Eron 26 ta harbiy obyektga zarar yetkazdi: AQSh texnikasini ko‘chirgan — OAV

© AP PhotoPo dannim AP, v rezultate udarov Irana postradali 26 obyektov SShA.
Po dannim AP, v rezultate udarov Irana postradali 26 obyektov SShA. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2026
Obuna bo‘lish
Eron zarbalari AQShning Yaqin Sharqdagi 26 ta harbiy obyektiga zarar yetkazdi. Vashington samolyotlar va boshqa texnikani Fors ko‘rfazidan ko‘chirgan.
TOShKENT, 1 NOYa — Sputnik. Eron va unga yaqin kuchlarning raketa hamda dron zarbalari natijasida AQShning Yaqin Sharqdagi 26 ta harbiy obyektida binolar va texnikalar shikastlangan yoki vayron bo‘lgan. Bu haqda Associated Press (AP) agentligi sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va mintaqadagi harbiy manbalar ma’lumotlari asosida o‘tkazilgan tahlilda xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, avgust oyigacha AQSh harbiy obyektlariga 115 tadan ortiq zarba berilgan. Ular natijasida yuzlab inshootlar zarar ko‘rgan, harbiy texnikalarga yetkazilgan ziyon esa milliardlab dollarga baholanmoqda.
Eron dastlab AQShning raketalar va dronlarni oldindan aniqlashga mo‘ljallangan radarlari hamda havo mudofaasi tizimlarini nishonga olgan. Keyinchalik samolyotlar, angarlar, aloqa vositalari, yoqilg‘i omborlari va harbiy xizmatchilar yashaydigan binolarga zarbalar berilgan.
Eng ko‘p zarar Kuvaytdagi Amerika obyektlariga yetkazilgan. Xususan, Ali as-Salim aviabazasiga kamida 30-marta zarba berilgan. Natijada kamida 15 ta samolyot angari, omborlar va boshqa binolar shikastlangan yoki vayron bo‘lgan.
Iordaniyada esa AQSh armiyasi ixtiyoridagi eng qimmat radarlardan biri nishonga olingan. Bunday radarning narxi taxminan 500 million dollarni tashkil etadi.
Zarbalardan so‘ng AQSh Fors ko‘rfazidagi ko‘plab harbiy vositalarini boshqa joylarga ko‘chirgan. Ular orasida samolyotlar, havo mudofaasi tizimlari, aloqa uskunalari va bazalar faoliyati uchun zarur boshqa qimmatbaho texnikalar bor. Bu haqda AP bilan suhbatlashgan mintaqadagi ikki rasmiy manba ma’lum qilgan.
AQSh hukumati sputnik tasvirlarining tarqatilishini ham cheklashga uringan. Vashington so‘rovidan so‘ng yirik tijoriy kompaniyalar Yaqin Sharqdagi harbiy obyektlarning yangi sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini e’lon qilishni kechiktirgan yoki ularga kirishni cheklagan.
Jumladan, Planet Labs kompaniyasi aprel oyida AQSh hukumati so‘roviga muvofiq mintaqaning yangi tasvirlarini tarqatishni noma’lum muddatga cheklaganini bildirgan.
Bu cheklovlar jurnalistlar va mustaqil tahlilchilarning Amerika bazalariga yetkazilgan zararni baholashini qiyinlashtirgan. Vashington bu choralarni xavfsizlik zarurati bilan izohlagan.
Pentagon esa AQSh kuchlari va harbiy bazalari yaxshi himoyalanganini ta’kidlamoqda. Harbiy idora vakillari zarar miqdori haqida batafsil ma’lumot bermagan.
Ayni paytda AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga yangi zarbalar berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Tehron esa bunday harakatlarga keskin javob qaytarishini ogohlantirgan. AP ta’kidlashicha, harbiy harakatlar qayta kuchaysa, Amerika bazalariga yetkaziladigan zarar yanada ortishi mumkin.
RAND tahlil markazi eksperti Rafael Koenning fikricha, bu voqealar AQSh uchun jiddiy ogohlantirish bo‘lishi kerak. Zamonaviy arzon dronlar hatto yirik harbiy obyektlarni ham katta xavf ostiga qo‘ymoqda.
Ekspert AQShning uzoq yillar davomida doimiy harbiy bazalar va ularning infratuzilmasi xavfsizligiga tayanib kelgan davri tugaganini ta’kidladi.
Obrazsi boyevix raket na fone portreta visshego rukovoditelya Irana ayatolli Ali Xamenei, vistavlennie na ploshadi Baxarestan v Tegerane. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2026
AQSh yangi tajovuz boshlasa, harbiy harakatlar geografiyasi kengayadi — Eron
Yangiliklar lentasi
0