https://oz.sputniknews.uz/20261103/tashkent-yashil-tolqin-61696271.html
Toshkentning yana bir ko‘chasida "Yashil to‘lqin" — haydovchilar 40 foiz vaqt tejaydi
Toshkentning yana bir ko‘chasida "Yashil to‘lqin" — haydovchilar 40 foiz vaqt tejaydi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi Ko‘kcha darvoza ko‘chasining 7 kilometrida "Yashil to‘lqin" tizimi ishga tushirildi. 16 ta svetofor muvofiqlashtirilib, harakat vaqti 40 foizga qisqardi. Haydovchilar o‘rtacha 8 daqiqa tejamoqda.
2026-11-03T11:59+0500
2026-11-03T11:59+0500
2026-11-03T12:18+0500
yo‘l
avtomobil yo‘li
toshkent
jamiyat
haydovchilar
transport
avtomobil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/19/37171965_0:160:3071:1887_1920x0_80_0_0_9fdbfa3abad84d289fc7d46e7b660f88.jpg
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Toshkent shahridagi Ko‘kcha darvoza ko‘chasining 7 kilometrlik qismida "Yashil to‘lqin" tizimi ishga tushirildi. Bu haqda shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ma’lum qildi.Yangi tizim doirasida 16 ta svetoforning ishi o‘zaro muvofiqlashtirildi.Natijada yo‘lga ketadigan vaqt o‘rtacha 40 foizga qisqardi. Haydovchilar har bir qatnovda o‘rtacha 8 daqiqa vaqt tejaydi.Svetoforlar transport oqimining asosiy yo‘nalishiga qarab ikki xil rejimda ishlaydi:Markazning ta’kidlashicha, vaqt tejalishiga oid ko‘rsatkichlar transport oqimi tig‘iz bo‘lmagan paytda o‘tkazilgan o‘lchovlar asosida olingan. Tig‘iz soatlarda natijalar yo‘ldagi vaziyatga qarab farq qilishi mumkin.Tizim ortiqcha to‘xtashlar, keskin tormozlash va qayta tezlashishlarni kamaytirish orqali yoqilg‘i sarfi hamda havoga zararli chiqindilar chiqarilishini kamaytirishga ham xizmat qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260920/tashkent-yashil-tolqin-60581729.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/19/37171965_171:0:2900:2047_1920x0_80_0_0_ad89a41f772a392c0f92bccee435be54.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yo‘l, avtomobil yo‘li , toshkent, jamiyat, haydovchilar, transport, avtomobil
yo‘l, avtomobil yo‘li , toshkent, jamiyat, haydovchilar, transport, avtomobil
Toshkentning yana bir ko‘chasida "Yashil to‘lqin" — haydovchilar 40 foiz vaqt tejaydi
11:59 03.11.2026 (yangilandi: 12:18 03.11.2026) Toshkentdagi Ko‘kcha darvoza ko‘chasining 7 kilometrida 16 ta svetofor o‘zaro muvofiqlashtirildi. Natijada har bir qatnovda o‘rtacha 8 daqiqa tejalmoqda.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Toshkent shahridagi Ko‘kcha darvoza ko‘chasining 7 kilometrlik qismida "Yashil to‘lqin" tizimi ishga tushirildi. Bu haqda shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi
ma’lum qildi.
Yangi tizim doirasida 16 ta svetoforning ishi o‘zaro muvofiqlashtirildi.Natijada yo‘lga ketadigan vaqt o‘rtacha 40 foizga qisqardi. Haydovchilar har bir qatnovda o‘rtacha 8 daqiqa vaqt tejaydi.
Svetoforlar transport oqimining asosiy yo‘nalishiga qarab ikki xil rejimda ishlaydi:
07:00–17:00 — shahar markazi tomon;
17:00–24:00 — shahar markazidan chiqish yo‘nalishida.
"Yashil to‘lqin" tizimi svetoforlarning o‘zaro muvofiqlashtirilgan holda ishlashini nazarda tutadi. Haydovchi ruxsat etilgan tezlikda harakatlansa, keyingi chorrahalarda imkon qadar yashil chiroqqa to‘g‘ri keladi.
Markazning ta’kidlashicha, vaqt tejalishiga oid ko‘rsatkichlar transport oqimi tig‘iz bo‘lmagan paytda o‘tkazilgan o‘lchovlar asosida olingan. Tig‘iz soatlarda natijalar yo‘ldagi vaziyatga qarab farq qilishi mumkin.
Tizim ortiqcha to‘xtashlar, keskin tormozlash va qayta tezlashishlarni kamaytirish orqali yoqilg‘i sarfi hamda havoga zararli chiqindilar chiqarilishini kamaytirishga ham xizmat qiladi.