https://oz.sputniknews.uz/20261105/tashkent-almaty-astana-aviareys-61763784.html
Toshkentdan Olmaota va Ostonaga parvozlar ko‘paytiriladi
Toshkentdan Olmaota va Ostonaga parvozlar ko‘paytiriladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qozog‘iston Toshkent–Olmaota va Toshkent–Ostona yo‘nalishlarida haftasiga 120 tagacha aviareysga ruxsat berishga kelishdi. Avvalgi limit 84 ta edi. Boshqa yo‘nalishlarda ham parvozlar sonini oshirish imkoniyati yaratildi.
2026-11-05T12:44+0500
2026-11-05T12:44+0500
2026-11-05T13:01+0500
qozog‘iston
o‘zbekiston
aviareys
aviaparvozlar
aviayo‘nalish
markaziy osiyo
jamiyat
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/06/48276485_0:198:3289:2048_1920x0_80_0_0_ae197cc9e8b4ba62c728fdb4e3fc3ac1.jpg
TOShKENT, 5 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston Toshkent–Olmaota hamda Toshkent–Ostona yo‘nalishlarida haftasiga jami 120 tagacha aviareysni amalga oshirishga ruxsat berish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston mamlakat transport vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.Kelishuv Toshkentda Markaziy Osiyo–Xitoy formatida fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikka bag‘ishlangan konferensiya doirasida o‘tkazilgan muzokaralarda erishildi.Avvalgi kelishuvga ko‘ra, 2025-yilda ushbu yo‘nalishlarning har birida 42 tagacha reysga ruxsat berilgan edi. Shuningdek, ikki mamlakatning boshqa shaharlari o‘rtasidagi yo‘nalishlarda ruxsat etilgan reyslar soni haftasiga 14 tadan 20 tagacha ko‘paytirildi.Qozog‘iston Transport vazirligining sentabr oyidagi ma’lumotiga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha amalda haftasiga 70 ta aviareys bajarilgan. Bu 2025-yilning shu davriga nisbatan 40 foiz ko‘p.Qozog‘iston tomonining ta’kidlashicha, yangi kelishuv talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda aviaqatnovlarni kengaytirish, yo‘lovchilar uchun qulayliklarni oshirish va ikki mamlakat o‘rtasida turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260917/ozbekistonliklar-dubai-yonalish-uchish-60498669.html
qozog‘iston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/06/48276485_280:0:3011:2048_1920x0_80_0_0_3bee81636b9ed65f14d216c88b7eab01.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qozog‘iston, o‘zbekiston, aviareys, aviaparvozlar, aviayo‘nalish, markaziy osiyo, jamiyat, toshkent
qozog‘iston, o‘zbekiston, aviareys, aviaparvozlar, aviayo‘nalish, markaziy osiyo, jamiyat, toshkent
Toshkentdan Olmaota va Ostonaga parvozlar ko‘paytiriladi
12:44 05.11.2026 (yangilandi: 13:01 05.11.2026) O‘zbekiston va Qozog‘iston Toshkentdan Olmaota va Ostonaga aviareyslar sonini oshirishga kelishdi. Har bir yo‘nalishda 60 tagacha reysga ruxsat berildi.
TOShKENT, 5 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston Toshkent–Olmaota hamda Toshkent–Ostona yo‘nalishlarida haftasiga jami 120 tagacha aviareysni amalga oshirishga ruxsat berish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston mamlakat transport vazirligi ma’lumotlariga tayanib
xabar berdi.
Kelishuv Toshkentda Markaziy Osiyo–Xitoy formatida fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikka bag‘ishlangan konferensiya doirasida o‘tkazilgan muzokaralarda erishildi.
Unga ko‘ra, ikki mamlakat aviakompaniyalari Olmaota–Toshkent va Ostona–Toshkent yo‘nalishlarining har birida haftasiga 60 tagacha reysni amalga oshirishi mumkin.
Avvalgi kelishuvga ko‘ra, 2025-yilda ushbu yo‘nalishlarning har birida 42 tagacha reysga ruxsat berilgan edi.
Shuningdek, ikki mamlakatning boshqa shaharlari o‘rtasidagi yo‘nalishlarda ruxsat etilgan reyslar soni haftasiga 14 tadan 20 tagacha ko‘paytirildi.
Qozog‘iston Transport vazirligining sentabr oyidagi ma’lumotiga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha amalda haftasiga 70 ta aviareys bajarilgan. Bu 2025-yilning shu davriga nisbatan 40 foiz ko‘p.
Joriy yilda Toshkent bilan Atirau, Uralsk, Kostanay va Aqto‘be, shuningdek, Olmaota bilan Samarqand va Urganch o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilgan.
Qozog‘iston tomonining ta’kidlashicha, yangi kelishuv talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda aviaqatnovlarni kengaytirish, yo‘lovchilar uchun qulayliklarni oshirish va ikki mamlakat o‘rtasida turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi.