5 kilometr — ortiqcha to‘xtashlarsiz: Toshkentda yangi "Yashil to‘lqin" ishga tushdi

© Sputnik / Baxrom XatamovProdaji avtomobiley v Uzbekistane
Prodaji avtomobiley v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2026
Obuna bo‘lish
Kichik halqa yo‘lining 5 kilometrlik qismida 12 ta svetofor sinxronlashtirildi — yo‘lga ketadigan vaqt qariyb ikki daqiqaga qisqardi
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Toshkentda Kichik halqa avtomobil yo‘lining yana 5 kilometrlik qismida "Yashil to‘lqin" tizimi joriy etildi, deb xabar berdi Yo‘l harakatini tashkil etish markazi.
Tizim O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti oldidagi piyodalar o‘tish joyidan Shayx Zayniddin ko‘chasi bilan kesishmadagi "Visol" to‘yxonasi qarshisigacha bo‘lgan yo‘lni qamrab oldi.
Ushbu masofadagi 12 ta svetofor o‘zaro sinxronlashtirildi. Transport oqimi erkin bo‘lganda va 50–60 km/soat tavsiya etilgan tezlikda harakatlanganda haydovchi keyingi svetoforlarga yashil chiroq vaqtida yetib borishi va ortiqcha to‘xtamasdan harakatlanishi mumkin.
Sinov natijalariga ko‘ra, ilgari 5 kilometrlik masofani bosib o‘tishga 11 daqiqa 30 soniya ketgan. Svetoforlar sinxronlashtirilgandan keyin bu vaqt 9 daqiqa 40 soniyaga tushdi.
Shu tariqa, bir marta o‘tishda 1 daqiqa 50 soniya tejalmoqda. Bu taxminan uchta 35–40 soniyalik qizil chiroq fazasida kutish vaqtiga teng.
"Yashil to‘lqin" haydovchining tezligini oshirish emas, balki svetoforlardagi ortiqcha to‘xtash va qayta tezlanishlarni kamaytirib, transport oqimini bir maromda ushlashga qaratilgan.
Markaz ma’lumotiga ko‘ra, tizimni Toshkentning boshqa serqatnov yo‘llarida ham bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s rezultatami rekonstruksii ulisi Shota Rustaveli v gorode Tashkente  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2026
Toshkentda yana bir “yashil to‘lqin”: yo‘lga ketadigan vaqt 30 foizga qisqardi
Yangiliklar lentasi
0