Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi rossiyaliklarni Milliy birlik kuni bilan tabrikladi

© Posolstvo Rossii v UzbekistanePozdravlenie Posla Rossii v Uzbekistane A.V.Yerxova po sluchayu Dnya narodnogo yedinstva
Pozdravlenie Posla Rossii v Uzbekistane A.V.Yerxova po sluchayu Dnya narodnogo yedinstva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2025
Obuna bo‘lish
Elchi O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha rossiyaliklarga sihat-salomatlik, farovonlik, tinchlik va ertangi kunga ishonch tiladi.
TOShKENT, 4 noya – Sputnik. 4 noyabr — Rossiyada Milliy birlik kuni nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aleksey Yerxov rossiyaliklarni tabrikladi.
Aleksey Yerxov ushbu bayramning asosini tashkil etuvchi do‘stlik, o‘zaro tushunish va hamkorlik g‘oyalari o‘zbek jamiyatida kuchli aks-sado berishini ta’kidladi.
"Sizlarni Milliy birlik kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman! Ushbu davlat bayrami bizga Rossiya tarixining buyuk sahifalarini, eng qiyin sinovlarni yengib o‘tishda bir necha bor yordam bergan xalqimizning birdamligi, jasorati va hamjihatligini eslatadi", - deydi diplomat.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu bayram zamirida yotgan do‘stlik, o‘zaro anglashuv va hamkorlik g‘oyalari O‘zbekiston jamiyatida o‘zining yorqin aks-sadosini berayotganini mamnuniyat bilan ta’kidlash joiz. Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari strategik sheriklik va yaxshi qo‘shnichilik ruhida rivojlanmoqda, odamlar o‘rtasidagi - madaniyat, ta’lim, fan va biznes sohalaridagi aloqalar tobora mustahkamlanmoqda.
"O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha rossiyaliklarga sihat-salomatlik, farovonlik, tinchlik va ertangi kunga ishonch tilayman! Hamjihatlik, totuvlik va o‘zaro hurmat umumiy muvaffaqiyatlarimizning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilaversin", - deydi so‘zi yakunida Aleksey Yerxov.
Aleksey Yerxov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2025
Yerxov: Rossiya va O‘zbekiston BMT doirasida konstruktiv hamkorlikni davom ettirmoqda
Yangiliklar lentasi
0