O‘zbekistonda o‘tkazuvchanlik quvvatini oshirish uchun yangi magistral gaz quvurlari quriladi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishGazoprovod visokogo davleniya ot Yelabugi do Nijnekamska
Gazoprovod visokogo davleniya ot Yelabugi do Nijnekamska - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2026
Obuna bo‘lish
Yil boshidan beshta yangi gaz konlari ochildi.
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘ida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Taqdimot doirasida gaz transport tizimining o‘tkazuvchanlik quvvatini oshirishga doir loyihalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Unda yangi magistral gaz quvurlarini qurish, kompressor stansiyalarini modernizatsiya qilish kabi tadbirlar qamrab olinadi.
Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi, shuningdek, ayrim stansiyalarda zamonaviy elektr dvigatellarini ishga tushirish, gaz yetkazib berish barqarorligini oshirish hamda yiliga 125 million kub metr gaz tejash imkonini beradi. Shu munosabat bilan ularni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi.
Ma’lum qilinishicha, gaz zaxiralarini ko‘paytirish maqsadida geologiya-qidiruv ishlari kengaytirilmoqda. Jumladan, joriy yilda 3D seysmik razvedka ishlarining hajmi o‘tgan yilga nisbatan 5 baravarga oshirish rejalashtirilmoqda.
Yil boshidan beshta yangi gaz konlari ochildi, hududlarda 6000 metrgacha va undan ortiq chuqurliklarga 80 ta quduq burg‘ilangan bo‘lsa, to‘rtinchi chorakda ushbu quduqlardan yana 40 tasini burg‘ilash reja qilingan.
Istiqbolli maydonlarni, ayniqsa Usturtning katta chuqurlikdagi qatlamlarni o‘rganish, yangi konlarni o‘zlashtirish hamda mavjud quduqlar samaradorligini oshirish bo‘yicha rejalar taqdimot qilindi.
Mirziyoyev geologiya-qidiruv va burg‘ilash ishlari natijadorligini oshirish, yirik loyihalarni puxta hisob-kitob va aniq moliyalashtirish manbalari asosida olib borish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey po reformirovaniyu sistemi obespecheniya sjijennim gazom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2026
Suyultirilgan gaz uchun yangi narx mexanizmi joriy etiladi
Yangiliklar lentasi
0