O‘zbekistonliklar uchun Dubay orqali 40 tadan ortiq yo‘nalishga uchish imkoni ochiladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishTorjestvennoe otkritie reysa Flydubai
Torjestvennoe otkritie reysa Flydubai  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2026
Obuna bo‘lish
Kelishuv Toshkent orqali xalqaro tranzitni kengaytirib, jumladan, Rossiyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. "Uzbekistan Airways" va Dubayda bazalashgan "Flydubai" strategik interlayn-kelishuv imzoladi. Uning asosiy natijasi — 21-sentabrdan "Uzbekistan Airways" yo‘lovchilari Dubay orqali "Flydubai"ning 40 tadan ortiq yo‘nalishiga chiqish imkoniga ega bo‘ladi. Bu haqda aviakompaniya xabar berdi.
Yangi imkoniyatlar 21-sentabrdan "Uzbekistan Airways" saytida paydo bo‘ladi. Ular orasida Addis-Abeba, Nayrobi, Zanzibar, Amman, Bahrayn, Doha, Piza, Neapol, Maskat, Salala va Male kabi yo‘nalishlar bor.
Interlayn-kelishuvning yo‘lovchi uchun asosiy qulayligi — butun marshrutni yagona chipta bilan rasmiylashtirish va bagajni oxirgi manzilgacha topshirish imkoniyati.
Ya’ni Dubayda boshqa reysga o‘tishda alohida chipta xarid qilish va bagajni qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi.
Hamkorlik ikki tomonlama ishlaydi. "Flydubai" yo‘lovchilari Toshkent orqali Buxoro, Farg‘ona va Urganchga, shuningdek, Rossiyaning Irkutsk va Krasnoyarsk shaharlari hamda Frankfurt, London, Milan, Munxen, Parij va Rimga ucha oladi.
Bu Toshkentning tranzit imkoniyatlarini kengaytirish bilan birga O‘zbekistonga qo‘shimcha sayyohlar jalb etish uchun ham yangi imkoniyat yaratadi.
Rossiya OAVlari ham yangi kelishuvni rossiyalik sayyohlar uchun Toshkent va Dubay orqali sayohat geografiyasini kengaytiruvchi imkoniyat sifatida baholamoqda.

"Flydubai" 2009 yildan buyon faoliyat yuritadi. Hozir aviakompaniyaning 98 ta Boeing 737 samolyoti bor. Uning marshrut tarmog‘i 56 ta mamlakatdagi 125 tadan ortiq yo‘nalishni qamrab oladi.

U shu vaqtgacha Dubay bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov bo‘lmagan 100 tadan ortiq yangi yo‘nalishni ochgan.

KengaytirishYig‘ishtirish
Retro-reys a/k Aeroflot po marshrutu Moskva-Krasnoyarsk-Moskva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2026
O‘zbekistondan Madinaga Checheniston orqali yangi aviareys ochildi
Yangiliklar lentasi
0