https://oz.sputniknews.uz/20261103/russia-ukraine-usa-muzokara-61690626.html
Rossiya, Ukraina va AQSh Abu-Dabida muzokaralar o‘tkazadi — sana va asosiy mavzular
Rossiya, Ukraina va AQSh Abu-Dabida muzokaralar o‘tkazadi — sana va asosiy mavzular
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya, Ukraina va AQSh delegatsiyalari 10–11 noyabr kunlari Abu-Dabida muzokara o‘tkazadi. Stiv Uitkoff uchrashuv kun tartibi, xavfsizlik kafolatlari va Yevropa bilan muzokaralar haqida ma’lum qildi.
2026-11-03T09:58+0500
2026-11-03T09:58+0500
2026-11-03T11:21+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
stiv uitkoff
dunyo yangiliklari
dunyoda
muzokaralar
rossiya
aqsh
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/04/60206222_0:38:3072:1766_1920x0_80_0_0_8418a778229d0b07b81e1a39673ea312.jpg
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Rossiya, Ukraina va AQSh o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar 10–11 noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida ishchi darajadagi muzokaralarda vositachilik qiladi.Shuningdek, joriy haftada AQSh muzokarachilari Brusselda Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi va NATO vakillari bilan uchrashadi.Unda Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari, Yevropaning urushdan keyingi xavfsizlik tizimi va Ukrainani qayta tiklashni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari muhokama qilinadi.Uitkoff Kiyev, Oslo va Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan avvalgi uchrashuvlarda erishilgan natijalar asosida uzoq muddatli tinchlik kelishuviga erishishga umid bildirdi.Yuqori martabali amerikalik amaldorga tayanib, "Reuters" agentligining xabar berishicha, Abu-Dabidagi muzokaralarda AQSh nomidan Stiv Uitkoff va Jared Kushner ishtirok etishi kutilmoqda.O‘z navbatida, Vladimir Zelenskiy noyabr oyining birinchi yarmida uch tomonlama muzokara o‘tkazish bo‘yicha kelishuv mavjudligini ma’lum qilgan edi.Eslatib o‘tamiz, Rossiya, Ukraina va AQSh delegatsiyalarining avvalgi uch tomonlama muzokaralari 17–18 fevral kunlari Jenevada bo‘lib o‘tgan, biroq tomonlar asosiy kelishmovchiliklarni bartaraf eta olmagan.
https://oz.sputniknews.uz/20261029/russia-usa-ukraine-muzokaralar-61584006.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/04/60206222_232:0:2963:2048_1920x0_80_0_0_fb284cde95e33b67f652dea94e84f38b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
stiv uitkoff, dunyo yangiliklari, dunyoda, muzokaralar, rossiya, aqsh, ukraina
stiv uitkoff, dunyo yangiliklari, dunyoda, muzokaralar, rossiya, aqsh, ukraina
Rossiya, Ukraina va AQSh Abu-Dabida muzokaralar o‘tkazadi — sana va asosiy mavzular
09:58 03.11.2026 (yangilandi: 11:21 03.11.2026) Rossiya va Ukraina delegatsiyalari 10–11 noyabr kunlari Abu-Dabida AQSh vositachiligida muzokara o‘tkazadi. Uchrashuvda xavfsizlik va tinchlik masalalari muhokama qilinadi.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Rossiya, Ukraina va AQSh o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar 10–11 noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff X ijtimoiy tarmog‘ida
ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida ishchi darajadagi muzokaralarda vositachilik qiladi.
Muzokaralarning asosiy mavzulari urushdan keyingi xavfsizlik kafolatlari, keskinlikni pasaytirish, gumanitar masalalar va tinchlikka erishish yo‘lidagi keyingi qadamlardan iborat bo‘ladi.
Shuningdek, joriy haftada AQSh muzokarachilari Brusselda Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi va NATO vakillari bilan uchrashadi.
Unda Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari, Yevropaning urushdan keyingi xavfsizlik tizimi va Ukrainani qayta tiklashni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari muhokama qilinadi.
Uitkoff Kiyev, Oslo va Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan avvalgi uchrashuvlarda erishilgan natijalar asosida uzoq muddatli tinchlik kelishuviga erishishga umid bildirdi.
Yuqori martabali amerikalik amaldorga tayanib, "Reuters" agentligining xabar berishicha, Abu-Dabidagi muzokaralarda AQSh nomidan Stiv Uitkoff va Jared Kushner ishtirok etishi kutilmoqda.
Avvalroq Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Moskva 4-noyabrdan keyin uch tomonlama muzokaralarni davom ettirishga tayyorligini bildirgan edi.
O‘z navbatida, Vladimir Zelenskiy noyabr oyining birinchi yarmida uch tomonlama muzokara o‘tkazish bo‘yicha kelishuv mavjudligini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya, Ukraina va AQSh delegatsiyalarining avvalgi uch tomonlama muzokaralari 17–18 fevral kunlari Jenevada bo‘lib o‘tgan, biroq tomonlar asosiy kelishmovchiliklarni bartaraf eta olmagan.