Mirziyoyev: terrorchi tashkilotlar raqamli muhitdan foydalanayotgani jiddiy tashvish uyg‘otadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel soveshanie po voprosam podgotovki k zaplanirovannim v Buxare krupnim mejdunarodnim meropriyatiyam
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po voprosam podgotovki k zaplanirovannim v Buxare krupnim mejdunarodnim meropriyatiyam - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2026
Obuna bo‘lish
Prezidentning tak’kidlashicha, kibermakon an’anaviy usullar bilan birga tarmoq orqali hujumlar uyushtirilayotgan, jamoatchilik ongini boshqarish va yolg‘on axborot tarqatish kabi vositalar tobora faol qo‘llanayotgan asosiy to‘qnashuvlar maydoniga aylandi.
TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Terrorchi tashkilotlar raqamli muhitdan foydalanayotgani jiddiy tashvish uyg‘otadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi “Xavfsizlik masalalari bo‘yicha ShHT plyus” birinchi ekspertlar muloqoti ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida ma’lum qildi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda geosiyosiy keskinlikning kuchayishi, qarama-qarshiliklarning chuqurlashishi va qurolli mojarolarning avj olishi, afsuski, dunyodagi vaziyatning asosiy xususiyatlari bo‘lib qolmoqda.
Axborot xavfsizligini ta’minlash, muhim infratuzilmalarni himoya qilish va davlatning buzg‘unchi ta’sirlarning yangicha shakllariga nisbatan barqarorligi masalalari yanada dolzarb bo‘lib bormoqda. Bugun biz transmilliy tahdidlarning tabiati chuqur o‘zgarib borayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz.
Mirziyoyev raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va global kommunikatsiya vositalarining shiddat bilan rivojlanishi nafaqat taraqqiyot uchun keng imkoniyatlar ochmoqda, balki mutlaqo yangi muammolarni ham keltirib chiqarayotganini qayd etdi.
“Hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, kibermakon an’anaviy usullar bilan birga tarmoq orqali hujumlar uyushtirilayotgan, jamoatchilik ongini boshqarish va yolg‘on axborot tarqatish kabi vositalar tobora faol qo‘llanayotgan asosiy to‘qnashuvlar maydoniga aylandi. Terrorchi tashkilotlar raqamli muhitdan foydalanayotgani jiddiy tashvish uyg‘otadi. Internet platformalari radikal g‘oyalarni targ‘ib qilish, yangi tarafdorlarni o‘z tomoniga og‘dirish, moliyaviy mablag‘lar to‘plash hamda davlat chegaralarini tan olmaydigan ekstremistik birlashmalarni shakllantirish vositasiga aylanib bormoqda”, - dedi O‘zbekiston yetakchisi.
Prezidentning fikricha, bunday sharoitda ayniqsa yoshlar aholining eng zaif toifasi bo‘lib qolmoqda. Buzg‘unchi kuchlar yoshlar ongiga maqsadli ravishda ta’sir ko‘rsatib, ularni o‘z jamoalariga jalb etmoqda, ijtimoiy ziddiyatlardan foydalanmoqda va toqatsizlik g‘oyalarini tarqatmoqda.
Bunday jarayonlar millatlararo va dinlararo totuvlikka putur yetkazishi, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga olib kelishi mumkin.
Shu bois yuzaga kelayotgan mojarolarga nafaqat tezkor munosabat bildirish, balki xavf-xatarlarning oldini olish – ularni aniqlash, o‘zaro axborot almashish, xavfsizlikni ta’minlash borasida milliy salohiyatni mustahkamlash va o‘zaro kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqish lozim.
“Ishonchimiz komil, hech bir davlat chegara bilmaydigan tahdidlarga yakka o‘zi to‘liq qarshi tura olmaydi. Bu esa, tabiiy ravishda, xalqaro hamkorlik, o‘zaro ishonch va birgalikda ish olib borishning amaliy mexanizmlariga bo‘lgan talabni kuchaytiradi”, - dedi davlat rahbari.
Mirziyoyev Samarqanddagi muloqot nafaqat dolzarb tahdid va xavf-xatarlarni har tomonlama muhokama qilish, balki xalqlarning xavfsizligi va davlatlarning barqaror taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan hamkorlikning amaliy yo‘nalishlarini belgilab olish imkonini berishiga ishonch bildirdi.
5−6 noyabr kunlari Samarqandda "Xavfsizlik masalalari bo‘yicha ShHT plyus muloqoti"ning birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. U "Raqamli transformatsiya davrida xavfsizlik" mavzusiga bag‘ishlangan.
Uchrashuvda 24 ta davlatdan 33 ta delegatsiya, jumladan, maxsus xizmatlar rahbarlari, 5 ta xalqaro tashkilot vakillari, ekspertlar va kuzatuvchilar ishtirok etmoqda.
Bunday muloqot o‘tkazish tashabbusini O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024-yilda ilgari surgan edi. Birinchi uchrashuvni Samarqandda tashkil qilish qarori 2025-yilda Tanszinda bo‘lib o‘tgan ShHT davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida ma’qullangan.
Shtab-kvartira Slujbi vneshney razvedki Rossii v Moskve. Arxivnoe foto
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2026
Rossiya TRX "yolg‘iz terrorchilar" tahdidi ortib borayotganidan ogohlantirdi
Yangiliklar lentasi
0