Transport va kommunal avariyalar: texnogen holatlarda kompensatsiya tartibi belgilandi

© UzANa ulitse Glinki v Yakkasarayskom rayone provalilsya asfalt
Na ulitse Glinki v Yakkasarayskom rayone provalilsya asfalt - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.11.2026
Obuna bo‘lish
Texnogen favqulodda vaziyatlarda halok bo‘lganlar oilasiga 220 million, jarohat olganlarga 88 million so‘mgacha yordam belgilandi
TOShKENT, 5 noya — Sputnik. O‘zbekistonda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatida aholiga yetkazilgan zararni baholash va qoplash tartibi tasdiqlandi. Bu Vazirlar Mahkamasining 3-noyabrdagi qarorida belgilangan.
Yangi tartib transport halokatlari, kimoviy xavfli obyektlardagi avariyalar, yong‘in va portlashlar, gaz quvurlari, energetika va kommunal tizimlardagi yirik avariyalar, binolarning to‘satdan qulashi kabi texnogen favqulodda vaziyatlarni qamrab oladi.
Qarorga ko‘ra, jabrlanganlarga quyidagi miqdorlarda bir martalik moddiy yordam berilishi belgilangan:
halok bo‘lgan fuqarolarning oila a’zolariga teng ulushlarda — BHMning 500 baravarigacha (220 mln so‘m);
og‘ir tan jarohati olganlarga — BHMning 200 baravarigacha (88 mln so‘m);
o‘rtacha og‘irlikda tan jarohati olganlarga — BHMning 150 baravarigacha (66 mln so‘m);
yengil tan jarohati olganlarga — BHMning 100 baravarigacha (44 mln so‘m).
Moddiy yordam miqdori yetkazilgan zarar va tegishli komissiya xulosasi asosida belgilanadi.
Kompensatsiya qanday to‘lanadi?
Agar favqulodda vaziyat uchun aybdorlar hali sud tomonidan aniqlanmagan bo‘lsa yoki aybdor deb topilgan tashkilotlar zararni to‘liq qoplay olmasa, to‘lovlar mahalliy hokimliklar huzuridagi maxsus jamg‘arma hisobidan amalga oshiriladi.
Keyinchalik ushbu mablag‘lar sud qarori asosida aybdor deb topilgan yuridik shaxslar yoki ularning mansabdor shaxslaridan undiriladi.
Jabrlanganlar favqulodda vaziyat yuz bergan kundan boshlab 30 kun ichida tegishli komissiyaga ariza topshirishi lozim.
Uzrli sabablarga ko‘ra belgilangan muddatda murojaat qilish imkoni bo‘lmagan shaxslar uchun ham alohida tartib nazarda tutilgan.
Komissiya jabrlanganlarning mol-mulki, uy-joyi hamda sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni baholaydi. Jamg‘arma hisobidan to‘lovlar komissiya so‘rovi kelib tushganidan keyin 30 kun ichida amalga oshiriladi. Sug‘urtalangan zararlar esa sug‘urta shartnomalariga muvofiq qoplanadi.
Shuningdek, hujjatda zarar ko‘rgan uy-joylarni ta’mirlash, yangi uy qurish, vaqtincha turar joy bilan ta’minlash va zarur tibbiy yordam ko‘rsatish choralari ham belgilangan.
Tuman hokimi Nilufar Allabergenova Glinka ko‘chasida yuz bergan avariya joyida - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2026
Poytaxtning Glinka ko‘chasida sodir bo‘lgan voqea sabablari ma’lum qilindi
Yangiliklar lentasi
0