hamda infratuzilmadan foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha imtiyozlar berish, startap loyihalarni moliyalashtirish dasturini ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.Markaziy Osiyoda muhim minerallar bo‘yicha yagona ilmiy-tadqiqot va texnologik markazni shakllantirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Ta’kidlanishicha, Chirchiq shahrida tashkil etilayotgan nanotahlil laboratoriyasi geologiya, konchilik va metallurgiya loyihalari uchun zamonaviy tahlil xizmatlarini ko‘rsatadi.Laboratoriya to‘liq ishga tushgach, bir kunda 1 mingtagacha namuna tahlil qilinib, 6,5 million dollarlik import xizmatlari mahalliylashtiriladi, yana 4 million dollarlik xizmatlar eksporti yo‘lga qo‘yiladi.Mutasaddilarga 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan loyihalar ijrosini qat’iy nazorat qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260610/tog-kon-sanoati-58234919.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/10/58363963_143:0:2418:1706_1920x0_80_0_0_604a15e48a2d7b142f0773af0fa2ec33.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev
iqtisod, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev
O‘zbekistonda muhim minerallar sohasida 4,2 mlrd dollarlik 120 ta loyiha amalga oshiriladi
Chirchiq shahrida “Kelajak metallari” texnoparki va R&D markazining faoliyatini keng yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. 2026−2030 yillarda O‘zbekistonda muhim minerallar sohasida 4,2 mlrd dollarlik 120 ta loyiha amalga oshiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan taqdimot davomida
ma’lum qilindi. Taqdimotda sanoat uchun muhim minerallar xomashyo bazasini rivojlantirish salohiyatini to‘liq ishga solish bo‘yicha 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan rejalar ko‘rib chiqildi.
“Unga ko‘ra, umumiy qiymati 4,2 milliard dollarlik 120 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Bu orqali tarmoq hajmini 2028-yilgacha 1 milliard dollarga, 2030-yilgacha 2 milliard dollarga yetkazish imkoniyati borligi qayd etildi”, - deyilgan xabarda.
Joriy yilning o‘zida 166 million dollarlik 12 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan. Natijada yuqori soflikdagi selen, tellur va reniy kabi 3 turdagi yangi metall, kukun metallurgiyasi asosida avtodetallar singari 21 turdagi import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar hamda sulfat kislotasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, yangi quvvatlar hisobidan yuzlab ish o‘rinlari yaratiladi, budjet tushumlari va eksport imkoniyatlari ortadi.
Volfram va molibden bo‘yicha “xomashyo – qayta ishlash – tayyor mahsulot” zanjirini tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi. Bu orqali faqat konsentrat yoki yarim tayyor mahsulot emas, balki yuqori qo‘shilgan qiymatga ega metall kukunlari, qotishmalar, sterjenlar, simlar, sanoat uchun detallar va boshqa tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsad qilingan.
Buning uchun Chirchiq shahrida “Kelajak metallari” texnoparki va R&D markazining faoliyatini keng yo‘lga qo‘yish belgilangan.
U yerda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, yuqori soflikdagi metallar va innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur sharoit yaratiladi.
Prezident texnopark va uning rezidentlariga yer uchastkalari hamda infratuzilmadan foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha imtiyozlar berish, startap loyihalarni moliyalashtirish dasturini ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.
Markaziy Osiyoda muhim minerallar bo‘yicha yagona ilmiy-tadqiqot va texnologik markazni shakllantirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Ta’kidlanishicha, Chirchiq shahrida tashkil etilayotgan nanotahlil laboratoriyasi geologiya, konchilik va metallurgiya loyihalari uchun zamonaviy tahlil xizmatlarini ko‘rsatadi.
Laboratoriya to‘liq ishga tushgach, bir kunda 1 mingtagacha namuna tahlil qilinib, 6,5 million dollarlik import xizmatlari mahalliylashtiriladi, yana 4 million dollarlik xizmatlar eksporti yo‘lga qo‘yiladi.
Mutasaddilarga 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan loyihalar ijrosini qat’iy nazorat qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.