https://oz.sputniknews.uz/20261103/otm-bitiruvchi-ish-baho-61691617.html
OTMlar bitiruvchilarning ishga joylashishi va daromadiga qarab baholanadi
OTMlar bitiruvchilarning ishga joylashishi va daromadiga qarab baholanadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda OTMlar bitiruvchilarining ishga joylashishi, barqaror bandligi va daromadiga qarab baholanadi. Eng yaxshi natija qayd etgan 20 ta OTM karyera markaziga 500 mln so‘mdan ajratiladi.
2026-11-03T10:39+0500
2026-11-03T10:39+0500
2026-11-03T11:24+0500
otm
ta’lim
oliy ta’lim muassasalari
ish
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/03/61691886_0:0:1536:864_1920x0_80_0_0_caf05ff05f3e16ae16612fa103340349.png
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. O‘zbekistonda oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishi, bandlik barqarorligi va daromadiga qarab baholanadi. Bu Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan tasdiqlangan va 2-noyabrdan kuchga kirgan "Bitiruvchi sifati indeksi"ni hisoblash metodikasida nazarda tutilgan.Yangi tizimga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining mehnat bozoridagi natijalari quyidagi to‘rtta ko‘rsatkich asosida baholanadi:Baholash natijalariga ko‘ra, OTMlar uch guruhga ajratiladi: eng yuqori natija qayd etgan 30 foizi "yashil", keyingi 30 foizi "sariq", qolgan 40 foizi esa "qizil" guruhga kiritiladi.Reyting har yili 1-oktabrga qadar jamoatchilikka e’lon qilinadi. Eng yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan 20 ta OTMning karyera markazlariga davlat budjetidan 500 mln so‘mdan ajratiladi.Ushbu mablag‘lar karyera markazlari xodimlarini rag‘batlantirish, bitiruvchilar bandligini monitoring qilish, ish beruvchilar bilan hamkorlikni kengaytirish hamda amaliyot dasturlarini tashkil etishga yo‘naltiriladi.Baholashda oliy ta’lim tashkilotlari yo‘nalishlar bo‘yicha alohida toifalarga ajratiladi. Hisobot yilida 200 nafardan kam bitiruvchisi bo‘lgan OTMlarga rag‘batlantirish qo‘llanilmaydi. Ijod va sport yo‘nalishidagi OTMlar bundan mustasno.Avval ham O‘zbekistonda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish uchun uch tomonlama shartnomalar tuzish amaliyoti mavjud edi. Biroq Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-martdagi qarorida ayrim bitiruvchilarning ishga joylashgani haqidagi hisobotlar amalda o‘z tasdig‘ini topmagani, ularga mehnat daftarchalari ochilmagani qayd etilgan.Ko‘rsatkichlar sun’iy oshirish yoki ma’lumotlarni soxtalashtirish holatlari aniqlansa, OTM joriy yilgi reytingdan chiqariladi.Eslatib o‘tamiz, "Bitiruvchi sifati indeksi" Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi qarori bilan 1-oktabrdan joriy etilgan. Indeksni hisoblash metodikasi esa 2-noyabrdan kuchga kirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260916/tibbiyot-talim-yangilanish-60473776.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/03/61691886_104:0:1469:1024_1920x0_80_0_0_a44e7957e6ab6038a07e21bf5188844a.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
otm, ta’lim, oliy ta’lim muassasalari, ish, jamiyat, o‘zbekiston
otm, ta’lim, oliy ta’lim muassasalari, ish, jamiyat, o‘zbekiston
OTMlar bitiruvchilarning ishga joylashishi va daromadiga qarab baholanadi
10:39 03.11.2026 (yangilandi: 11:24 03.11.2026) O‘zbekistonda oliy ta’lim tashkilotlarini baholashning yangi tizimi joriy etildi. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan 20 ta OTMning karyera markaziga 500 mln so‘mdan ajratiladi.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. O‘zbekistonda oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishi, bandlik barqarorligi va daromadiga qarab baholanadi. Bu Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan tasdiqlangan va 2-noyabrdan kuchga kirgan "Bitiruvchi sifati indeksi"ni hisoblash metodikasida
nazarda tutilgan.
Yangi tizimga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining mehnat bozoridagi natijalari quyidagi to‘rtta ko‘rsatkich asosida baholanadi:
bitiruvchilarning qanchalik tez ishga joylashishi;
barqaror ish bilan ta’minlanganlik darajasi;
Indeks davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun qo‘llaniladi. Oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari bundan mustasno.
Baholash natijalariga ko‘ra, OTMlar uch guruhga ajratiladi: eng yuqori natija qayd etgan 30 foizi "yashil", keyingi 30 foizi "sariq", qolgan 40 foizi esa "qizil" guruhga kiritiladi.
Reyting har yili 1-oktabrga qadar jamoatchilikka e’lon qilinadi. Eng yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan 20 ta OTMning karyera markazlariga davlat budjetidan 500 mln so‘mdan ajratiladi.
Ushbu mablag‘lar karyera markazlari xodimlarini rag‘batlantirish, bitiruvchilar bandligini monitoring qilish, ish beruvchilar bilan hamkorlikni kengaytirish hamda amaliyot dasturlarini tashkil etishga yo‘naltiriladi.
Baholashda oliy ta’lim tashkilotlari yo‘nalishlar bo‘yicha alohida toifalarga ajratiladi. Hisobot yilida 200 nafardan kam bitiruvchisi bo‘lgan OTMlarga rag‘batlantirish qo‘llanilmaydi. Ijod va sport yo‘nalishidagi OTMlar bundan mustasno.
Avval ham O‘zbekistonda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish uchun uch tomonlama shartnomalar tuzish amaliyoti mavjud edi. Biroq Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-martdagi qarorida ayrim bitiruvchilarning ishga joylashgani haqidagi hisobotlar amalda o‘z tasdig‘ini topmagani, ularga mehnat daftarchalari ochilmagani qayd etilgan.
Yangi tizimda esa OTM bitiruvchilarining haqiqiy bandligi, ish staji va daromadlari Soliq qo‘mitasi, "Yagona milliy mehnat tizimi" hamda boshqa davlat axborot tizimlaridagi ma’lumotlar asosida baholanadi.
Ko‘rsatkichlar sun’iy oshirish yoki ma’lumotlarni soxtalashtirish holatlari aniqlansa, OTM joriy yilgi reytingdan chiqariladi.
Eslatib o‘tamiz, "Bitiruvchi sifati indeksi" Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi qarori bilan 1-oktabrdan joriy etilgan. Indeksni hisoblash metodikasi esa 2-noyabrdan kuchga kirdi.