https://oz.sputniknews.uz/20261103/uzbekistan-gaz-china-import-61701426.html
O‘zbekistondagi gaz muammolari Xitoy importiga ta’sir qilishi mumkin — XEA
O‘zbekistondagi gaz muammolari Xitoy importiga ta’sir qilishi mumkin — XEA
Sputnik O‘zbekiston
XEA O‘zbekistonda gaz qazib olishdagi muammolar fonida Markaziy Osiyodan Xitoyga gaz yetkazib berish kamayishini prognoz qildi. Rossiyadan importning oshishi bu pasayishni qoplashi kutilmoqda.
2026-11-03T15:33+0500
2026-11-03T15:33+0500
2026-11-03T15:33+0500
gaz
import
eksport
tranzit tashish
gaz quvuri
jamiyat
o‘zbekiston
xitoy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/19/35/193593_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_601f165daa8c4e57555fb37ef4243aaf.jpg
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. 2026–2027 yillar qish mavsumida Markaziy Osiyodan Xitoyga quvurlar orqali yetkazib beriladigan tabiiy gaz hajmi biroz qisqarishi kutilmoqda. Bunga O‘zbekistonda gaz qazib olish va yetkazib berish imkoniyatlari bilan bog‘liq muammolar ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu haqda Xalqaro energetika agentligining (XEA) gaz bozoriga oid yangi hisobotida aytilgan.Agentlik prognozlariga ko‘ra, Xitoyning quvurlar orqali umumiy gaz importi o‘tgan qish mavsumidagi darajada saqlanadi. Markaziy Osiyodan yetkazib berishning qisqarishi esa Rossiyadan gaz importining ko‘payishi hisobiga qoplanadi.XEA ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16 foizga yoki 5 mlrd kubometrdan ko‘proqqa kamaygan. Agentlik buni mamlakatda gaz qazib chiqarish imkoniyatlarining yomonlashuvi bilan izohlagan.2027 yil yanvar oyida Rossiyadan Xitoyga yangi Uzoq Sharq gaz quvuri ishga tushirilishi kutilmoqda. Uning yillik o‘tkazish quvvati 10 mlrd kubometrni tashkil etadi. Biroq gaz yetkazib berish hajmi bosqichma-bosqich oshiriladi.Shuningdek, agentlik Rossiya Markaziy Osiyoga ham gaz eksportini ko‘paytirayotganini ta’kidlagan. "Gazprom" ma’lumotlariga ko‘ra, sentabr oyi boshida mintaqa mamlakatlariga yetkazib berish hajmi 2025-yilga nisbatan 70 foizga oshgan.
https://oz.sputniknews.uz/20261006/ozbekiston-magistral-gaz-60985574.html
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/19/35/193593_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_e0c7b63c2dc45a6c817e3fcd73e05957.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
gaz, import, eksport, tranzit tashish, gaz quvuri, jamiyat, o‘zbekiston, xitoy
gaz, import, eksport, tranzit tashish, gaz quvuri, jamiyat, o‘zbekiston, xitoy
O‘zbekistondagi gaz muammolari Xitoy importiga ta’sir qilishi mumkin — XEA
Xalqaro energetika agentligi O‘zbekistonda gaz qazib olish imkoniyatlari bilan bog‘liq muammolar tufayli Markaziy Osiyodan Xitoyga gaz yetkazib berish kamayishini prognoz qildi.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. 2026–2027 yillar qish mavsumida Markaziy Osiyodan Xitoyga quvurlar orqali yetkazib beriladigan tabiiy gaz hajmi biroz qisqarishi kutilmoqda. Bunga O‘zbekistonda gaz qazib olish va yetkazib berish imkoniyatlari bilan bog‘liq muammolar ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu haqda Xalqaro energetika agentligining (XEA) gaz bozoriga oid yangi hisobotida
aytilgan.
Agentlik prognozlariga ko‘ra, Xitoyning quvurlar orqali umumiy gaz importi o‘tgan qish mavsumidagi darajada saqlanadi. Markaziy Osiyodan yetkazib berishning qisqarishi esa Rossiyadan gaz importining ko‘payishi hisobiga qoplanadi.
XEA ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16 foizga yoki 5 mlrd kubometrdan ko‘proqqa kamaygan. Agentlik buni mamlakatda gaz qazib chiqarish imkoniyatlarining yomonlashuvi bilan izohlagan.
Shu bilan birga, XEA 2026-yilda Xitoyga Markaziy Osiyodan gaz yetkazib berish kutilganidan past bo‘lganini, Rossiyaning "Sibir kuchi" quvuri orqali eksporti esa o‘tgan yilga nisbatan biroz oshganini qayd etdi.
2027 yil yanvar oyida Rossiyadan Xitoyga yangi Uzoq Sharq gaz quvuri ishga tushirilishi kutilmoqda. Uning yillik o‘tkazish quvvati 10 mlrd kubometrni tashkil etadi. Biroq gaz yetkazib berish hajmi bosqichma-bosqich oshiriladi.
Shuningdek, agentlik Rossiya Markaziy Osiyoga ham gaz eksportini ko‘paytirayotganini ta’kidlagan. "Gazprom" ma’lumotlariga ko‘ra, sentabr oyi boshida mintaqa mamlakatlariga yetkazib berish hajmi 2025-yilga nisbatan 70 foizga oshgan.