Qishda uzluksiz ta’minot uchun benzin zaxirasi yaratilib, gaz tarmoqlari ta’mirlanadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident oznakomilsya s dokladom o podgotovke neftegazovoy otrasli k osenne-zimnemu sezonu
Prezident oznakomilsya s dokladom o podgotovke neftegazovoy otrasli k osenne-zimnemu sezonu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2026
Obuna bo‘lish
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida gaz tarmoqlari ta’mirlanadi, suyultirilgan gaz yetkazib berish hajmi belgilanadi hamda dekabr-yanvar oylari uchun 120 ming tonna avtobenzin zaxirasi yaratiladi.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev neft-gaz tarmog‘ining 2026–2027 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bo‘yicha axborot bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Taqdimotda aholi, ijtimoiy soha obyektlari va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.
Mavsumgacha magistral gaz quvurlarining 53,7 kilometr nuqsonli qismini almashtirish, kompressor stansiyalaridagi 77 ta gaz haydash agregatini mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan.
Shuningdek, 881 ta mahalladagi 220 ming xonadonning gaz ta’minotini yaxshilash uchun uch bosqichli taqsimlash tizimidan ikki bosqichli tizimga o‘tiladi. Bu orqali texnologik yo‘qotishlarni qisqartirish maqsad qilingan. Jami 711,9 kilometr gaz tarmog‘i va 400 ta gaz taqsimlash punkti mukammal ta’mirlanadi hamda rekonstruksiya qilinadi.
Kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha obyektlariga 325,7 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish belgilangan. Shu jumladan, borish qiyin bo‘lgan 229 ta qishloqdagi 104,7 ming iste’molchiga 8,2 ming tonna suyultirilgan gaz yetkaziladi.
Qish davri uchun yoqilg‘i zaxiralari ham shakllantiriladi. Dekabr-yanvar oylari uchun 120 ming tonna avtobenzin zaxirasi yaratish rejalashtirilgan. Issiqlik elektr stansiyalariga mavsum davomida 4 million 161 ming tonna ko‘mir yetkazib berish prognoz qilinmoqda.
“O‘zbekneftgaz” tizimidagi korxonalarda esa 90 ta texnologik qurilmada ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
OAO Gazprom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2026
“Gazprom” 2025-yilda O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni 15 foizga oshirdi
Yangiliklar lentasi
0