https://oz.sputniknews.uz/20261103/kazakhstan-futbolchilar-kasal-sabab-61700337.html
Toshkentda qozog‘istonlik futbolchilarning kasallanish sababi hali aniqlanmadi — qo‘mita
Toshkentda qozog‘istonlik futbolchilarning kasallanish sababi hali aniqlanmadi — qo‘mita
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda qozog‘istonlik yosh futbolchilarning shifoxonaga yotqizilishi sabablari hali aniqlanmagan. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi Sputnik O‘zbekistonga bemorlarning ahvoli haqida ma’lumot berdi.
2026-11-03T14:11+0500
2026-11-03T14:11+0500
2026-11-03T14:11+0500
shifoxona
qozog‘iston
zaharlanish
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
jamiyat
markaziy osiyo
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0a/45565265_0:568:1211:1249_1920x0_80_0_0_3fb92bfbbc309cf48c1ce08f5070cbe6.jpg
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Toshkentda shifoxonaga yotqizilgan qozog‘istonlik yosh futbolchilar va ularga hamrohlik qilgan shaxslarning kasallanish sababi hozircha aniqlanmagan. Bu haqda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi matbuot kotibi Sabina Sadinova Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisaning aniq sabablari laboratoriya tekshiruvlari natijasidan keyin ma’lum bo‘ladi.Avvalroq Toshkentdagi "Do‘stlik Cup 2026" xalqaro futbol festivalida ishtirok etish uchun Qozog‘istonning Qarag‘andi shahridan kelgan bolalar va kattalar zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingan edi.Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, jami 19 kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan. Ulardan 17 nafari, jumladan, 11 nafar bola va 6 nafar katta yoshli kishi Toshkentdagi 5-son shahar klinik yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.Biroq kasallanishga aynan tuxum yoki boshqa omil sabab bo‘lgani hozircha tasdiqlanmagan.Vaziyat Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Akmaral Alnazarova va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Otabek Imomov nazoratida. Davolash jarayoniga tegishli soha mutaxassislari ham jalb qilingan.
https://oz.sputniknews.uz/20261102/tashkent-kazakhstan-futbolchilar-shifoxona-61672764.html
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0a/45565265_0:454:1211:1362_1920x0_80_0_0_28ef2ace74907c95add147395c04688d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shifoxona, qozog‘iston, zaharlanish, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), jamiyat, markaziy osiyo, toshkent
shifoxona, qozog‘iston, zaharlanish, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), jamiyat, markaziy osiyo, toshkent
Toshkentda qozog‘istonlik futbolchilarning kasallanish sababi hali aniqlanmadi — qo‘mita
Toshkentda shifoxonaga yotqizilgan qozog‘istonlik futbolchilar va ularga hamrohlik qilgan shaxslar orasida og‘ir bemorlar yo‘q.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Toshkentda shifoxonaga yotqizilgan qozog‘istonlik yosh futbolchilar va ularga hamrohlik qilgan shaxslarning kasallanish sababi hozircha aniqlanmagan. Bu haqda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi matbuot kotibi Sabina Sadinova
Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisaning aniq sabablari laboratoriya tekshiruvlari natijasidan keyin ma’lum bo‘ladi.
"Bemorlarning ahvoli barqaror, og‘ir ahvoldagi bemorlar yo‘q. Ular tasdiqlangan klinik protokollar va standartlar asosida davolanmoqda", — dedi Sadinova.
Avvalroq Toshkentdagi "Do‘stlik Cup 2026" xalqaro futbol festivalida ishtirok etish uchun Qozog‘istonning Qarag‘andi shahridan kelgan bolalar va kattalar zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingan edi.
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, jami 19 kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan. Ulardan 17 nafari, jumladan, 11 nafar bola va 6 nafar katta yoshli kishi Toshkentdagi 5-son shahar klinik yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Avvalroq guvohlar bemorlarning ahvoli mehmonxonadagi nonushtadan keyin yomonlashganini, tuxum iste’mol qilmaganlar esa kasallanmaganini bildirgan edi.
Biroq kasallanishga aynan tuxum yoki boshqa omil sabab bo‘lgani hozircha tasdiqlanmagan.
Vaziyat Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Akmaral Alnazarova va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Otabek Imomov nazoratida. Davolash jarayoniga tegishli soha mutaxassislari ham jalb qilingan.