Kelasi yildan tibbiyot ta’limi yangilanadi: bitiruvchilar bir yil amaliyot o‘taydi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishVozobnovlenie ochnogo obucheniya v Dalnevostochnom federalnom universitete
Vozobnovlenie ochnogo obucheniya v Dalnevostochnom federalnom universitete - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2026
Obuna bo‘lish
2027/2028 o‘quv yilidan tibbiyot OTMlarida “5+1” modeli joriy etilib, bitiruvchilar oilaviy shifokor bo‘lib ishlashi mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekistonda 2027/2028 o‘quv yilidan tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlashning yangi modeli joriy etiladi. Bu prezident tomonidan imzolangan yangi farmonda belgilangan.
Hujjatga ko‘ra, “Davolash ishi” yo‘nalishi negizida 6-yillik “Umumiy tibbiyot” bakalavriati tashkil etiladi. Ta’lim “5+1” shaklida bo‘lib, talabalar besh yillik o‘qishdan keyin bitiruvchi kursda bir yil davomida to‘liq amaliyot o‘taydi.
Dasturni tamomlaganlar “umumiy amaliyot shifokori” kvalifikatsiyasiga ega bo‘ladi va belgilangan tartibda oilaviy shifokor lavozimida ishlashi mumkin.
Tibbiyotning boshqa bakalavriat yo‘nalishlarida ham bitiruvchi kurs talabalari uchun to‘liq o‘quv yili davomida amaliyot joriy etiladi.
Hozir “Davolash ishi” yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning o‘quv jarayoni esa yangi talablarga moslashtirilgan o‘quv reja va dasturlar asosida davom ettiriladi.
Shuningdek, 2027/2028 o‘quv yilidan tibbiyot ta’limi bo‘yicha davlat buyurtmasi parametrlarini yo‘nalishlar kesimida Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlaydi.
Qabul ko‘rsatkichlari hududlar va tibbiyot tashkilotlarining ehtiyoji, shuningdek, muayan mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar yetishmovchiligidan kelib chiqib shakllantiriladi.
Kadrlarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojni o‘rganish Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markaziga yuklatilgan.
Bundan tashqari, stomatologiya yo‘nalishida talabalarning amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish uchun tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga stomatologiya poliklinikalari biriktiriladi.
Gruppa meditsinskix rabotnikov viexala v Moskovskuyu oblast dlya obmena opitom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2026
Bir guruh tibbiyot xodimi tajriba almashish uchun Moskva viloyatiga jo‘nab ketdi
Yangiliklar lentasi
0