O‘zbekiston BMTning Aksilterror boshqarmasi mintaqaviy ofisini ochishga tayyorligini bildirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastie vo vstreche glav gosudarstv SA po voprosam bezopasnosti v sfere II v ramkax Akabskogo protsessa.
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie vo vstreche glav gosudarstv SA po voprosam bezopasnosti v sfere II v ramkax Akabskogo protsessa. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2026
Obuna bo‘lish
Ofis Markaziy Osiyo mamlakatlariga terrorchilik mazmunidagi materiallar haqida ogohlantirish kanallarini ishga tushirishga yordam berishi mumkin.
TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Global sa’y-harakatlarga amaliy hissa qo‘shish uchun O‘zbekiston BMTning Aksilterror boshqarmasi mintaqaviy ofisini ochishga tayyor. Bu haqda mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostonada bo‘lib o‘tgan Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvida ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, bu ofis Markaziy Osiyo mamlakatlariga terrorchilik mazmunidagi materiallar haqida ogohlantirish kanallarini ishga tushirish va ularning faoliyatini ta’minlash, terrorizmni moliyalashtirish holatlarini aniqlash, mutaxassislar malakasini oshirish hamda ushbu jarayonlarda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatadi.
Shuningdek, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi negizida “Raqamli davrda jaholatga qarshi ma’rifat” xalqaro dasturini yo‘lga qo‘yish taklif etildi. Uning asosiy vazifalari ko‘p tilli axborot resurslarini yaratish, diniy arboblarni axborot muhitida faoliyat yuritishga tayyorlash, islom dinining insonparvarlik qadriyatlarini targ‘ib etayotgan yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ladi.
Aqaba jarayoni 2015-yilda Iordaniya podshohi Abdulloh II tomonidan boshlangan xalqaro tashabbus sanaladi.
Uning asosiy maqsadi – terrorizm, ekstremizm va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashda davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash.
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po voprosam podgotovki k zaplanirovannim v Buxare krupnim mejdunarodnim meropriyatiyam - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2026
Mirziyoyev: terrorchi tashkilotlar raqamli muhitdan foydalanayotgani jiddiy tashvish uyg‘otadi
Yangiliklar lentasi
0