Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya–AQSh–Ukraina muzokaralari: Ushakov sana va Yevropa ishtiroki haqida gapirdi

© Sputnik / Kristina Kormilisina / Mediabankka o‘tishPomoshnik prezidenta RF Yuriy Ushakov
Pomoshnik prezidenta RF Yuriy Ushakov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar 4-noyabrdan keyin o‘tkazilishi mumkin. Aniq sana hali kelishilmagan.
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar 4-noyabrdan keyin o‘tkazilishi kutilmoqda. Biroq uchrashuvning aniq sanasi hali kelishilmagan. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov jurnalistlarga ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
“Sana ham tez orada aniqlanadi. Biroq u 4-noyabrdan keyin bo‘lishi aniq”, — dedi Ushakov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, navbatdagi muzokaralar muddati jang maydonidagi vaziyat va umumiy sharoitga ham bog‘liq bo‘ladi. Moskva hozircha uchrashuv sanasi bo‘yicha o‘z taklifini bildirmagan.
Shuningdek, Rossiya delegatsiyasining to‘liq tarkibi hali tasdiqlanmagan. Ushakovning ta’kidlashicha, delegatsiyaning asosiy o‘zagi shakllangan, qolgan a’zolar yaqin vaqt ichida aniqlanadi.
O‘z navbatida, Vladimir Zelenskiy Niderlandiya bosh vaziri Rob Yetten bilan Gaagada o‘tkazilgan matbuot anjumanida uchrashuv 6–10 noyabr kunlari Abu-Dabida bo‘lib o‘tishiga umid bildirdi.
“Har qanday holatda ham Abu-Dabida texnik darajada uch tomonlama uchrashuv o‘tkazishimiz kerak. Umid qilamanki, u 6–10 noyabr oralig‘ida bo‘ladi”, — dedi Zelenskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Vashingtondan javob kutmoqda. Uchrashuvning aniq sanasi 4-noyabrdan keyin ma’lum bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab muzokaralar joyi o‘zgarishi ehtimoli ham istisno etilmayapti.
Ushakovning ma’lum qilishicha, hozircha muzokaralarda Yevropa vakillari qatnashish imkoniyat ko‘rib chiqilmayapti. Tomonlar faqat Rossiya, AQSh va Ukraina vakillari ishtirokida uch tomonlama maslahatlashuvlarni qayta tiklashga kelishgan.
U, xususan, Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb va Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Storeni Yevropa nomidan muzokarachilar sifatida jalb qilish masalasi ham muhokama qilinmayotganini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 21-oktabrda Vladimir Putinning AQSh prezidenti maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan uchrashuvida uch tomonlama muzokaralarni qayta boshlash masalasi muhokama qilingan edi.
Putin obsudil s Stubbom i Store usloviya mira na Ukraine - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Putin Finlyandiya va Norvegiya rahbarlari bilan Ukrainada tinchlik shartlarini muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0