https://oz.sputniknews.uz/20261104/russia-galaba-ukraine-61741296.html
Rossiya g‘alaba qozongan joyda Ukraina mag‘lub bo‘ldi — Karayeva
Rossiya g‘alaba qozongan joyda Ukraina mag‘lub bo‘ldi — Karayeva
Sputnik O‘zbekiston
RIA Novosti sharhlovchisi Yelena Karayeva Xalq birdamligi kuni munosabati bilan 1612-yilgi voqealarni bugungi Ukraina bilan qiyosladi. Muallif milliy birlik, mustaqillik va tashqi ta’sir haqida o‘z qarashlarini bayon qildi.
2026-11-04T13:59+0500
2026-11-04T13:59+0500
2026-11-04T13:59+0500
rossiya
tarix
vladimir putin
kolumnistlar
bayram
ukraina
g‘arb
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/04/61733840_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_b84559474f6832531c7edd914ca7cfc7.jpg
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Rossiyada Xalq birdamligi kuni munosabati bilan RIA Novosti kolumnisti Yelena Karayeva 1612-yilgi tarixiy voqealar va bugungi Ukrainadagi vaziyat o‘rtasida qiyos o‘tkazdi. Muallif o‘z maqolasida xalq birligi, mustaqillik va tashqi ta’sirning oqibatlari haqida mulohaza yuritadi.Yelena Karayeva maqolasiKecha Rossiya prezidenti "tashqi kuchlar Rossiya jamiyatini parchalashga urinayotgani" va "ming yildan ortiq tariximiz davomida doimo shunday bo‘lganini" aytdi.Afsuski, bu tashqi kuchlar baribir ba’zi narsalarga erishdilar. Mamlakat taqdirini qing‘ir va ochko‘z kuchlarga topshirib qo‘ygan xalq halokatga mahkumdir. Bugun, Xalq birdamligi kunida, biz bayramni nishonlayotgan va dunyo biz kurashayotgan maxluqning asl basharasini ko‘rgan bir paytda, bu shafqatsiz va billurdek aniqlik bilan namoyon bo‘lmoqda.Shuningdek, bu kunda bir narsani eslatib o‘tish joiz: agar xalqimiz, Qozon Bojiya Materi ikonasi hamda ruhiy va jismoniy jasorat Rossiyani saqlab qolishga yordam bergan qalqonga aylanmaganida, nima bo‘lardi?Va dushmanlarni Kremldan quvib chiqargan o‘sha qilichga.Ko‘chma ma’noda emas, tom ma’noda.Oramizda ham uchrab turgan xoin boyarlar va polyak-litva bosqinchilariga qarshi janglar Moskvaning qoq markazida olib borildi. Yuzlab va minglab kilometr yo‘l bosib kelgan xalq lashkarlari Kitay-gorodda, Zamoskvorechyeda va Qizil maydonda jang qildilar. Bugun ushbu ulug‘vor, qudratli va cheksiz ishonchga to‘la go‘zallik qo‘ynida turib, bularning barchasi bo‘lmasligi mumkinligini hatto tasavvur qilish ham qiyin.Agar Kuzma Minin (asrlar o‘tib yodgorlik muallifi Ivan Martos uning haykalida yozganidek, fuqaro) Rurikovichlar sulolasiga mansub Dmitriy Pojarskiyning (o‘sha yozuvga ko‘ra, knyazning) oldiga kelib, undan xaloskor ko‘ngillilar qo‘shiniga boshchilik qilishni so‘ramaganida edi."Ukraina" loyihasi va uning budjeti bugungi kunda faqat xorijiy boshqaruvchilar va chet el sarmoyalari tufayligina mavjud. Bu to‘rt yuz yildan ortiqroq vaqt oldingi o‘sha davrning aynan nusxasidir.Hammasi ko‘zgudagidek bir xil, chunki o‘tgan asrlar davomida G‘arbning slavanlarga bo‘lgan munosabatida umuman hech narsa o‘zgarmadi.Xalq — asosan oddiy odamlar, pravoslav ruhoniylari va boy savdogarlar — ko‘ngillilar qo‘shini uchun pul berdi. Zodagonlar emas, yo‘q. Mamlakatni ozod qilish, demakki, uni qutqarib qolish haqida gap ketganda, aslzodalar o‘ta xasis edilar. Ular Vatanni himoya qilish bilan shug‘ullanmas, aksincha, Rossiyani foydali narxda pullashni ancha yaxshi uddalardilar. Tabiiyki, G‘arb uchun foydali narxda.Ruhan kuchli va mamlakatni qutqarish kerakligiga cheksiz ishongan xalq keragicha va hatto undan ham ko‘proq pul to‘pladi. Ziyraklik, harbiy mahorat va tajriba bizda yetarli edi, jangovar ishda mehnatsevarlik esa haddan ziyod edi.Biz bugun knyaz Pojarskiyni, fuqaro Mininni, ular bilan birga bo‘lgan barcha navkar va jangchilarni shunchaki yodga olmaymiz — biz ularga yerga egilib ta’zim qilamiz va minnatdorchilik bildiramiz. Najot uchun.Bugun, mamlakatimizning mavjudligi uchun yangi jang ketayotgan bir paytda, jangovar to‘qnashuv chizig‘idagi ishlardan tortib iqtisodiyotni yo‘lga qo‘yishgacha, moliyani tartibga solishdan tortib sanksiyalar oqibatlarini yengib o‘tishgacha bo‘lgan jarayonlarda biz o‘sha ishni davom ettirmoqdamiz. Xuddi o‘sha fidoyilik, o‘sha jasorat va o‘sha matonat bilan.Yashab qolishni, savdo qilishni va jarayonlardan zavq olishni istagan barcha kishilar "Ukraina" loyihasi, Kiyev va uning qiynoqxonalari tomon nazar tashlashlari mumkin. Mustaqillik va suverenitetdan voz kechish nimalarga olib kelishini tushunish uchun.414 yil avval bo‘lgani kabi, bugun, 2026-yil 4-noyabrda ham mamlakat taqdiri jangda hal bo‘lmoqda. Uning kelajagi ham. Bizning va har birimizning taqdirimiz.O‘shanda g‘alaba qozonganmiz, bugun ham g‘alaba qozonamiz.Xalq birdamligi kuni barchaga va har biringizga muborak bo‘lsin!
https://oz.sputniknews.uz/20261104/russia-xalq-birdamlik-kun-61735332.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Yelena Karayeva
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/16/19351330_0:0:100:100_100x100_80_0_0_b26f64e2131fae54a474174e52857591.jpg
Yelena Karayeva
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/16/19351330_0:0:100:100_100x100_80_0_0_b26f64e2131fae54a474174e52857591.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/04/61733840_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_cedc54717f0cdfa66b4afac6e07ce821.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yelena Karayeva
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/16/19351330_0:0:100:100_100x100_80_0_0_b26f64e2131fae54a474174e52857591.jpg
rossiya, tarix, vladimir putin, kolumnistlar, bayram, ukraina, g‘arb
rossiya, tarix, vladimir putin, kolumnistlar, bayram, ukraina, g‘arb
Rossiya g‘alaba qozongan joyda Ukraina mag‘lub bo‘ldi — Karayeva
RIA Novosti kolumnisti Yelena Karayeva 1612-yil voqealarini bugungi Ukraina bilan qiyoslab, xalq birligi va suverenitet haqida yozdi.
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Rossiyada Xalq birdamligi kuni munosabati bilan RIA Novosti kolumnisti Yelena Karayeva 1612-yilgi tarixiy voqealar va bugungi Ukrainadagi vaziyat o‘rtasida qiyos o‘tkazdi. Muallif o‘z maqolasida xalq birligi, mustaqillik va tashqi ta’sirning oqibatlari haqida mulohaza yuritadi.
Kecha Rossiya prezidenti "tashqi kuchlar Rossiya jamiyatini parchalashga urinayotgani" va "ming yildan ortiq tariximiz davomida doimo shunday bo‘lganini" aytdi.
Afsuski, bu tashqi kuchlar baribir ba’zi narsalarga erishdilar.
"Ukraina" loyihasi ukrainaliklarga ular eshitishni xohlagan hamma narsani va’da qilganlarning boshqaruv jilovini qo‘lga olishiga imkon berdi. Bu loyiha esa bir paytlar boy mamlakatning gullab-yashnagan poytaxtidagi qiynoqxona eshiklari ortida yakun topdi.
Mamlakat taqdirini qing‘ir va ochko‘z kuchlarga topshirib qo‘ygan xalq halokatga mahkumdir. Bugun, Xalq birdamligi kunida, biz bayramni nishonlayotgan va dunyo biz kurashayotgan maxluqning asl basharasini ko‘rgan bir paytda, bu shafqatsiz va billurdek aniqlik bilan namoyon bo‘lmoqda.
Shuningdek, bu kunda bir narsani eslatib o‘tish joiz: agar xalqimiz, Qozon Bojiya Materi ikonasi hamda ruhiy va jismoniy jasorat Rossiyani saqlab qolishga yordam bergan qalqonga aylanmaganida, nima bo‘lardi?
Va dushmanlarni Kremldan quvib chiqargan o‘sha qilichga.
Ko‘chma ma’noda emas, tom ma’noda.
Oramizda ham uchrab turgan xoin boyarlar va polyak-litva bosqinchilariga qarshi janglar Moskvaning qoq markazida olib borildi. Yuzlab va minglab kilometr yo‘l bosib kelgan xalq lashkarlari Kitay-gorodda, Zamoskvorechyeda va Qizil maydonda jang qildilar. Bugun ushbu ulug‘vor, qudratli va cheksiz ishonchga to‘la go‘zallik qo‘ynida turib, bularning barchasi bo‘lmasligi mumkinligini hatto tasavvur qilish ham qiyin.
Agar Kuzma Minin (asrlar o‘tib yodgorlik muallifi Ivan Martos uning haykalida yozganidek, fuqaro) Rurikovichlar sulolasiga mansub Dmitriy Pojarskiyning (o‘sha yozuvga ko‘ra, knyazning) oldiga kelib, undan xaloskor ko‘ngillilar qo‘shiniga boshchilik qilishni so‘ramaganida edi.
Birlik, hamjihatlik va jipslasha olish — o‘sha paytda bizda qolgan so‘nggi narsa edi. Xalqda. Lekin davlatda emas. Mamlakat, buyuk tarixiy Rossiya amalda mavjud emasdi. O‘sha G‘alayonlar davrida Rossiya va ruslar ustidan tashqi boshqaruv o‘rnatilgan edi. Xazinani ajnabiy dushmanlar tasarruf etardi.
"Ukraina" loyihasi va uning budjeti bugungi kunda faqat xorijiy boshqaruvchilar va chet el sarmoyalari tufayligina mavjud. Bu to‘rt yuz yildan ortiqroq vaqt oldingi o‘sha davrning aynan nusxasidir.
Hammasi ko‘zgudagidek bir xil, chunki o‘tgan asrlar davomida G‘arbning slavanlarga bo‘lgan munosabatida umuman hech narsa o‘zgarmadi.
Xalq — asosan oddiy odamlar, pravoslav ruhoniylari va boy savdogarlar — ko‘ngillilar qo‘shini uchun pul berdi. Zodagonlar emas, yo‘q. Mamlakatni ozod qilish, demakki, uni qutqarib qolish haqida gap ketganda, aslzodalar o‘ta xasis edilar. Ular Vatanni himoya qilish bilan shug‘ullanmas, aksincha, Rossiyani foydali narxda pullashni ancha yaxshi uddalardilar. Tabiiyki, G‘arb uchun foydali narxda.
Ruhan kuchli va mamlakatni qutqarish kerakligiga cheksiz ishongan xalq keragicha va hatto undan ham ko‘proq pul to‘pladi. Ziyraklik, harbiy mahorat va tajriba bizda yetarli edi, jangovar ishda mehnatsevarlik esa haddan ziyod edi.
Xalq Qizil maydonga chiqdi va buyuk tarixiy Rossiyaning dushmanlarini shunday uloqtirib tashladiki, ularning revanshistik chinqiriqlari 414-yil o‘tib hamon havoda jaranglab, barcha aqlga sig‘adigan detsibellarda titramoqda.
Biz bugun knyaz Pojarskiyni, fuqaro Mininni, ular bilan birga bo‘lgan barcha navkar va jangchilarni shunchaki yodga olmaymiz — biz ularga yerga egilib ta’zim qilamiz va minnatdorchilik bildiramiz. Najot uchun.
Bugun, mamlakatimizning mavjudligi uchun yangi jang ketayotgan bir paytda, jangovar to‘qnashuv chizig‘idagi ishlardan tortib iqtisodiyotni yo‘lga qo‘yishgacha, moliyani tartibga solishdan tortib sanksiyalar oqibatlarini yengib o‘tishgacha bo‘lgan jarayonlarda biz o‘sha ishni davom ettirmoqdamiz. Xuddi o‘sha fidoyilik, o‘sha jasorat va o‘sha matonat bilan.
Yashab qolishni, savdo qilishni va jarayonlardan zavq olishni istagan barcha kishilar "Ukraina" loyihasi, Kiyev va uning qiynoqxonalari tomon nazar tashlashlari mumkin. Mustaqillik va suverenitetdan voz kechish nimalarga olib kelishini tushunish uchun.
414 yil avval bo‘lgani kabi, bugun, 2026-yil 4-noyabrda ham mamlakat taqdiri jangda hal bo‘lmoqda. Uning kelajagi ham. Bizning va har birimizning taqdirimiz.
O‘shanda g‘alaba qozonganmiz, bugun ham g‘alaba qozonamiz.
Xalq birdamligi kuni barchaga va har biringizga muborak bo‘lsin!