Oktabrda inflyatsiya 0,6 foizni tashkil etdi

Obuna bo‘lish
Oy davomida oziq-ovqat mahsulotlari 1 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,2 foizga, pulli xizmatlar esa 0,6 foizga qimmatlashgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning oktabr oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,6 foizga oshgan.

Yil boshidan buyon iste’mol narxlari 4,8 foizga oshdi. Yillik inflyatsiya darajasi 6,5 foizni tashkil etib, 2025-yilning oktabr oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,3 foiz punktga pasaygan.

Oktabrda ziq-ovqat mahsulotlari narxlari 1 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,2 foizga, aholiga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar 0,6 foizga qimmatlashgan.
Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan tuxum 5,2 foizga, qo‘y go‘shti 1,4 foizga, suyakli mol go‘shti 1,2 foizga, qiyma1,1 foizga, sut o‘rtacha 1 foizga, oliy navli bug‘doy unidan non 0,7 foizga qimmatlashgan. Shakar narxi esa 2,2 foizga arzonlashgan.
Meva-sabzavot mahsulotlaridan baqlajon va bodring 9 foizga, pomidor 8,8 foizga, bulg‘or qalampiri 8,7 foizga, kartoshka 5,3 foizga qimmatlashgan.
Shu bilan birga, limon 15 foizga, uzum 7,5 foizga, olma 3 foizga, banan 1,3 foizga arzonlashgan.
Oktabrda benzin narxi o‘rtacha 1 foizga, propan 0,4 foizga qimmatlashgan. Metan narxida o‘zgarish kuzatilmagan.
Shuningdek, sovuq suv va kanalizatsiya xizmatlari 4,7 foizga, taksi xizmatlari 1,3 foizga, repetitorlik xizmatlari 1,6 foizga, chet tillarini o‘rgatish kurslari 0,8 foizga qimmatlashgan.
Hisob-kitoblar uchun 10 mingdan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalaridan 3 mlndan ortiq narxlar qayd etilgan. 419 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 98 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.
Yangiliklar lentasi
0