Poytaxtning Glinka ko‘chasida sodir bo‘lgan voqea sabablari ma’lum qilindi

© Yakkasaroy tumani hokimligi matbuot xizmatiTuman hokimi Nilufar Allabergenova Glinka ko‘chasida yuz bergan avariya joyida
Tuman hokimi Nilufar Allabergenova Glinka ko‘chasida yuz bergan avariya joyida - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2026
Obuna bo‘lish
Glinka ko‘chasidagi hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
TOShKENT, 4 sen – Sputnik. Toshkent shahridagi Glinka ko‘chasida yo‘l o‘pirilishiga yerosti gaz quvuridan sizib chiqqan gazning issiqlik tarmog‘i kamerasida to‘planishi sabab bo‘lgan. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, diametri 219 mm bo‘lgan yerosti gaz quvuridan sizib chiqqan gaz issiqlik tarmog‘i kamerasida to‘planib, avariya holatini yuzaga keltirgan”, - deyiladi xabarda.
Tekshiruv davomida gaz quvurining taxminan 375 kv. sm (15×25 sm) maydonida bir nechta joydan gaz sizib chiqayotgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, soha mutaxassislari hodisa sabablari va barcha tafsilotlarni batafsil o‘rganishda davom etmoqda. Tekshiruv yakunlangach, yo‘l qoplamasini tiklash ishlari davom ettiriladi va yaqin vaqt ichida yo‘l transport harakati uchun ochiladi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov yakunlariga ko‘ra, aybdor shaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi, deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Avvalroq Yakkasaroy tumanidagi Glinka ko‘chasida avtomobil yo‘lida asfalt o‘pirilib tushgani xabar qilingandi. Hodisa oqibatida bir kishi yengil jarohat olgan. Bir nechta avtomobil esa shikastlangan.
Na ulitse Glinki v Yakkasarayskom rayone provalilsya asfalt - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2026
Toshkentda Glinka ko‘chasida yo‘l o‘pirilib tushdi — jarohatlanganlar bor
Yangiliklar lentasi
0