Mirziyoyev Buxoroda 30 mlrd dollarlik yangi tashabbuslarni e’lon qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel soveshanie po razvitiyu ekonomiki Buxarskoy oblasti
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po razvitiyu ekonomiki Buxarskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2026
Obuna bo‘lish
Buxoroda 30 mlrd dollarlik tashabbuslar e’lon qilindi. Yangi aeroport, pulli yo‘l, tezurar poyezd va suv tarmoqlari rejalashtirilgan.
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatidagi yig‘ilishda hudud iqtisodiyoti va aholi turmushini yaxshilashga qaratilgan 30 mlrd dollarlik yangi tashabbuslarni ma’lum qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Suv ta’minoti uchun 385 mln dollarlik loyiha amalga oshirilmoqda, uning ikkinchi bosqichiga yana 248 mln dollar jalb qilinadi. Natijada 1,7 mln aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanib, 775 ming kishi kanalizatsiyaga ulanadi. Suv bilan qamrov 80 foizdan 95 foizga yetkaziladi.
Samarqand — Buxoro yo‘nalishida pulli avtomobil yo‘li qurish rejalashtirilgan. U safar vaqtini 5 soatdan 1,5 soatgacha qisqartirishi kutilmoqda.
Shu yo‘nalishda tezurar poyezd uchun yangi temir yo‘l ham ko‘zda tutilgan. Kelasi yil M-37 yo‘lining 69 kilometrini 200 mln dollar evaziga yangilash boshlanadi.
Buxoroda 300 mln dollarlik yangi aeroport qurilmoqda. U bir vaqtda 20 ta samolyot va 1 200 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi. Aeroportni shahar markazi bilan bog‘lash uchun 24 kilometrlik yo‘l quriladi, avtobuslar uchun 5,5 kilometrlik BRT yo‘lagi ham tashkil etiladi. Prezident aeroport va unga olib boruvchi yo‘lni Mustaqillik bayramigacha topshirishni buyurdi.
Bu yil viloyatga 3,5 million xorijlik sayyoh kelishi kutilmoqda. Maqsad — ular sonini 7 millionga yetkazish. Buxoro shahrida 80 million dollarlik turizm markazi tashkil etiladi, 60 million dollarlik kongress-xoll qurilmoqda. Buxoro tumanida esa 500 mln dollarlik turizm klasteri rejalashtirilgan.
Energetikada kelgusi uch yilda 3,1 ming megavattli shamol elektr stansiyalari, 1 ming megavattli energiya saqlash tizimlari va 745 kilometr elektr tarmog‘i qurish belgilangan.
Viloyatda 40 mingga yaqin ishsiz bor, 270 ming nafar aholining daromadi o‘rtacha ko‘rsatkichdan past.
"Bundan buyon “kambag‘al oila qolmadi” degan hisobot o‘tmaydi", — dedi prezident.
Mas’ullarga aholi daromadini oshirish bo‘yicha tumanlar kesimida reja tayyorlash topshirildi.
V Buxare sozdayetsya noviy sentr dlya mejdunarodnix meropriyatiy i turistov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2026
Buxoro xalqaro sammitlarga tayyorlanmoqda: 105 mln dollarlik markaz va yangi mehmonxonalar
Yangiliklar lentasi
0