Oziq-ovqat xavfsizligi, bank xizmatlari, JSST standartlari —YeIKda nimalar muhokama qilindi
Oziq-ovqat xavfsizligi, bank xizmatlari, JSST standartlari —YeIKda nimalar muhokama qilindi
Sputnik O‘zbekiston
YeIK Kengashi bank va sug‘urta litsenziyalarini o‘zaro tan olish loyihasini ma’qulladi. Shuningdek, 30 guruh tovarni markirovkalash, sovitish uskunalari ishlab chiqarish va dori nazorati masalalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Kengashining yig‘ilishida bank va sug‘urta sohasida standartlashtirilgan litsenziyalarni o‘zaro tan olish bo‘yicha bitim loyihasi ma’qullandi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.Hujjat YeOIIga a’zo davlatlarga imzolash uchun zarur ichki tartib-taomillarni o‘tkazish maqsadida yuborildi. Loyiha qabul qilinsa, bir mamlakatda litsenziya olgan bank yoki sug‘urta tashkiloti boshqa a’zo davlat bozoriga soddalashtirilgan tartibda kirishi mumkin bo‘ladi.Shuningdek, tovarlarni markirovkalash tizimini kengaytirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi. Hozirgacha 30 guruh tovar uchun umumittifoq markirovkasini joriy etish haqida qarorlar qabul qilingan. YeIK tovarlarning qonuniy ishlab chiqarilgani yoki import qilinganini tekshirish mexanizmlarini ham takomillashtiradi.Kengash Rossiya, Belarus va Qozog‘iston korxonalari ishtirokida sanoat sovitish uskunalarini ishlab chiqarish loyihasini ham ma’qulladi. Loyiha YeOII budjeti hisobidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi.Bundan tashqari, dori vositalarini ro‘yxatga olish, nazorat qilish va ularning xavfsizligini kuzatishda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yondashuvlaridan foydalanish belgilandi.
YeIK Kengashi bank va sug‘urta litsenziyalarini o‘zaro tan olish, tovarlar markirovkasini kengaytirish va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga doir qarorlarni ko‘rib chiqdi.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Kengashining yig‘ilishida bank va sug‘urta sohasida standartlashtirilgan litsenziyalarni o‘zaro tan olish bo‘yicha bitim loyihasi ma’qullandi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjat YeOIIga a’zo davlatlarga imzolash uchun zarur ichki tartib-taomillarni o‘tkazish maqsadida yuborildi. Loyiha qabul qilinsa, bir mamlakatda litsenziya olgan bank yoki sug‘urta tashkiloti boshqa a’zo davlat bozoriga soddalashtirilgan tartibda kirishi mumkin bo‘ladi.
Yig‘ilishda YeOII davlatlarining oziq-ovqat xavfsizligi ham muhokama qilindi. Ayrim mahsulotlar bo‘yicha ittifoqning o‘z ishlab chiqarishi hisobidan ta’minlanganlik darajasi 90 foizdan oshishi qayd etildi.
Shuningdek, tovarlarni markirovkalash tizimini kengaytirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi. Hozirgacha 30 guruh tovar uchun umumittifoq markirovkasini joriy etish haqida qarorlar qabul qilingan. YeIK tovarlarning qonuniy ishlab chiqarilgani yoki import qilinganini tekshirish mexanizmlarini ham takomillashtiradi.
Kengash Rossiya, Belarus va Qozog‘iston korxonalari ishtirokida sanoat sovitish uskunalarini ishlab chiqarish loyihasini ham ma’qulladi. Loyiha YeOII budjeti hisobidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi.
Bundan tashqari, dori vositalarini ro‘yxatga olish, nazorat qilish va ularning xavfsizligini kuzatishda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yondashuvlaridan foydalanish belgilandi.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) — 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Unga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zo. O‘zbekiston, Moldova, Kuba va Eron esa YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomiga ega. O‘zbekiston ushbu maqomni 2020-yilda olgan.