https://oz.sputniknews.uz/20261103/buxoro-xalqaro-sammitlarga-tayyorlanmoqda-105-mln-dollarlik-markaz-va-yangi-mehmonxonalar-61706793.html
Buxoro xalqaro sammitlarga tayyorlanmoqda: 105 mln dollarlik markaz va yangi mehmonxonalar
Buxoro xalqaro sammitlarga tayyorlanmoqda: 105 mln dollarlik markaz va yangi mehmonxonalar
Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Buxoroda 105 mln dollarlik turizm markazi, 60 mln dollarlik Kongress-xoll va yangi mehmonxonalar qurilishini ko‘zdan kechirdi. Qo‘shmadrasa restavratsiyasi va 2027-yilgi sammitlarga tayyorgarlik muhokama qilindi.
2026-11-03T16:12+0500
2026-11-03T16:12+0500
2026-11-03T16:29+0500
buxoro viloyati
shavkat mirziyoyev
tashrif
turizm
sayyohlar
madaniy boyliklar
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/03/61704888_0:99:1900:1168_1920x0_80_0_0_f2b315206716e1b0e82aa1c3d3bbc3b6.jpg
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahrida qurilayotgan yangi turizm markazi, Kongress-xoll va zamonaviy mehmonxonalardagi ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, Qo‘shmadrasa ansamblini restavratsiya qilish rejasi taqdimot qilindi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.105 million dollarlik turizm markaziBuxoroda 50 gektar maydonda yangi turizm markazi barpo etilmoqda. Loyihaga jami 105 mln dollar investitsiya yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.Markazda qabullar uyi, ko‘rgazmalar zali, muzey, ikkita zamonaviy mehmonxona, 80 ta oilaviy mehmon uyi, 2 ming o‘rinli amfiteatr hamda 70 tadan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasi quriladi. Shuningdek, hunarmandchilik markazlari, sayilgohlar va sun’iy ko‘l tashkil etiladi.Markaz to‘liq ishga tushgach, 2 mingta ish o‘rni yaratilishi, Buxoroga qo‘shimcha 2 million nafardan ortiq sayyoh jalb qilinishi kutilmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mahalliy budjetga yillik tushum 288 mlrd so‘mga yetishi mumkin.Kongress-xoll va ikkita mehmonxonaPrezident Buxoro shahridagi Kongress-xoll majmuasi va ikkita xalqaro brend ostidagi mehmonxona qurilishini ham ko‘zdan kechirdi.Qiymati 60 million dollar bo‘lgan Kongress-xoll loyihasi doirasida 14,5 ming kvadrat metr maydonli bino qurilmoqda. Unda yirik forumlar, xalqaro anjumanlar va oliy darajadagi uchrashuvlarni o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Hozir asosiy betonlashtirish ishlari yakunlangan, fasad, tom va muhandislik tarmoqlarini qurish davom etmoqda.Shu hududda qiymati 37 mln dollarlik "Hilton Garden Inn" va 39,6 mln dollarlik "Holiday Inn" mehmonxonalari ham barpo etilmoqda. Har ikki mehmonxona yetti qavatli va 212 xonali bo‘ladi. "Holiday Inn" yonida ikki qavatli biznes markazi ham qurilmoqda.Qo‘shmadrasa ansambli restavratsiya qilinadiDavlat rahbari Buxorodagi Qo‘shmadrasa ansambliga ham tashrif buyurib, uni restavratsiya qilish rejasi bilan tanishdi.Ansambl XVI asrga oid ikki tarixiy obida — 1588–1590 yillarda barpo etilgan Abdullaxon madrasasi va 1566–1567 yillarda Abdullaxon II tomonidan onasi sharafiga qurdirilgan Modarixon madrasasidan iborat.Ansambl 2023–2024 yillarda 6 mlrd so‘mlik loyiha doirasida qisman restavratsiya qilingan. Hozir unga tashrif buyurayotgan sayyohlar soni 1 mln nafarga yetgani ma’lum qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20260712/bukhara-sayyohlar-shahar-58084064.html
buxoro viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/03/61704888_106:0:1794:1266_1920x0_80_0_0_783750449a2368c015625879a5bb79fa.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
buxoro viloyati, shavkat mirziyoyev, tashrif, turizm, sayyohlar, madaniy boyliklar, jamiyat
buxoro viloyati, shavkat mirziyoyev, tashrif, turizm, sayyohlar, madaniy boyliklar, jamiyat
Buxoro xalqaro sammitlarga tayyorlanmoqda: 105 mln dollarlik markaz va yangi mehmonxonalar
16:12 03.11.2026 (yangilandi: 16:29 03.11.2026) Shavkat Mirziyoyev Qo‘shmadrasani restavratsiya qilish rejasi bilan ham tanishdi.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahrida qurilayotgan yangi turizm markazi, Kongress-xoll va zamonaviy mehmonxonalardagi ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, Qo‘shmadrasa ansamblini restavratsiya qilish rejasi taqdimot qilindi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
105 million dollarlik turizm markazi
Buxoroda 50 gektar maydonda yangi turizm markazi barpo etilmoqda. Loyihaga jami 105 mln dollar investitsiya yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.
Markazda qabullar uyi, ko‘rgazmalar zali, muzey, ikkita zamonaviy mehmonxona, 80 ta oilaviy mehmon uyi, 2 ming o‘rinli amfiteatr hamda 70 tadan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasi quriladi. Shuningdek, hunarmandchilik markazlari, sayilgohlar va sun’iy ko‘l tashkil etiladi.
Hozir majmuaning 10 gektar maydonida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilmoqda. Ishlarga 50 taga yaqin maxsus texnika jalb qilingan.
Markaz to‘liq ishga tushgach, 2 mingta ish o‘rni yaratilishi, Buxoroga qo‘shimcha 2 million nafardan ortiq sayyoh jalb qilinishi kutilmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mahalliy budjetga yillik tushum 288 mlrd so‘mga yetishi mumkin.
Kongress-xoll va ikkita mehmonxona
Prezident Buxoro shahridagi Kongress-xoll majmuasi va ikkita xalqaro brend ostidagi mehmonxona qurilishini ham ko‘zdan kechirdi.
Qiymati 60 million dollar bo‘lgan Kongress-xoll loyihasi doirasida 14,5 ming kvadrat metr maydonli bino qurilmoqda. Unda yirik forumlar, xalqaro anjumanlar va oliy darajadagi uchrashuvlarni o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Hozir asosiy betonlashtirish ishlari yakunlangan, fasad, tom va muhandislik tarmoqlarini qurish davom etmoqda.
Shu hududda qiymati 37 mln dollarlik "Hilton Garden Inn" va 39,6 mln dollarlik "Holiday Inn" mehmonxonalari ham barpo etilmoqda. Har ikki mehmonxona yetti qavatli va 212 xonali bo‘ladi. "Holiday Inn" yonida ikki qavatli biznes markazi ham qurilmoqda.
Qo‘shmadrasa ansambli restavratsiya qilinadi
Davlat rahbari Buxorodagi Qo‘shmadrasa ansambliga ham tashrif buyurib, uni restavratsiya qilish rejasi bilan tanishdi.
Ansambl XVI asrga oid ikki tarixiy obida — 1588–1590 yillarda barpo etilgan Abdullaxon madrasasi va 1566–1567 yillarda Abdullaxon II tomonidan onasi sharafiga qurdirilgan Modarixon madrasasidan iborat.
O‘z davrida Abdullaxon madrasasi Movarounnahrning yirik ilm-fan markazlaridan biri bo‘lgan. Unda diniy fanlar bilan bir qatorda matematika, geometriya, mantiq, falsafa va tibbiyot ham o‘qitilgan.
Ansambl 2023–2024 yillarda 6 mlrd so‘mlik loyiha doirasida qisman restavratsiya qilingan. Hozir unga tashrif buyurayotgan sayyohlar soni 1 mln nafarga yetgani ma’lum qilindi.